| TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI |
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
N.X.Raxmankulova _____________
“_____”_________________2021-yil
“TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI” fanidan
SILLABUS (ishchi dastur)
Fanning kodi:
|
|
Ta’lim yo’nalishi: 5110500 –
|
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari:
|
Semestr:
|
4
|
Kreditlar soni:
|
2
|
|
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
|
|
IV
|
|
|
Nazariy (ma’ruza)
|
14
|
14
|
|
|
Amaliy mashg’ulot
|
16
|
16
|
|
|
Mustaqil ta’lim
|
30
|
30
|
|
|
Kurs ishi
|
-
|
-
|
|
|
Jami auditoriya soatlari
|
30
|
30
|
|
|
Umumiy o’quv soatlari
|
60
|
60
|
|
Toshkent – 2021
Fanning o’quv dasturi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2021 yil “__”________dagi ___sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar: Xodjimatov A.N. – TDPU “Geografiya” kafedrasi professor v.b., g.f.n.
Xolmurodov Sh.A.– TDPU “Geografiya” kafedrasi katta o’qituvchisi.
Taqrizchilar: Abdunazarov O’. – O’zMU “Geografiya” kafedrasi dotsenti, g.f.n.
N.I.Safarova – Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya” kafedrasi dotsenti, g.f.n.
Fakultet dekani:
2021-yil “____”______________ ________________ K.A.Saparov
(imzo)
“Geografiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri:
2021-yil “____”______________ ________________ N.R.Alimkulov
(imzo)
Fanning ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2021-yil “ ___” ________dagi_____ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Professor-o’qituvchi: Xodjimatov Alisher Nigmatovich, Xolmurodov Shakarbek Abdug’aniyevich.
Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Bog’lanish uchun telefon nomeri: (+99894) 695-26-00
E-mail:XShakarbek81@gmail.com
(Eslatma: tayanch Sillabus asosida har bir o’qituvchi o’zining individual-shaxsiy ishchi dasturini tuzadi).
Prerek vizitlar:
Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart: Umumta’lim maktablarining “Geografiya” (5-10 sinf) darsliklari, Oliy ta’lim fanlaridan “Umumiy yer bilimi”, “Geologiya”.
Postrek vizitlar:
Fan tugallanganidan so’ng, talabalar quyidagi modul bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: “Tabiiy geografiya”, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya”.
Fanni o’rganishning zaruriyati.
“Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” fanining maqsad va vazifalari fanning rivojlanish tasnifi va uning rivojlanash bosqichlari, istiqbollarini o’z ichiga oladi. Tabiatdan to’g’ri foydalanish masalasini o’rganish va hal etishda ilmiy tadqiqot ob’ektining xarakteri va ko’lamiga ko’ra geografiya fani alohida o’rin tutadi. Tabiatdan to’g’ri foydalanishni tashkil etish uchun barcha tabiiy komponentlarning o’zaro aloqadorligini hamda bir - biriga ta’sir etib turishini hisobga olish va geografik qobiqning turli qismlarining xilma - xilligini chuqur o’rganish va geografiyaning hozirgi zamon geografik tadqiqotlarini tahlil qilishni nazarda tutadi.
Fanning maqsadi – talabalarda tabiatdan foydalanishning to’g’ri yoki noto’g’riligini belgilovchi mezonni aniqlash, tabiatdan foydalanishni to’g’pi amalga oshirishda, avvalo, umumiy geografik qonuniyatlarga asoslanish, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ekologik-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va mohiyati haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |