Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

 
 
 
 
 


132 
QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH VA EKOLOGIK 
BARQARORLIK 
Karimova D.A., Urinova A.S., Xasanov T.S. (NDPU) 
Barchamizga ma’lumki, Quyosh bitmas-tuganmas energiya manbaidir. Yerga 
uzatiladigan Quyosh energiyasining miqdori, hozirgi kunda dunyoda ishlab 
chiqarilayotgan jami energiya miqdoridan taxminan, 20 marta ko’pdir. Ammo, 
Quyosh nurlari oqimining zichligi kam bo’ladi, shu sababli bu energiyani olish 
ancha murakkabdir. Respublikamiz Quyosh energiyasini o’zlashtirish bo’yicha 
dunyoda qulay bo’lgan hududlar sirasiga kiradi. Bizda, O’zbekistonda Quyoshli 
kunlar yiliga 2200 dan 3000 soatgacha davom etadi, ya’ni 270 kun. Bu vaqt ichida 
Quyosh energiyasi yiliga Yerning har kvadrat metriga 1200 dan 1700 kilovatt soatni 
tashkil qiladi. 
Shunday ekan, Quyosh energiyani qayerdan oladi!? ma’lumki, atom yadrosini 
tashkil qiluvchi proton va neytronlar o’zaro juda katta tortishish kuchi (bu kuch 
yadroviy kuch deb yuritiladi) bilan bog’langan bo’ladi va shunga mos ravishda 
shunday bog’lanishdagi atom yadrosiga tashqaridan yana bir proton yoki neytron 
kira olsa, u yangi yadro hosil qiladi va yadrodan sezilarli energiyaning ajralib 
chiqishiga sabab bo’ladi. Chunki, yadro zarrachalariga qo’shilgan yangi zarracha 
yadro kuchlari orqali ular bilan bog’lanadi. Natijada paydo bo’lgan ortiqcha 
energiya yadrodan proton yoki neytron bilan, yohud elektron yoki pozitron bilan olib 
chiqib ketiladi. Bunday hodisa yadroviy reaksiya deyiladi. 
Biroq yangi proton yoki neytronning yadroga kirishi osonlikcha bo’lmaydi. 
Buning uchun kelib qo’shiladigan zarracha atom yadrosiga yadro kuchlari ta’siriga 
beriladigan darajada yaqin masofaga kelishi zarur bo’ladi. Demak, qo’shiluvchi 
proton yoki neytron yadro tomon juda katta tezlik bilan (ya’ni energiya bilan) 
yaqinlashishi lozim bo’ladi. Nazariy hisoblashlar, yulduzlar (jumladan, Quyosh) 
markazidagi bir necha million darajali harorat protonlarga xuddi shunday tezlikni 
bera olishini, u yerda termoyadro reaksiyasi uchun qulay sharoit mavjudligini 
ma’lum qildi. Neytronlar esa bunday yuqori haroratda turg’unligini yo’qotib, yarim 
soatga yetar-yetmas proton, elektron va neytrinoga parchalanib ketishi va yadroviy 
reaksiyalarda deyarli ishtirok etmasligini ko’rsatdi. 
Yulduzlar markazidagi reaksiya (to’rtta protonning birikib bitta geliy atomi 
yadrosini hosil qilish) ning uzluksiz takrorlanishi, yulduzning nurlanishi tufayli 
kosmik fazoga tarqalayotgan energiyasini to’ldirib turadi. 
Har bir protonning massasi atom birliklarida 1,00813 ni tashkil qilib, to’rtta 
protonniki 4,03252 bo’ladi. Geliy atomi yadrosining massasi 4,00389 ekanligini 
e’tiborga olsak, u holda mazkur yadroni hosil qiluvchi protonlar atom og’irligining 
0,02863 birligiga (4,03252-4,003852=0,02863) teng bu massasi ajraladigan 
bog’lanish energiyasiga ekvivalent massa bo’lib, u massa defekti deb yuritiladi. 
Bitta geliy yadrosi hosil bo’lishida ajralgan energiya mashhur Eynshteyn 
formulasiga ko’ra: 


erg
c
m
E
5
2
10
24
2
10
3
,
4
10
3
02863
,
0
10
67
,
1













133 
ga teng bo’ladi. Quyosh energiyasi yordamida hozirgi vaqtda Yer ostidan suvlar 
chiqarib olinadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va turar joylarda maishiy 
qulayliklar ta’minlanadi. Meva-sabzavotlar yetishtirilib, yem- xashaklar o’stiriladi. 
Bundan tashqari, quyoshli pechlar o’ta toza, yuqori haroratga bardoshli materiallarni 
eritishga imkon beradi. Ular hozirga qadar faqat laboratoriya sharoitida oz miqdorda 
olinadi. 3000 gradusdan yuqori harorat rejimida pechning issiqligi har qanday 
aralashmadan xoli bo’ladi, shuning uchun eritilayotgan materialning strukturasiga 
ta’sir etuvchi omillarning imkoni yo’q.
Hammamizga ma’lumki, Quyosh nurlanishidan elektr energiyasi hosil qilish 
uchun Quyosh fotoelementlaridan keng foydalaniladi. Fotoelementlar yasash uchun 
esa, kremniy kristali asosiy xom ashyo hisoblaniladi. Bundan tashqari, kremniy 
elementi Yer yuzasida yetarli miqdorda tarqalgan. Bizda bu kristall xorijdan xarid 
qilinadi, bu esa fotoelement tannarxining oshishiga sabab bo’ladi. Buni inobatga 
olib, Respublikamiz rahbariyati kremniyni o’zimizda ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yishga kirishdilar. 2011-yildan Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Navoiy 
shahrida “Kremniy zavodi” qurilishi boshlandi. Ayni vaqtda mahsulot olinib, 
Respublikamiz xalqining elektr energiyasiga bo’lgan talabi to’la qoniqtirilyapti va 
arzon, ekologik toza energiya olishni yanada rivoj toptiryapti. 
Bugungi kunga kelib, Respublikamizda Quyosh elektr stansiyalari qurish kun 
sayin jadallashib bormoqda. Masalan, birgina Navoiy viloyatida bunday 
stansiyalardan ikkitasi qurilib, ishga tushirildi (Qiziltepa tumanidagi markaziy 
shifoxonada va Nurota tumanidagi Chuya qishloq vrachlik punktida). 
Navoiy viloyatidagi Tomdi tumani juda katta yaylovlarga ega bo’lib, aholisi 
tarqoq holda yashaydi. Ayrim cho’pon oilalari shirkat xo’jaligi markazidan 100-120 
kilometrgacha uzoqlikda joylashgan. 
“Janatalab” fermasi “Birlik” shirkat xo’jaligidan sakson chaqirim masofada 
joylashgan bo’lib, bu yerda atigi yigirmaga yaqin oila istiqomat qiladi. Ferma 
hududida 19-matkab-internati faoliyat ko’rsatadi. Anchadan buyon ta’lim maskanini 
elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi muammo bo’lib kelar edi. Ana shu 
muammo yechimini topish uchun O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish Davlat qo’mitasi hamda Navoiy viloyati hokimligi yordam qo’lini cho’zishdi. 
Maktab binosiga homiylik yo’li bilan Quyosh nuri va shamol orqali yoritiladigan 
moslama o’rnatildi. 
Bu moslama katta kuch-qudratga ega va xarajatni talab ham qilmaydi. Har 
kuni sinf xonalaridagi o’n to’rtta chiroq, televizor, radio va kompyuterlar ishlab 
turibdi.
Tomdi tumanidagi “Keregetov” shirkat xo’jaligining “Begimbet” fermasidagi 
28-sonli maktab, Nurota tuman Markaziy shifoxonasiga ham ana shunday moslama 
o’rnatilgan. Quyosh energiyasidan maqsadli foydalanish orqali bugungi kunda 
dolzarb hisoblangan elektr energiyasi taqchilligi muammosiga yechim topilsa, 
ikkinchi tomondan atrof-muhitga hech qanday chiqindi chiqmasligi bilan tabiat 
musaffoligini, demak ekologik barqarorlik ta’minlanadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish