Tripanosomalar: Tripanosoma rhodesiense(a)ning rivojlanish sikli: 1-se-se pashshasi (Glossina morsitans) – rodeziya uyqu kasalligi qo’zg’tuvchisining tashuvchisi,2-tashuvchi organizmidagi tripanosomalar, 3-tripanosoma rezervuar xo’jayini-antilopa. Tripanosoma gambiense(b)ning rivojlanish sikli: 1--se-se pashshasi (Glossina palpalis) – gambienze uyqu kasalligi qo’zg’tuvchisining tashuvchisi, 3- tashuvchi organizmidagi tripanosomalar, 3-tripanosoma rezervuar xo’jayini-cho’chqa. Xo’jayin organizmidagi tripanosomaning tuzilishi(v): 1-xivchini, 2-yadrosi, 3-blefaroplast, 4-parabazal tanacha, 5-to’lqinlanuvchi membrana, eritrositlar.
XX asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halok bo'lgan. Kasallik tana haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi, so'ngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o'z vaqtida davolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o'tadi.Trypanosoma gambiensini antilopalar qonida ko’plab uchratish mumkin. Bu hayvonni kasallikka chidamli bo’lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni o’zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin. Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon so'ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo'yiga bo'linib, jinssiz ko'payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek qoramollarda, cho’chqa, it va yovvoyi sut emizuvchilarda ham uchraydi. Ushbu tripanosoma 1962-yilda G’arbiy Afrikada D.Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D.Bryus o’rgangan. Kasallik odamlarda juda og’ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda kishilarning o’limiga sabab bo’ladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligini qo'zg'atuvchisidan farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi, joylashish joyiga qarab, shakli har xil bo'ladi. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz, intensiv ravishda ko'payib, psevdosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi organizmida va sun'iy usulda o'stirilganda xivchinli shaklda bo'ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |