35
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Federativ Respublikasining oliy ta’limni modernizatsiyalash borasidagi tajribasi o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi.
Boloniya jarayonidagi kelishuvi asosida oliy ta’limda ikki pog‘onali bakalavriat va magistratura
tizimiga o‘tish belgilangan. Biroq muhim jihat shundan iboratki, ikki pog‘onali ta’lim tizimiga o‘tilishi
Germaniyaning yuridik va meditsina sohalarida ta’lim olayotgan talabalarga ta’sir etmadi. Yuridik va
meditsina yo‘nalishlari bo‘yicha ikki pog‘onali ta’lim tizimiga o‘tilmaganligining omili, ushbu davlatda
mazkur sohalarda ta’lim klassik asosda amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Ya’ni ta’lim yakunida bitiruvchilar
davlat imtihonlarini topshiradilar. Bitruvchilar o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan keyin davlat
organlarida (sudya) yoki davlat maxsus nazoratida bo‘lgan sohalar (vrachlar) bo‘yicha ishlashlari mumkin.
Bu Germaniya oliy ta’lim tizimining o‘ziga xos ko‘p yillik an’analariga ega bo‘lgan ajralib turuvchi kuchli
jihatlari bo‘lib, oliy ta’limda amalga oshirilgan islohotlar mazkur sohalarga ta’sir etmadi. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish lozimki, Germaniyada huquqshunos sifatida faoliyat olib borish istiqbolli sanalib, o‘z
navbatida, huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Bunda,
birinchidan, maqsad “bir xil”, “universal-huquqshunoslar” (“Einheitsjurist”)ni tayyorlashdan
iborat. Ushbu mutaxassislar o‘qishni tamomlaganidan so‘ng, yurisprudensiyaning barcha (davlat, fuqarolik
va jinoyat huquqi) sohalarida, davlat organlarida (sudya, advokat, prokuror), shuningdek, xususiy
kompaniyalarda ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassis bo‘lib yetishadilar; ikkinchidan, ta’lim
olish muddati olti yildan sakkiz yilgacha bo‘lgan ikkita davlat imtihonini topshirish belgilangan. Talabalar
to‘rt-besh yil davomida aynan huqushunoslikka oid fanlarni o‘rganib, uch bosqichdan iborat bo‘lgan birinchi
davlat imtihonlarini toshiradilar. Avvalo, talaba davlat, fuqarolik va jinoyat huquqi bo‘yicha yuridik
murakkablik (kazus)dan iborat bo‘lgan uy vazifasini bajarishi lozim. Ya’ni sohaga oid normativ manba va
adabiyotlardan foydalangan holda, hajmi 50 varaqdan 100 varaqqacha bo‘lgan referat yozishi, shuningdek,
davlat, fuqarolik va jinoyat huquqi bo‘yicha uchta nazorat ishi bajarilishi kerak, shundan so‘ng, og‘zaki
imtihon qismi bo‘lib o‘tadi. Og‘zaki imtihon jarayonida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borgan
professor-o‘qituvchilar ishtirok etishmaydi. Davlat imtihonini qabul qilish
uchun amaliy faoliyat olib
borayotgan huquqshunoslar, vazirlik vakillari, sudya va boshqa oliy o‘quv yurtlari professorlari jalb etiladi.
[4] Shunday qilib, Germaniyada davlat imtihoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, mazkur jarayon
huquqshunoslik bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirishga qaratilgan. Qayd etib o‘tish lozimki,
davlat imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish va kelgusida huquqshunoslik sohasida faoliyatni davom etirish
uchun talabalar har tamonlama chuqur bilimga ega bo‘lishlari talab etilib, bu borada Germaniyada talaba
uchun repetitor (Repetitorium) xizmatlari mavjud. Repetitor – bu professor, amaliyotchi huquqshunos yoki
davlat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassis. Repetitor davlat imtihonlariga tayyorlashda katta
yordam ko‘rsatib, uning xizmatlariga 95%dan ortiq talaba murojaat qiladi. [5] Birinchi bosqich davlat
imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng, talaba huquqshunoslik sohasida amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirish va olingan bilimlarni yanada mustahkamlash uchun maxsus haq to‘lanadigan amaliyotni
(refendariat) o‘taydi. Olib borilgan amaliyot uchun talaba 900 yevro miqdorida oylik maoshi oladi. Amaliyot
ikki yil davom etib, ma’lum yo‘nalishdagi faoliyatni olib boradi: – fuqarolik yo‘nalishi (masalan, fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudda umumiy yurisdiksiya) – 5 oy; – jinoiy yo‘nalish (masalan, jinoiy ishlar bo‘yicha
prokuratura va sudda umumiy yurisdiksiya) – 3 oy; – ma’muriy yo‘nalish (ma’muriy sudda yoki boshqa
tashkilotlarda) – 3 oy; – advokatura (advokatlik byurosida) – 9 oygacha (istiqbolli yo‘nalish); – saylovlar
bo‘yicha amaliyot 4 oyga yaqin. Ko‘rsatilgan davr davomida amaliyotchi talaba ixtisoslik yo‘nalishini tanlash
huquqiga ega
1
. Tadqiqotchilar ning fikriga ko‘ra, qayd etib o‘tilgan amaliyotni o‘tash
tizimi kelgusida
huquqshunoslikning turli sohalarida faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda amaliy tajriba bo‘lib xizmat
qiladi. Amaliyot (refendariata) tugaganidan keyin talaba birinchi davlat imtihoniga o‘xshash jarayondan
iborat bo‘lgan ikkinchi davlat imtihonini topshiradi. Ushbu imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar
Germaniyada “to‘liq huquqshunoslar” (“Volljurist”) deb nomlanib, ular yurisprudensiyaning barcha
sohalarida faoliyat olib borishlari mumkin. Germaniyada huquqshunoslik sohasida ta’lim olish jarayoni uzoq
davrni qamrab olgan bo‘lib, bu faqatgina nazariy bilimlarni egallash bilan cheklanib qolmay, amaliy
1
С.А.Мышенко., Проблемы реализации права на высшее образование в условиях Болонского процесса и пути их решения // Право и
законодательство. –№ 2. – С. 118-124.
36
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ko‘nikmalarni ham puxta, chuqur egallashlari uchun xizmat qiladi. Bu bilan nemislar o‘zlarini yuqori
malakali, o‘z kasbini mukammal egallagan professional mutaxassislar bilan ta’minlab boradilar.
Ta’kidlab o‘tilganidek, Germaniya oliy ta’lim tizmini modernizatsiyalashning o‘ziga xos jihatlari
shundan iboratki, huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotli bo‘lish ta’limi an’anaviy ikkita davlat imtihonini
topshirish va ikki yillik amaliyotni o‘tish tizimiga asoslangan.
Shu bilan bir vaqtda, Germaniya oliy o‘quv
yurtlari tomonidan xorijiy talabalar uchun huquqshunoslik sohasida magistrlik darajasini olish bo‘yicha
ta’lim dasturlari taklif etilgan. Ta’limni muvaffaqiyatli tugatganlarga huquq magistranti darajasi beriladi.
Germaniyaning barcha oliy o‘quv yurtlarida magistraturaga kirish talablari bir xil bo‘lib, avvalo, talabgor
huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, nemis (yoki ingliz) tilini bilish darajasi bo‘yicha
xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, Germaniyada magistrlik
darajasini egallagan xorijiy mutaxassislarga dunyoda, xususan, rivojlangan davlatlar tomonidan talablar
ko‘p. Bu quyidagi omillar bilan izohlanadi:
- Germaniya oliy ta’limi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tomonidan tan olinadi;
– ta’im berish faqatgina nemis tilida emas, balki ingliz tilida ham olib boriladi. Biroq, nemis tilida
o‘qish to‘lovsiz bo‘lib, bu Germaniya fuqarolarining magistraturada ta’lim olishi uchun xizmat qiladi. Zero,
ta’limni moliyalash masalasi chet el talabalari uchun mamlakatni va o‘qish joyini tanlashda muhim sanaladi.
Germaniyada turli tashkilotlar (Germaniya akademik almashuv xizmati – DAAD) va fondlar (masalan, Genrix
Byoll nomidagi Fond, Aleksandra fon Gumboldta nomidagi Fond va b.) tomonidan ta’lim moliyalashtirib
boriladi. Oliy ta’limda tahsil oluvchilarni moliyaviy ta’minlash, xususan, magistraturaga ham taalluqli bo‘lib
magistr darjasiga ega bo‘lish bilan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish huquqini olish mumkin. [9]
Shunday qilib, Germaniyada huquqshunos mutaxassislarni an’anaviy tizim asosida tayyorlab, shu bilan
birga, xorijiy talabalar uchun umumyevropa talablari asosida, ya’ni bakalavriat va magistratura dasturlarini
amalga oshirish zarurati mavjud. Germaniya, bir tomondan, oliy ta’limda (huquqshunoslik sohasida) o‘z
milliy xususiyatlarini saqlagan holda, boshqa tarafdan, oliy ta’lim tizimida Boloniya jarayoniga muvofiq
ravishda magistrlar tayyorlash dasturlarini yaratmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, so‘nggi
yillarda mazkur davlat tomonidan Boloniya jarayoniga mos ravishda huquqshunoslik ta’limi sohasida oliy
ma’lumot olish bo‘yicha qator o‘zgarishlar modellari taklif qilindi. Xulosa sifatida oliy ta’lim tizimini isloh
qilish bo‘yicha Germaniya tajribasini ijobiy baholash mumkin. Mazkur jarayon, birinchidan, zamonaviy
talablarga mos yangilangan o‘quv dasturlarini tayyorlash ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga bosqichma-
bosqich o‘tish
imkonini berib, bu an’anaviy o‘quv kurslari mazmunini yangi talablarga uyg‘unlashtirib oliy
ma’lumot olishga xizmat qiladi, shuningdek, talabalarning manfaatlarini birlashtiradi. Ikkinchidan, oliy
ta’limni isloh qilish jarayonida nafaqat universitetlar, balki turli xil xususiy kompaniyalar ham ishtirok
etishini e’tiborga olishni belgilaydi, chunki korxonalar o‘z bo‘limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan
ta’minlashdan manfaatdor. Ushbu yondashuv yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish muammosini hal
qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va oliy ta’lim tizimidan keyin oliy malakali
mutaxassislarni
tayyorlashda jahon andozalari, xususan, Yevropa ta’lim tizimi asosida milliy oliy ta’lim
takomillashtirib borilar ekan, bu jarayonda faqatgina o‘z imkoniyatlarimizni tadqiq etish bilan chegaralanib
qolmasdan, Boloniya jarayoniga kirgan mamlakatlar ta’lim tizimi mazmunini o‘rganish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu milliy oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan muammolar
yechimi bo‘yicha ijobiy javob topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: