Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Key words: motivation, motivation, needs, interests, aspirations, goals, ideals, aspirations, 
attachments, emotions, norms, values, ideas, ideas, emotions, affective and volitional qualities, systematic 
approach, development principle, principle of activity. 
Hozirgi zamon ilm-fani oldiga har tomonlama yetuk inson shaxsini shakllantirishdek masʼuliyatli 
vazifani qoʼygan tarixiy qarorlarni hayotga tatbiq qilish psixologiya fanidan ham inson psixik taraqqiyotining 
murakkab determinatsiyasi va qonunlarini tadqiq qilishni, shaxsning eng optimal psixologik tuzilmasini 
shakllantirishni, psixikani turli xil ijtimoiy faoliyat turlarida rivojlantirishni talab qiladi. Bu masalalarning 
konkret hal qilinishi va psixologiya fani zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi metodologik 
tamoyil¬lar¬ning ishlab chiqilishiga hamda ularning ilmiy tadqiqotlarda qoʼllanilishiga bogʼliq va b.
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishida. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlaridan biri Taʼlim va fan sohasini rivojlantirishdir. 
Motivatsiyaga keng maʼnoda inson hayotining (uning xulq-atvori, muomalasi, faoliyati) murakkab, 
koʼp qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. Inson hayoti anglangan va anglanmagan hollarda boshqariladi. 
Shulardan oliy darajadagi boshqarilish anglangan irodaviy boshqarilish hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarimizni 
yanada aniqlashtirib, motivatsiyaga quyidagicha taʼrif berishimiz mumkin: motivatsiya – insonni faoliyatga 
undashning murakkab, koʼp darajali tizimi boʼlib, u oʼzida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, 
intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni va h.k. larni mujassamlashtiradi. 
Oʼrta umum taʼlim maktablarda bir qator qadimdan saqlanib qolgan anʼanaviy muammolar mavjudki, 
ulardan koʼz yumib oʼtishga toʼgʼri keladi. Motivatsiya muammosini, haqli ravishda, shularning jumlasiga 
kiritsa boʼladi. Bilish ishtiyoqini rivojlantirish orqali motivatsiyani kuchaytirish faqatgina alohida, oʼta 
iqtidorli oʼqituvchilarning qoʼlidan keladi, xolos. Oʼquv motivlarining sustligi taʼlim samarasi pastligining 
asosiy omillaridan biri. 
Inson xulq-atvorini belgilovchi motivlar asosida extiyojlar yotadi. “Motiv” deyilganda predmetlashgan 
(vositalashgan) ehtiyoj nazarda tutiladi. Yaʼni bu oʼrinda motivning ehtiyojni qondirish uslubi ekanligiga 
ishora qilinadi. Motiv – bu inson xulq-atvori va faoliyati mazmunidir. L.I.Bojovichning fikriga koʼra, faollikni 
taqozo qiladigan barcha narsalar motivlardir. Motivatsiya faoliyat va xulq-atvor natijalarini, jarayonlar 
kechishini va harakatga keltiruvchi kuchlarni tushuntirib beradi.
Quyidagi “inson xulq-atvori motivlarini ehtiyojlar nuqtai nazaridan tushuntirish” chizmasi berilgan. 
Yuqoridagi taʼriflardan ham koʼrinib turibdiki, “motivatsiya” tushunchasi olimlar tomonidan turlicha 
talqin qilingan va unga yuklatilgan maʼnolar ham rang-barang. Shunday boʼlsa-da, barcha taʼriflar uchun
umumiy boʼlgan maʼno ham mavjud boʼlib, shunga tayangan holda “motivatsiya” tushunchasiga 
umumiylikka ega taʼrif berish mumkin. Motivatsiya – murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi 
kuchlar qorishmasi boʼlib, u oʼzini mayllar, maqsadlar, ideallar koʼrinishida namoyon qiladi va inson 
faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi. Shaxsning motivatsion sohasi deganda, shaxsning 
yoʼnalganligini aniqlovchi hamda maʼlum tuzilishga va ierarxiyaga ega boʼlgan mustahkam motivlar toʼplami 
tushuniladi. Obrazli qilib aytganda, motivatsiya daraxtning oʼzagi boʼlib, uning novdalari, shox-shabbalari 
shu oʼzakka mos ravishda oʼsadi. Masalan, daraxtning oʼzagi qiyshiq boʼlsa, uning oʼzagiga tutashgan 
shoxlari ham notoʼgʼri oʼsadi. Аgar daraxtning oʼzagi toʼgʼri oʼsgan boʼlsa, uning novdasi-yu shoxlari ham 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish