73
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Har bir inson o‘zining individual xususiyatlariga ko‘ra, tafakkurning ma’lum bir tipiga moyil bo‘ladi.
Bu moyillik uning fikrlash jarayonida, xatti-harakatlarida, borliqqa bo‘lgan munosabatlarida, kasb-hunarida,
yashash va mehnat jamoa muhitida, o‘qib-izlanishda bo‘lgan kuchli ehtiyoji kabi omillarda yanada aniq
ko‘rinadi. Insonning fikrlash darajasi o‘zi shug‘ullanayotgan sohaning aqliy yoki jismoniy faoliyatga
mansubligiga qarab ham turlicha bo‘ladi. Aqliy mehnat egalari o‘z faoliyatlarini fikr yuritish asosiga
quradilar. Ayniqsa, muntazam ilm bilan shug‘ullanuvchi kishining fikrlash qobiliyati tafakkuriy sifatlarga
boyligi bilan ajralib turadi. Analitik tafakkur yuritish har bir inson uchun foydalidir. Ayniqsa, yuksak g‘oyaviy-
mafkuraviy kompetentlikka ega bo‘lish uchun uning ahamiyati kattadir. Analitik tafakkur o‘quvchilarda
“o‘zlik”ni idrok etish, ma’naviy fazilatlarni o‘z ruhiyatida barqarorlashtirishda, g‘oyaviy-mafkuraviy
immunitetni oshirishda “sermahsul qurol” sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Fikr bilan ish yuritadigan
inson hamisha muvaffaqiyat qozonadi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi. Fikrlash insonni ilgarilab borishga, foydali
ishlar qilishga yo‘naltiradi.
1-jadval
G‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlik tuzilmasi
I’spec
Kompetensiyalar
Tashqi namoyon bo‘lishi
Ichki his-tuyg‘ular
IQ
Kognitiv
Mavjud bilimlaridan foydalanadi va
yangi bilimlarni namoyish etadi
Yangi bilimlarni egallash motivatsiyasiga
ega
SQ
Sotsial
Ijtimoiy maqomga muvofiq xulq-atvor
namunalarini namoyish etadi
O‘zini milliy g‘oya targ‘ibotchisi, g‘oyaviy-
mafkuraviy himoyachi, ijtimoiy faol fuqaro
rollarida anglash
PQ
Shaxsiy
Maqsadni amalga oshirish qobiliyati
Hayot mazmuni, qadriyatlar, maqsad va
vazifalarni anglay olish ko‘nikmasi
EQ
Emotsional
Boshqa kishilarning emotsiyalariga
konstruktiv yo‘nalganlik va o‘z his-
tuyg‘ularini adekvat namoyon etish
O‘zi va boshqalarning his-tuyg‘ularini
anglay olish va boshqarish
CQ
Kommunikativ
Relevant belgilar tizimi yordamida o‘z
fikrini ifoda etish
Zamonaviy belgilar tizimi yordamida o‘z
boshqalarning
maqsad-muddaosini
tushunish qobiliyati
TCQ
Umummadaniy
G‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning
harakatlantiruvchi
kuchlarini
tushunish, tarixiy meros va madaniy
an’alarga mas’uliyatli munosabat
Shaxsiy axborot xavfsizligi ko‘nikmalariga
egalik,
axborotlarning
ishonchligini
baholash,
umuminsoniy
qadriyatlarga
rioya qilish
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayoni analitik tafakkur vositasida ma’naviy fazilatlarni kamol
toptirishning, mafkuraviy immunitetni oshirishning katta imkoniyatga ega bo‘lgan muhim obyektlaridan
biridir. Ayniqsa, badiiy adabiyot ma’naviyatning tuganmas manbasidir. O‘quvchi badiiy-ma’rifiy asarlarni
o‘qish, o‘rganish orqali tahliliy fikr yuritadi: ma’naviy oziqlanadi, ma’rifiy yuksaladi. Kitob mutolaasi
o‘quvchining fikrlarini o‘tkirlashtiradi, tafakkur qamrov doirasini kengaytiradi. O‘quvchi milliy-mafkuraviy
fazilatlarni o‘z oilasidan, yashab turgan mahallasidan, atrofidagi odamlardan fikrlash, tafakkur yuritish
vositasida o‘rganib, o‘zlashtirib boradi. Badiiy adabiyot bu borada uning eng beminnat ustozidir.
Mumtoz asarlar, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodi milliy-mafkuraviy fazilatlarning konidir. O‘quvchilar bu
buyuk siymoning asarlarini o‘qish, o‘rganish jarayonida mustaqil fikr yuritish, analitik tafakkur qilish orqali
axloqiy sifatlarning muhimligiga, ularni kasb etish ulug‘ saodat ekaniga to‘liq ishonch hosil qiladilar, milliy-
mafkuraviy fazilatlarni egallash istagi, ehtiyoji bilan harakatga keladilar.
Har kishining tavrig‘a loyiq kerak,
Surati holig‘a muvofiq kerak.
Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak,
Ulki kichikroq, anga shafqat kerak
1
.
1
Shohbaytlar / Ikkinchi kitob. – T.: “Tamaddun”, 2016. – 208 b. – B.20.
Do'stlaringiz bilan baham: