TEACHER AND A STUDENT
Khodjieva Z. – Inspector of the Department of Monitoring and Internal Control of the
Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
The methods of approach forwards learners in modelling didactic system are
analyzed in the article, it is given opinions about using whole formed system which is tested by
life experience system which is tested by life experience. The author gave his recommendations
about implementing models and modelling into practice.
Key words
. model, modeling, local, global, abstract, systematic analyses, predicting,
projecting, synergy, imitative analyses, synthesis, adequate, primary class, pupil, utopian
modeling
Hozirgi zamonda har qanday taʼlim tizimi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi jihatidan
baholanadi. Nazariy jihatdan olganda maktabni tugatgan o‘quvchi o‘z hayot yo‘li, kasbini
tanlashda mustaqil fikr yurita olishi lozim. Taʼlimning ijtimoiy samaradorligi o‘quvchi bilimi,
ijtimoiy mavqei va o‘quvchining hayot faravonligi jihatidan baholanib bormoqda. Bunda ko‘pgina
omillarning o‘zaro taʼsir jihatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Shu sababli bu soha ijtimoiy-
pedagogik tizimlarning integratsiyasi jihatdan chuqur o‘rganishini taqozo qiladi. Taʼlim tizimlari
samaradorligini o‘rganish dolzarbligi o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish va
jamiyat ehtiyojlariga mos kelishi darajasi bilan bog‘liqligida yorqin namoyon bo‘ladi. Bu
masalaning yechimini topishda maktabning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyini oshirib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagilarga eʼtibor berish kerak bo‘ladi:
– ijtimoiy-pedagogik tizimlar rivojining to‘g‘ri yo‘lini tanlab olish;
– ular faoliyatini real asoslarda rejalashtirib borish va uni aniq natijalarga yo‘naltirib borish;
– aniq rejalar va modellarni jamiyat ehtiyojlariga mos tarzda amalga oshirib borish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-biluv faoliyatlarini loyihalashtirish asosan
pragnozlashtirish ishlari natijalariga tayanadi. Prognozlashtirish loyihalashtirishning maqsad va
vazifalarini aniq belgilashga imkon beradi. Chunki aynan shu maqsad-vazifalarda mavjud
prognozlar maʼlum bir darajada mujassamlashgan bo‘ladi.
Pedagogikada ishlab chiqilgan loyihalashtirish va prognozlashtirishning aksariyat qismi
taʼlim-tarbiya jarayonining maʼlum bir bosqichlarida qo‘llashga qaratilgandir. Bunda
modellashtirish qanchalik real hayotiy va obyektiv bo‘lsa, ularning samarasi ham shunchalik
yuqori bo‘ladi. Modellashtirish kuzatishlar va maʼlumotlarning to‘laqonli bo‘lishini taqozo etadi.
Аgar shunday bo‘lmasa, modellashtirish cheklangan yoki noto‘g‘ri bo‘ladi.
Konseptual (nazariy-g‘oyaviy) modellar aniq bir nazariya zaminida yuzaga kelib, shu
nazariyaning tushuncha va qarashlarini aks ettiradi. Bunda odatda ilmiy-tadqiqot jarayonlarining
elementlari ustuvor bo‘ladi. Ilmiy-tadqiqotlarda nazariy modellashtirish ishlari asosan ilmiy-
tarkibiy izlanishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular maʼlum bir darajada real amaliy ishlardan nisbatan
uzoqdadir. Chunki bunda asosan turli nazariyalarning turlicha interpretatsiyalari (talqinlari)
ko‘proq uchraydi.
Boshlang‘ich taʼlim tizimini insonparvarlashtirish jarayonini ilmiy o‘rganish esa “lokal” (tor)
va “global” (keng) miqyoslarda borayotganligini kuzatish mumkin bo‘ladi. Lokal tadqiqotlar
151
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
mavzuning maʼlum bir jihatini qamrab olgan bo‘lsa, global tadqiqotlar esa mavzuni boshqa
sohalar bilan bog‘liq tarzda keng ko‘lamda o‘rganilishini anglatadi. Bunda tadqiqotlarning
didaktik masalalar yechimi darajalari yuqori yoki pastligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxslarning ijtimoiy shakllanishi loyihalashtirish va
modellashtirishda aynan shu didaktik jihatlarning ustuvor bo‘lishi ishlar samaradorligini
taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.
Odatda, ijtimoiy taʼlim tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan nisbatan inertligi (bo‘shligi)
loyihalashtirish, modellashtirish va prognozlashtirish ishlarida matematik usullar ko‘proq
qo‘llanilishi bilan to‘ldirilib boriladi. Bu statistik asoslar, turli xil sxema-grafiklar hamda jadvallar
kabi usullar sifatida amalga oshirilishi mumkindir. Natijada ijtimoiy-pedagogik tizimlarning
doimiy o‘zgarib boruvchi dinamik tus olishi ro‘y beradi o‘quvchilar dunyoqarashi ijtimoiy tus olib
borishidagi ichki aqliy-ruhiy qadriyatlar yechimi aynan taʼlim-tarbiya jarayoni inertligi bilan
jarayonni matematik modellashtirish asoslari o‘rtasidagi o‘zaro taʼsirlar darajasi bilan bog‘liqdir.
Boshlang‘ich taʼlim tizimida modellashtirish ishlari o‘zining asoslari jihatidan
abstrakt(mavhum), aniq va rivojlantirilgan turlardan iboratdir. Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha esa bu
tabiiy, ijtimoiy va aniq fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha modellashtirish, loyihalashtirish va
prognozlashtirish ishlariga ajratish mumkin bo‘ladi. Har qanday asos va yo‘nalishda bo‘lishidan
qatʼiy nazar modellashtirishlar:
– moddiy yoki nazariy tizimni anglatadi;
– haqiqiy vaziyatga xos bo‘lgan jihatlarni tanlab unga yechim topadi;
– taʼlim-tarbiya jarayoniga oid muammolar va vaziyatlar to‘g‘risida maʼlumotlar beradi.
Boshlang‘ich taʼlim tizimini insonparvarlashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
prognozlashtirish, loyihalashtirish va modellashtirish ishlari doimiy, izchil, uzluksiz, aniq tizimli
bo‘lib, unda tartibsizlik, uzilishlar va qo‘nimsizliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hozirda
modellashtirish ishlarida “tizimli tahlil” usuli keng tarqalgandir. Tizimli tahlilda jarayonning
asoslari aniq belgilanadi. Bu asoslar o‘zaro taʼsirlari aniqlanadi, jarayonning yo‘nalishi va
perspektivasi yoritiladi. Bu esa bir necha bosqichli modellashtirish va loyihalashtirishlarda
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tizimli tahlilning hozirgi keng tarqalgan shakli bu sinegretikadir. Sinegretika tizimli tahlilda
chuqur tahlilni taqozo etadi. Shu orqali ijtimoiy pedagogikaning samarali rivojlanish yo‘llarini
aniqlab oladi. Аlbatta, bunda ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik sohalar bilan o‘zaro
taʼsiri muhim o‘rin egallaydi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida pedagogikada yuzaga keladigan
o‘zgarishlar ushbu tizimni modellashtirishni yanada boyitadi. Sinegretikada “xaosdan -
kosmosgacha”, “tartibsizlikdan – tartibga qarab” borish yondashuvi ustuvordir. Pedagogik
tizimda bu o‘quvchi dunyoqarashidagi betartiblikni tartibga solish, tarqoq bilim-ko‘nikmalarni
aniq maqsad vazifalarga yo‘naltirish bilan bog‘liq ishlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda
o‘qituvchi o‘quvchilar dunyoqarashi va intilishlariga ehtiyotlik bilan yondashuvi lozim bo‘ladi.
Аgar o‘quvchiga nisbatan noto‘g‘ri yondashuv bo‘lsa, o‘zaro munosabatlarda o‘quvchi “yopiladi”
yoki uning dunyoqarashi noto‘g‘ri yo‘nalishlarda shakllanib boradi.
Didaktik tizimni modellashtirishda o‘quvchilarga nisbatan “mo‘tadil” yondashuv usuli
ancha samarali bo‘lishi mumkin. Bunda hayotiy tajribalardan o‘tgan yaxlit shakllangan tizimlar
usullaridan foydalanish ancha samarali bo‘ladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini insonparvarlashtirish jarayonini prognozlash,
loyihalashtirish va modellashtirish ishlarida “juda chuqur o‘rganilgan ilmiy tadqiqotlar
natijalariga” juda ham berilib ketish masala yechimini yanada murakkablashtirishi mumkin.
Bunda o‘quvchilar dunyoqarashi, intilishlari va jamiyat ehtiyojlari asosiy mezonlar bo‘lib, shu
asoslar orqali ish olib borish ancha samarali bo‘ladi.
152
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Аgar taʼlim-tarbiya jarayonining maʼlum bir vaziyatlarini modellashtirish oxirigacha
yetkazilgan bo‘lsa, uni prognozlashtirishda ishlatib bo‘lmaydi. Chunki u jarayon sifatida o‘zining
mantiqiy yakuniga yetgan bo‘ladi. Har bir modellashtirish aniq bir nazariya va o‘zining
tasavvurlariga xizmat qiladi. Masalan, utopik modellashtirishlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarini isloh qilishda keng qo‘llanilgan. Shu jihatidan olganda, maʼlum bir model
boshqa bir model xususida maʼlumot berishi bilan bir qatorda uni o‘zgartirishi ham mumkin.
Bunda esa modellarning o‘zaro taʼsir natijasida funksional tus olib borishi ro‘y beradi.
Modellarning matematik-statistik jihatdan obyektiv (xolisona) baholanishi o‘zining
amaliyligi jihatidan asosan ikkita mezonga to‘g‘ri kelishi va javob berishi muhim ahamiyatga ega:
– modelning hayotiy ehtiyojlarga to‘g‘ri kelishi;
– uning sodda, tushunarli, samarali bo‘lishi va qo‘yilgan maqsadlarga aniq javob berishi
lozim;
Matematik asoslangan modelning hayotiy ehtiyojlarga mos kelishi tajriba natijalarining
amaliy ishlashini anglatadi. Аgar ular kam to‘g‘ri kelsa yoki to‘g‘ri kelmasa, modelga
o‘zgartirishlar kiritiladi. Pedagoggik jarayonlardagi noaniqliklar modellashtirishni ancha
qiyinlashtiradi.
Pedagogik jarayonlarni insonparvarlashtirishda imitatsion (o‘xshash) modellashtirish ham
ko‘pgina muammolarni hal etishda ancha samarali hisoblanadi. Аgar u matematik
modellashtirish bilan birga qo‘llansa, yanada yaxshi bo‘ladi. Аynan shu modellarning hamohang
qo‘llanishi ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar sifati va hayotiy amaliyligini taʼminlovchi bosh
yo‘nalish hisoblanadi.
Аdekvat (to‘g‘ri keluvchi, mos) matematik model muammolar yechimini prognozlashtirish
va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu pedagogik jarayonlar mazmun-
mohiyatini ochib berish bilan bog‘liq bo‘ladi. Maematik asosli loyihalashtirish va
modellashtirishlar bevosita tajribalarning amaliy shakllanishi davomida yuzaga keladi. Chunki
amaliy tajribalarsiz ularni amalga oshirib bo‘lmaydi. Ularning natijalarini esa matematik-statistik
usullarda tahlil etish orqali bilish mumkin, bunda jarayonlarning sabab-oqibat asoslarini
o‘rganish bilan barobar, hatto ustuvor tarzda jarayonlarni “bevosita suratga olish” – fotografiyasi
ishlari amalda bo‘ladi. Bu jarayonning o‘zi esa, albatta, pedagogika, matematika va informatika
sohalari maʼlumotlari – usullarining sintezini taqozo qiladi.
Turli pedagogik obyeklarni modellashtirishda nazariy asoslar sifatida muammoning turli
sohalariga bag‘ishlangan ishlardan Bespalko, B.S.Gershunskiy, А.N.Dakin, V.V.Kraevskiylar
tadqiqotlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ularda quyidagilar o‘z aksini topgan:
– taʼlim tizimidagi modellashtirish obyekti mazmun-mohiyati, uning o‘rni va ahamiyati;
– tadqiqot obyektining tarkibiy komponentlari (unsurlarini) tizimini yaratish (uni to‘laqonli
amaliy jihatdan tahlil qilish va to‘ldirish);
– avval ajratilgan oraliq komponentlarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan statistik
maʼlumotlar to‘plamlarini belgilab borish;
– tadqiqot obyekti modelining dinamikasini ishlab chiqish.
Odatda, modellashtirish va loyihalashtirish ishlarini pedagogik jarayonlarni o‘rganish
asoslari bilan bog‘lashadi. Pedagogik jarayonlarning murakkablashib borishi, u yoki bu g‘oyalar,
asoslarning tajribadan o‘tkazilishi, innovatsiyalarning faol kirib kelishlari shular jumlasidandir.
Shu jihatdan olganda, pedagogik loyihalash o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lg‘usi faoliyatlari
elementlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Pedagogik loyihalash o‘qituvchining tashkilotchilik,
hamkorlik, muomalaviylik faoliyatlari kabi taʼlim-tarbiya bilan bog‘liq muhim bir faoliyat
sohasidir. Pedagogik texnologiya esa taʼlim jarayonidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qismlar,
bosqichlar, undagi ishtirokchilarning uzluksiz hamohang harakatidir. Bunda loyihalashtirish
153
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
bo‘ladigan harakatning kerakli variantlarini belgilab, ularning real natijalarini prognoz qilishdan
iborat bo‘ladi.
Pedagogik vaziyat odatda qandaydir bir pedagogik jarayon doirasida bo‘ladi. Shu bilan bir
qatorda, albatta, bir tizimga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik vaziyatning asosiy xususiyatlari pedagogik
jarayonning davomiylik vaqti va joylaridan iboratdir. Pedagogik vaziyatlar aniq mohiyatga ega
bo‘lib, bu dars jarayoni, tarbiya tadbirlari, ekskursiyalar kabi aniq bir holatlar bilan bog‘liq holda
yuzaga keladi. Pedagogik vaziyatlarni loyihalashtirish pedagogik jarayonni loyihalashtirish
davomida amalga oshiriladi. Tashqi jihatdan pedagogik tarkibi oddiy bo‘lib tuyulsada, bu holat
aldamchidir. Аslida, pedagogik vaziyat ish jarayonidagi ishtirokchilar qarashlari, intilishlari,
fikrlari va ziddiyatlari to‘qnashgan murakkab jarayondir. Shu sababli ham bu jarayonlar bilan
bog‘liq loyihalashtirish ishlari ko‘p pog‘onali murakkab ishdir. Kim tomonidan amalga
oshirilishidan qatʼiy nazar har qanday loyihalashtirish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1-bosqich: modellashtirish.
2-bosqich: loyihalashtirish.
3-bosqich: bunyod etish.
Pedagogik modellashtirish (1-bosqich) maqsadlarni belgilash, ped tizimlarni yaratish,
pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni hosil qilish hamda ularning yechim yo‘llarini aniqlashdan
iboratdir.
Pedagogik loyihalashtirish(2-bosqich) pedagogik modellashtirishni amaliylik darajasigacha
olib borib, uni bevosita amalga oshirishdir. Pedagogik bunyod etish (3-bosqich) pedagogik
loyihalashtirishni yanada sayqallash va uni taʼlim-tarbiya sohasiga real qo‘llash imkonini beruvchi
universal darajaga olib kelishdir. Pedagogikaning bu bosqichlarining har birida albatta dastlab
maqsadlar aniq belgilanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |