TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
mumkin. Muhimi shu istakni harakatga keltiring. Oldin siz istang, shunda bolaningizning ham
istaganini ko‘rasiz. Tug‘ilgan farzandning kelajagi uning qanday inson bo‘lishi faqat irsiyatga
emas, balki uning qanday muhit sharoitida tarbiya topishiga ham bog‘liqdir.
Farzandning
dunyoga kelishi, bilimli, kasb- hunarli bo‘lib voyaga yetishi oilaviy muhitga ham bog‘liq, oilada
shu o‘rgangan bilimi, qobiliyati, egallagan kasb-hunarini hayotga tatbiq etishini o‘rganadi.
Farzand ko‘rish va uni tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning oqibati ayanchli
bo‘ladi. Farzandni voyaga yetkazishda va to‘g‘ri yo‘naltirishda ota-onaning hayot tajribasining
kamligi, kerakli bilimlar va malakaning yetarli bo‘lmasligi salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bunda, odatda,
farzand tarbiyasida bobo, buvilarning yordami nihoyatda muhim hisoblanadi. Chunki u kishilar
hayotda katta tajribaga ega bo‘lishadi, o‘zlari yo‘l qo‘ygan xato, kamchiliklarini farzandlari
takrorlamasliklari uchun harakat qilishadi. Oilada farzandning sog‘lom, bilimli, bo‘lib yetishishlari
uchun iqtisodiy taʼminotni taminlash kerak. Oilada farzand
ilk tarbiyani ota-onasidan, bobo-
buvilaridan olar ekan, kattalar farzand oldida doimo chiroyli muomala qilishlari, yomon so‘zlarni
ishlatmaslik, to‘g‘ri so‘zlash, yolg‘on gapirmaslik, bergan va’dalarida turishi kerak. Bunday holat
oilada muntazam bo‘lishi darkor, shunda bola ongida to‘g‘ri munosabat bo‘yicha aniq fikr va
qarashlar shakllana boshlaydi. Bizning har bir harakatimiz, muomala-munosabatlarimiz, hatto
gapirmasdan jim xayol surib o‘tirishimiz ham yonginamizda o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ko‘ringan
kichkina bolalarimizda o‘zgartirib bo‘lmas maʼlum tasavvur va fikrlarni shakllantirar ekan. Biz
farzandimizni ko‘rmayapti, sezmayapti, degan xom xayolga bormasligimiz darkor. Ota-onaning
o‘zi rioya qilmasdan turib, buni qilmagin deyish bolaga qanchalik taʼsir qilishi mumkin. Tarbiya
mukammal va taʼsirli bo‘lishi
uchun biz ota-onalar, avvalo, o‘zimizda ham, so‘zimizda ham,
ishimizda ham bir so‘zli ekanligimizni ularga ko‘rsatishimiz kerak.
Oilada bola tarbiyasida otaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, shuning uchun
donishmandlarimiz bitta ota yuzta o‘qituvchidan ustun bo‘lishi mumkinligini taʼkidlagan.
Oiladagi bola tarbiyasida ota o‘z maʼsuliyati va burchini to‘laligicha ado etishi, oilaning
mustahkamligi va oilaning to‘kisligini ta’minlay bilishi lozim. Oilaning buzilishi, ota yoki onaning
oiladan ketib qolishi oila tarbiyasiga qattiq zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy
taʼsir kuchi yo‘qoladi. Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq
jarohatlanadi, ruhiyatiga taʼsir qiladi, u tajang, serjahl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi. Kattalarga
ishonmay qo‘yadi. O‘qish, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi. Mutaxassislarning fikricha,
qonunbuzar o‘smirlarning 85 %i ota-onasi bilan yomon munosabatda bo‘lgan, 95 %i go‘dakligida
alla eshitmagan. Shunday ekan, oilada er-xotin inoqligi, farzandlarga g‘amxo‘rligi sog‘lom muhit,
baxt-saodatni yaratishning muhim sharti hisoblanadi.
Jondan aziz bolalarimizni o‘zgalarning nomaʼqul tarbiyasi va mudhish taʼsiriga
tashlab
qo‘yish – kelajagimizga nisbatan kechirib bo‘lmas xiyonatdir. Shuning uchun ham yoshlarimizni
komil insonlar etib voyaga yetkazish, Olloh taolo ato etgan qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish
uchun ularga yo‘l ochib berish va barcha imkoniyatlarni yaratish biz ota-onalar uchun ham qarz,
ham farzdir.
Mashhur oilaviy terapevt Virjiniya Satir bolani kuniga quchoqlashni tavsiya etadi. Uning
fikricha, bolani 4 marta bag‘riga bosish har bir insonga faqatgina yashash uchun kerak ekan,
yaxshi kayfiyat uchun esa kuniga 8 marta bag‘riga bosish kerak ekan. Bola intellektual rivojlanishi
uchun esa kuniga 12 marta. Shuni bilingki, bu nafaqat bolaga, kattalarga ham foydali. Bolani
115
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
ushbu
holat psixologik rivojlantirib, hissiy oziqlantiradi. Аgar bola ushbu qo‘llab-quvvatlashni
olmasa, hissiy muammolar, xulqida kamchiliklar, hattoki asab va ruhiy kasalliklar vujudga keladi.
Tarbiya bu yaxshi odatlarni o‘zlashtirishdir. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining
baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, o‘z zurriyodining har
tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi.
Biz o‘z farzandlarimizning baxt-u saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz,
nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati
ham bolaning shakllanib
kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday taʼsir ko‘rsatishi haqida doimo o‘ylashimiz, bu masalada
zimmamizda qanday ulkan masʼuliyat borligini unutmasligimiz kerak. Oila maktabgacha
yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelgan, bundan keyin ham shunday bo‘lib
qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: