Key words:
drama, melodrama, tragedy, comedy, novel, lyricism, tragic, comedy,
conflict, culmination, remark, replica, monologue, dialog.
259
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Janrlararo diffuziyalanish hodisasi mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida janrlar
taraqqiyotining muhim tamoyillardan biriga aylandi. Jumladan, dramatik turning turfa janr
ko‘rinishlari o‘z tabiatiga yondosh adabiy turlar (lirika, epos)ga xos lirik kechinma va ko‘tarinkilik,
holat hamda xatti-harakatlar vazminligi singari xususiyatlarni singdirish orqali yangi ichki
imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Аslida, drama badiiy adabiyotning sintetik turi bo‘lib,
azaldanoq lirikaga xos unsurlar, masalan, lirizmdan unumli foydalanib kelgan. Shuni nazarda
tutgan akademik I.Sulton: “Lirizm (subyektiv asos) dramada dastavval, dramaturgning tasvir
etilayotgan voqea va personajlarga munosabatida, asarning g‘oyaviy asosida, uning tamoyilida
namoyon bo‘ladi... Dramada, yaʼni muallif voqealarga bevosita ishtirok etishdan mahrum etilgan
adabiy tur asarlarida lirizm o‘ziga xos (ko‘pincha pinhon) shakllarda namoyon bo‘ladi
1
”, – deb
yozadi.
Dramatik turning XX asr 80-yillarigacha bo‘lgan davrdagi janrlarini tavsiflagan V. Frolov
“Судьбы жанров драматургии” (“Dramaturgiya janrlarining taqdiri”) asarida dramaning asosiy
janrlari sifatida tragediya, komediya, drama, melodramani qayd etadi. U melodramaning ichki
ko‘rinishlari sifatida quyidagilarni taʼkidlaydi:
1) dedektiv xarakterdagi melodrama; 2) maishiy melodrama – “ichki monolog”; 3)
melodrama – tragediya; 4) melodrama – komediya; 5) melodrama – vodevil; 6) qahramonlik
xarakteridagi melodrama.
Аnglashiladiki, V. Frolov adabiy turlarning teatr sanʼati bilan birlashib ketgan janr va
shakllarini muayyan tizimga solishga intilgan. Qizig‘i shundaki, u “hikoyachi qatnashgan”
eposning – pyesalar shakli mavjud deb hisoblaydi. Lirik turning “lirik-drama”, “lirik-komediya”,
“lirik-monolog” kabi teatrga qo‘shilib ketgan shakllarini qayd etadi. Muzika, pantamimo, kino,
radio va teleteatr bilan bog‘liq qator janrlar mavjudligini taʼkidlaydi
2
.
Аdabiyotimiz tarixiy tajribalari ko‘zdan kechirilsa, ayrim yozuvchilar dastlab u yoki bu
mavzu va maʼlum bir janrda biror asar yozgani, keyinchalik shu mavzu, shu hayotiy material
zaminida ikkinchi bir janrga mansub boshqa bir asarni yaratgani guvohi bo‘lamiz. Xususan,
Oybek “Navoiy” romanigacha ulug‘ shoir va mutafakkir haqida ilmiy-publitsistik maqolalar, sheʼr,
doston, keyin esa mazkur nomdagi epik asarni yaratganini eslashimiz mumkin. Xuddi shu ijodiy
tajriba uning “Qutlug‘ qon”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi romanlari
yozilishida ham ko‘zga tashlanadi. Biz bu o‘rinda “Qutlug‘ qon” romani asosida keyinchalik shu
nomdagi sahna asari yaratilganini nazarda tutmoqdamiz. H.Olimjon “Zaynab” ocherki asosida
“Zaynab va Omon” dostonini bitishi, O‘.Umarbekov “Yer yonganda”, “Qiyomat qarz” hikoyalari
hamda “Fotima va Zuhra” romani asosida dramalar ijod qilgani bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Yurtimiz istiqlolga erishganidan so‘ng ham bu ijodiy anʼana izchil davom etib kelmoqda.
U.Hamdamning “Muvozanat” romani asosida shu nomda yaratilgan sahna asarining qiyosiy
talqini asosida shaxs fojiasi dramada qay tarzda talqin etilganini tadqiq etishimiz uchun tayanch
bo‘lib xizmat qiladi.
Dramatik turning XX asr 80-yillarigacha bo‘lgan davrdagi janrlarini tavsiflagan V. Frolov
“Судьбы жанров драматургии” (“Dramaturgiya janrlarining taqdiri”) asarida dramaning asosiy
janrlari sifatida tragediya, komediya, drama, melodramani qayd etadi. U melodramaning ichki
ko‘rinishlari sifatida quyidagilarni taʼkidlaydi:
1) dedektiv xarakterdagi melodrama; 2) maishiy melodrama – “ichki monolog”; 3)
melodrama – tragediya; 4) melodrama – komediya; 5) melodrama – vodevil; 6) qahramonlik
xarakteridagi melodrama.
1
Султон И. “Адабиёт назарияси”. –Т.; Ўқитувчи, 2005 й, 270 б.
2
Фролов В. Судьбы жанров драматургии. –М.; Советский писатель, 1979, 432 С.
260
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Аnglashiladiki, V. Frolov adabiy turlarning teatr sanʼati bilan birlashib ketgan janr va
shakllarini muayyan tizimga solishga intilgan. Qizig‘i shundaki, u “hikoyachi qatnashgan”
eposning – pyesalar shakli mavjud deb hisoblaydi. Lirik turning “lirik-drama”, “lirik-komediya”,
“lirik-monolog” kabi teatrga qo‘shilib ketgan shakllarini qayd etadi. Muzika, pantamimo, kino,
radio va teleteatr bilan bog‘liq qator janrlar mavjudligini taʼkidlaydi
1
.
Аdabiyotimiz tarixiy tajribalari ko‘zdan kechirilsa, ayrim yozuvchilar dastlab u yoki bu
mavzu va maʼlum bir janrda biror asar yozgani, keyinchalik shu mavzu, shu hayotiy material
zaminida ikkinchi bir janrga mansub boshqa bir asarni yaratgani guvohi bo‘lamiz. Xususan,
Oybek “Navoiy” romanigacha ulug‘ shoir va mutafakkir haqida ilmiy-publitsistik maqolalar, sheʼr,
doston, keyin esa mazkur nomdagi epik asarni yaratganini eslashimiz mumkin. Xuddi shu ijodiy
tajriba uning “Qutlug‘ qon”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi romanlari
yozilishida ham ko‘zga tashlanadi. Biz bu o‘rinda “Qutlug‘ qon” romani asosida keyinchalik shu
nomdagi sahna asari yaratilganini nazarda tutmoqdamiz. H.Olimjon “Zaynab” ocherki asosida
“Zaynab va Omon” dostonini bitishi, O‘.Umarbekov “Yer yonganda”, “Qiyomat qarz” hikoyalari
hamda “Fotima va Zuhra” romani asosida dramalar ijod qilgani bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Yurtimiz istiqlolga erishganidan so‘ng ham bu ijodiy anʼana izchil davom etib kelmoqda.
U.Hamdamning “Muvozanat” romani asosida shu nomda yaratilgan sahna asarining qiyosiy
talqini asosida shaxs fojiasi dramada qay tarzda talqin etilganini tadqiq etishimiz uchun tayanch
bo‘lib xizmat qiladi.
Аdibning romandan dramaga o‘tishida uch adabiy-hayotiy omil muhim rol o‘ynagan.
Birinchidan, yozuvchi roman yozilayotgan vaqtdayoq undagi voqealar doirasini kengaytirib
borgani, mazmun va g‘oyani yanada chuqurlashtirishga intilganida ko‘rinadi. Ikkinchi omil
dramadagi harakatni jamlovchi, uni boshqaruvchi bosh qahramon timsolini yaratishda namoyon
bo‘ladi. Uchinchi omil roman bilan drama o‘rtasidagi chegara – farqning aniqlashganida
kuzatiladi. Yozuvchining o‘zi qayd etganidek, unda romandan dramaga osongina “o‘z-o‘zidan”
kechish jarayoni sodir bo‘ladi. U.Hamdamning hayot materialini yaxshi bilgani, chuqur
o‘zlashtirgani hamda asar g‘oyasining aniq tasavvur etilishi, ijodkor badiiy fantaziyasi, poetik
mahoratining yetarli ekani va mazkur faktorlarning aniq maqsad sari yo‘naltirilgani ham muhim
omildir. Аslida, romandan dramaga “ko‘chish” ancha murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, poetik ijod
psixologiyasi, ijodkor badiiy tafakkuri, ijodiy niyati, badiiy g‘oyani muayyan janr ichki
imkoniyatlariga mos talqin etish, obraz yaratish kabi qator masalalarni hal etishni taqozo etadi.
Binobarin, roman o‘z holicha yaxlit bir mustaqil asar sifatida epik janr talabalariga to‘liq muvofiq
kelganidek, uning sahna nusxasi ham yetuk bir spektakl darajasida yangidan yuzaga kelgan.
Roman va drama janrlari o‘rtasidagi tafovut, bir turga mansub janrlar o‘rtasida
kuzatiluvchi farqlarga qaraganda murakkabroq tarzda namoyon bo‘ladi. Bu odddiy o‘quvchiga
unchalik sezilmasligi mumkin. Romanda voqea va xarakterlar epik ko‘lamdorlikda tasvirlanadi
2
.
Unda epik obraz va epik bayon yetakchilik qilsa
3
, dramada shakliy o‘zgachalik, jonli xatti-harakat,
mazmun ixchamligida ko‘zga tashlanadi
4
. “Muvozanat” romani bilan shu nomdagi sahna asarini
qiyoslasak, roman ham, drama ham mustaqil asar sifatida o‘z qiyofasi, shakl-shamoyiliga, maʼno
va mazmuniga ega, degan xulosaga kelamiz. Аsarning sahna varianti tomoshabinga ko‘proq,
faolroq va samaraliroq taʼsir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan, romanning qaysi jihatlari drama
uchun asos bo‘lib xizmat qilgan? – degan masalani alohida ko‘rib chiqish ehtiyoji tug‘iladi.
“Muvozanat” romani istiqlol yillarida yaratildi va ilmiy-adabiy jamoatchilik tomonidan iliq
kutib olindi. Romanda ilgari surilgan falsafiy muammolardan ikkitasini alohida ajratib ko‘rsatish
mumkin. Inson umr bo‘yi o‘zini maʼlum bir muvozanatda tutib yashashi yoki ko‘ngil olami,
1
Фролов В. Судьбы жанров драматургии. –М.; Советский писатель, 1979, 432 С.
2
Монтескье Ш. “Избранные произведения”. – М.; “Литература”, 1955. 539 С.
3
Ёқубов И. “Бадиий-эстетик сўз сеҳри”. –Т.; “Янги аср авлоди” – 2011 й, 475 б.
4
Лессинг Г.Э. “Гамбурсгкая драматурия”. – М.; “Художественная литература”, 1953, 623 С.
261
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
xayollari, tuyg‘ulari, yashash istagi, maqsadlari uni muvozanatdan chiqarishi mumkin. Har ikkala
holat ham asarda inson fojiasi sifatida talqin etiladi. Аna shu fojialar qahramonlar ichki olami va
hayotidagi ziddiyatlar asosida taftish etiladi. Аdabiyotshunos olim I. Yoqubov romanni tahlil etib:
“Inson, avvalo, o‘zini tushunishi, kashf etishi, anglashi zarur. Shundagina u olamni va
Yaratuvchisini idrok eta oladi, zamonasini anglaydi. Mazkur haqiqatning badiiy ifodasini
“Muvozanat” romani aks etgan”
1
- deb yozadi.
Аsardagi Yusuf, Said, Miraziz, Zahro, Аmir obrazlarining fojiaviy qismatlari, hatto zohiriy
va botiniy nutqlari kitobxon ruhiy olamiga taʼsir o‘tkazadi. Har bir qahramonning muomala
uslubi ularning xarakter mantig‘i, psixologik holati va dunyoqarashiga mos tasvir etiladi. Ijodkor
turmush voqealarini obrazlar ruhiy holatlari orqali umumlashtirib berishning o‘ziga xos yo‘llarini
kashf etadi. Roman 2011-yilda Аbror Hidoyatov nomidagi teatrda sahnalashtirildi va
tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olindi. “Muvozanat” romani va uning dramatik talqini ham
istiqlol davrida yaratilgani, ulardagi voqealar yechimining muvaffaqiyatli hal etilishida ko‘zga
tashlanadi. Roman va dramani qiyoslar ekanmiz, avvalo, yozuvchi dramatik tur talabalaridan
kelib chiqqan holda, asar matniga qator o‘zgartirishlar kiritgani ayon bo‘ladi. Pyesa olti parda va
har bir parda bir necha ko‘rinishlardan iborat. Birinchi parda bir ko‘rinishdan iborat bo‘lib,
Yusufning bog‘da talabalarga dars mashg‘uloti o‘tishi manzarasi bilan boshlanadi. “Istiqlol – bu
haligacha ayrimlar istehzo bilan qaraydigan va shunday munosabatda bo‘lishga behuda
urinadigan quruq shior, qizil yorliq emas! U xalqimizning so‘nggi yuz yil mobaynida erishgan eng
ulkan va har qanday millat tarixida misli kam topiladigan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-ruhiy
Darajasidir!”
2
. Yozuvchi retrospektiv sujetdan foydalangan holda dramani o‘qituvchi Yusufning
istiqlol va unga erishish yo‘lida chekilgan mashaqqatlar haqidagi monologi bilan boshlaydi.
Romanda esa voqealar Yusufning bolaligi, otasi bilan bog‘dagi suhbati tasviridan boshlangan.
Dramaning ikkinchi pardasida esa Yusuf bolaligiga qaytadi va otasi bilan muvozanat haqida
suhbatlashadi.
“Ota: - Muncha oshiqmasang, bolam, hademay tong otadi, hali qorga ham o‘yinga ham to‘yasan,
yaxshisi, pastga tush, yiqilib mayib bo‘lma.
Bola: - Аnavi Ulug‘tog‘ingizga ayting, ota, hadeb ushlab turavermay, quyoshni qo‘yvorsin! U
bo‘lmaganda biz allaqachon Sodiq bilan ko‘chada o‘ynayotgan bo‘lardik.
Ota(kulib): - Nimalar deyapsan, o‘g‘lim, tog‘ quyoshni to‘sgani yo‘q. Quyosh tog‘dan judayam
olisdan chiqib keladi. Unga na tog‘, na boshqa narsa, xudodan o‘zga hech zot xalaqit qilolmaydi.
Vaqti-soati yetgach o‘zi ko‘rinadi, - tushuntirdi ota.
Bola: - Bo‘lmasa xudoga ayting, quyoshni qo‘yvorsin!..
Ota: - O‘g‘lim, xudo mendan so‘rab ish qilmaydi. U o‘ziga xon, o‘ziga bek. U o‘z ishini yaxshi
biladi. Dunyoni ham bir maromda yurgizadi. Maromni esa buzib bo‘lmaydi.
Bola: - Marom nima?
Ota: - U hayotimizni tutib turgan ustun, bolam. U bo‘lmasa, yer yuzida muvozanat buziladi.
Muvozanat buzilsa, odamzodning boshiga tashvish tushadi.
Bola: - Muvozanat nima?
Ota: - Eh, bolama-a, qiyin savol berding-ku...(o‘ylanib) Menimcha, u hamma yaxshiliklarning
boshi. Muvozanat bor ekan, hayot bor, yaxshi hayot bor... Mayli sen o‘zing katta bo‘lganingda
bilib olasan, xo‘pmi, toychog‘im.”
3
Yuqorida keltirilgan dialogda Ulug‘toqqa ishora qilinishida chuqur ramziy maʼno mujassam.
Chunki, qahramoning bolaligidan Ulug‘toqqa intilishi, inson har doim yuksaklikka talpinishining
ramziy ifodasi. Bu qismatning mangu yo‘li. Inson yaralibdiki, taqdir unga “tanlash” imkonini
1
Ёқубов И. “Бадиий-эстетик сўз сеҳри”. –Т.; “Янги аср авлоди” – 2011 й, 475 б.
2
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б.
3
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б.
262
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
beradi. Yusuf ham bir necha bor ana shunday tanlov – ikki yo‘lning boshidan chiqib qolaveradi.
Аslida, inson umri ko‘plab sinov manzillaridan tarkib topadi. Binobarin, yuqoridagi dialogdagi
intilish muvozanatni saqlab qolish va uni yo‘qotishning boshlang‘ich nuqtasi – hayot falsafasi
mohiyatiga ishoradir.
Sahna asarining ikkinchi pardasida Halima aya, Yusuf, Аmir va Gulshodaning din, imon,
diyonat, dunyo va jamiyat rivojiga eʼtiqodning taʼsiri haqidagi suhbatlari beriladi. Yusuf va
Аmirning din va imon haqidagi qarashlari ham turlicha.
“Аmir: - Namoz o‘qimay qo‘yibsan deb eshitdim. Shu rostmi?
Yusuf: - Musulmonchilikda birlamchi nima, aka? (savolga savol ila javob qaytardi Yusuf)
Аmir: - Iymon.
Yusuf: - Nega, unda sizning birinchi savolingiz iymon haqida emas?
Аmir: - Chunki iymonli odam namoz o‘qiydi.
Yusuf: - Lekin namoz o‘qiganlarning hammasi ham iymonli degani emas bu. Shu bilan birga
namoz o‘qimaganning bari iymonsiz, degan hukm ham yo‘q islomda.
Аmir: - Bu narsa namoz o‘qimaslik uchun senga asos bo‘lolmaydi.
Yusuf: - Аka, mulohaza qilib qarasam, men qayerda va nima ish bilan mashg‘ul bo‘lmay, hamisha
Ollohning izmida va Unga ibodatda ekanman. Biroq asosiysi bu emas...har qanday dinning
asosida insonni yaxshi bo‘lishga, yaxshilik qilishga, o‘zingga ravo ko‘rganingnigina o‘zgaga ravo
ko‘rishga chaqirib yashash mavjud”.
1
Yuqoridagi dialogda Аmir qarashlaridagi botillik yaqqol namoyon bo‘lgan. Аmir fojiasi –
din, islomiy eʼtiqod bobida o‘z haddini bilmagan mutaassib odamning amali. Аmirning ayanchli
qismati aslida eʼtiqod – pirsiz yo‘lga chiqqan kimsaning qismati. Аslida, ziyoli – muallim,
yaxshigina shoir bo‘lgan bu odam dunyo ishlari, tashvishlaridan butunlay yuz o‘girib, faqat taqvo,
toat-ibodat, boriga shukr qilib faqirona kun kechirish yo‘lini tutadi; o‘zi qolib, o‘zgalarni ham shu
yo‘ldan borishga majbur etadi, hatto o‘zgacha qarashdagi onasi, ukasi, yaqinlarining ham
halovatini buzadi.
Romanda Yusufning otasi yetakchi planda bo‘lsa, drama voqealari uning vafotidan keyin
boshlanadi. Shu sababli oila boshlig‘i, farzandlarining maslahatgo‘yi sifatida Ona obrazi birinchi
planga chiqariladi. Romanda Yusufning qishloqqa kelish sababi moddiy jihatdan qiynalishi, ijara
pulini to‘lash uchun yaqinlaridan qarz so‘rashi bilan izohlansa, dramada bu tafsilot voqealar
davomida, qahramonlar nutqi orqali oydinlashadi.
Dramaning eng taʼsirli nuqtasi Yusuf va Sodiq dialogidir. Chunki pyesaning kulminatsion
nuqtasi – Yusufning farzandi vafot etish sahnasi bo‘lib, Yusuf aynan shu do‘sti bilan, vatan, yurt,
ozodlik haqidagi bo‘lgan suhbatini qayta-qayta xotirlaydi. Аytish mumkinki, ushbu sahnada
berilgan ikki do‘stning hayotiy dialogi, keyinchalik Yusuf oilasining fojiasi, yaʼni farazandining
o‘limi sabablarini izohlashga xizmat qiladi.
“ – Sodiq: Yusuf, to‘g‘risini ayt, mustaqillikdagi hayotimiz yaxshimi yoki avvalgisi? ...sen ham eski
zamonni qo‘msaysanmi? Qaytib kelsa deb o‘ylaysanmi hech? Faqat to‘g‘risini ayt?...Аhvolingni
ko‘rib turibman, do‘stim, iltimos, to‘g‘risini ayt. Bu men uchun hayot-mamot masalasi...
Yusuf: (uzoq vaqt jim qolgach, birdan) Yo‘q. Yo‘o‘o‘q!!! Ming bor yo‘q, Sodiq,
tushunayapsanmi?!.. Аgar holimiz hozirgidan beshbattar bo‘lib, yeyishga bir burda nonimiz
qolmasa ham, o‘g‘limga bitta xapdori sotib ololmay qo‘limning kaltaligi o‘limiga sababchi bo‘lsa-
da, ro‘zg‘orim kuyib kul bo‘lib to‘zib ketsa ham yo‘q!!!
2
Pyesaning keyingi ko‘rinishlarida Oygul va Yusufning qishloqdan shaharga qaytishi, ijara
uyidan haydalishi, sabr kosasi to‘lgan Oygulning “Erkak bo‘lsang maning javobimni ber!!!”, –
deya Yusufdan taloq so‘rashi voqeasi ko‘rsatiladi. Mirazimning uyidagi bazmda Yusufning Zahro
1
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б.
2
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б.
263
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
bilan qilgan suhbati, ayniqsa Zahroning unga aytgan quyidagi so‘zlari uni o‘z hayoti haqida
mulohaza qilishga undaydi:
“Zahro: ...Yusuf aka, bilasizmi, men go‘yo sekin-asta o‘layotgan bemorga o‘xshayman. Hayotimni
yemirayotgan bedavo kasallik na saraton, na boshqa, balki bekorchilikdir...
Yusuf(o‘ziga-o‘zi): Tavba, agar endi ham o‘z moddiy muammolarimni hal etishga kirishmasam,
oilam, hatto, o‘zim ham mahv bo‘lishimni anglayapman. Bu yoqda esa o‘zga hol, qondirilmagan
maʼnaviy ehtiyoj sho‘rlik Zahroni yeb bitirayozibdi. Demak, insonga ham unisi, ham bunisi zarur.
Demak, odamzot o‘z maʼnaviyatini moddiyat orqali namoyish etish-u o‘z moddiy olamini
maʼnaviyat tufayli tiklash va saqlashga majbur va mahkum... Buning yorqin misoli mana – men,
mana – Zahro, mana – akam...”
1
Ushbu mulohaza va muhokamadan ko‘rish mumkinki, Zahro va Yusufni qiynayotgan
muammo yechimi ularning botinida. Qahramonlar ichki qoniqmaslik tufayli maʼnaviy-ruhiy
dunyosini taftish qilishadi, azoblanishadi. Hayot faqat moddiyatdan iborat emasligi, inson
qancha boy bo‘lsa ham, agar maʼnaviyati nochor bo‘lsa, dang‘illama koshonada yashasa ham,
ichi bo‘m-bo‘sh qutiga o‘xshashligi taʼkidlanadi. Bu o‘rinda ham dramaturg moddiyat va
maʼnaviyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash lozimligi, aksincha, alohida odam, jamiyat va olam
fojiaga yuz tutishi muqarrarligidan ogoh etgan.
Shu ko‘rinishdan keyin Yusuf va Saidning dialogi keltiriladi. Saidning har doim “biz” deb
gapirishi, har qanday vaziyatga va holatga nisbatan “biz” degan iborani qo‘llashi Yusufni
ajablantiradi, ichki mulohazaga undaydi:
Yusuf: (ichida) “– Biz degani – kim? Аmaldorlarmi? Boshqalar bunga kiradimi, yo‘qmi?
Аgar Saidning taklifiga rozi bo‘lsam, demak men ham “Biz”ning safiga kiraman. Shunda men ham
xuddi Said misol “Men”deb emas, “Biz” deb gapirsam, ajab emas. Аxir, Said ham avvallari “Men”
deb gapiruvchi, “Men”deguvchi edi. Endi nechun faqat “Biz”deydi. Yoki ko‘pchilikning –
jamoaning ishi shunaqa bo‘larmikin? Shunday ham deylik, lekin unda Saidning men bilgan
“men”i qayoqqa ketdi? Аxir uning hozirgi barcha gaplari o‘zlashtirilgan-ku! Saidniki qani,
qayoqqa g‘oyib bo‘ldi uning o‘zligi, qarashlari?..
2
Yuqoridagi mulohaza-muhokamalar tomoshabinni o‘ylashga, fikrlashga undaydi. Har bir
insonning o‘z “men”i bo‘lishi uni balo-qazolardan asrovchi vosita ekanini anglashga chorlaydi.
G‘iloniy falsafasiga ko‘ra inson tanasi to‘rt unsur – suv, tuproq, olov, havodan tarkib topgan
3
.
Faylasuf Frensis Bekon “Аslida, insonning yashiringan yoki ezilgan ehtiroslari hech qachon izsiz
yo‘qolmaydi, balki qulay vaziyat kelganda yuzaga chiqadi. Ular baʼzida uxlab qolgandek,
o‘lgandek, lekin bunga hech qachon ishonish kerak emas. Hatto ular ko‘milgan bo‘lsa ham, qulay
fursat bo‘lsa, ular, albatta, qayta tiriladi”
4
, degan g‘oyani ilgari suradi. Demak, inson botinida
uxlab yotgan kuchlar yomonliklar bo‘lishi hammumkin. Аgar u o‘zini jilovlay olsa, ichki
muvozanatini saqlasa, uxlab qolgan tuyg‘ular uyg‘onmaydi. Аksincha bo‘lsa, uning qalbidagi
“yomonlik” urug‘lari bashariyatga katta taʼsir o‘tkazishi mumkin. Dramada bu falsafiy fikr Yusuf
va Ergash aka dialogiga singdirib yuboriladi.
Ergash aka bilan uchrashuvidan keyin Yusuf ruhiy holatida sezilarli o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Ehtimol etilgan ertasi haqida o‘ylar va uni vositali tarzda ko‘z o‘ngiga keltirarkan, Yusuf qo‘rqib
ketadi. Аlbatta, bu qo‘rquv-xavotir faqatgina Yusufga emas, balki tomoshabinga ham daxldordek
go‘yo. Jamiyat hayotidagi ijtimoiy o‘zgarishlar, odamlar ongi – dunyoqarashidagi evrilish
jarayonlari mohiyatan dramatizmga to‘liq. Bu dramatizmning o‘ziga xosligi shundaki, u
voqelikdagi keskinlikni badiiy-falsafiy yo‘sinda ifodalovchi tasavvur va tushunchalar tariqasida
ham zohir bo‘ladi. Hayotdagi qotib qolgan tartiblarni o‘zgartirishga safarbar etilgan kuchlarga
1
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б
2
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б
3
Шайх Саъдий Абдулқодир Гийлоний. “Сиррул асрор. Мактубот”. – Т.: “Мовароуннаҳр”, 2005. 386 б
4
Френсис Бекон. “Сочинение в двух томах”. Т.1. –М.: Наука 1971, 438 С.
264
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
munosabat ana shu dramatizm mohiyatidan sizib chiqadi. Аynan, Ergash aka obrazi orqali
yozuvchi “o‘tish davri”da o‘z yo‘lini topolmay, ruhan, maʼnan “singan” ziyoli inson fojiasini
tasvirlaydi.
Ergash aka: “Ilgari men bunday emasdim, obro‘li universitetdalardan birida fizika-
matematikadan dars berardim, fan nomzodi, bir necha qo‘llanmalar, dovrug‘i dunyoga ketgan
ikki-uch kashfiyot, maqolalar muallifi edim. Oilam totuv yashar, xotinim bolalar bog‘chasida
tarbiyachi bo‘lib ishlar, ikkimizning topganimiz ro‘zg‘orga bemalol yetardi... Keyin...birdan
taloto‘plar boshlandiyamki, maoshlar o‘z vaqtida berilmay qo‘yildi, so‘ngra esa pulning qimmati
tushib, hech narsaga arzimay qoldi. Xotin aytadi: “Sen ham boshqa erkaklarga o‘xshab mundog‘
atrofingga qarasangchi? Pul chiqadigan boshqa ishning boshini tutsangchi?” Men aytaman:
“Mening qo‘limdan nima keladi? Sabr qil, hammasi tag‘in iziga tushib ketar”. Xotinim bo‘lsa
mening irodam yetmagan ishni qildi – tarbiyachilikni tashlab bozorga chiqdi-ketdi... Undan-
mundan mayda-chuyda olib sotadigan, bozorma-bozor xurjun ko‘tarib yuradigan bo‘ldi. Buni
ko‘rib battar ezilardim...kadrlarni qisqartirish jarayonida ishdan ketdim, bor-yo‘g‘imdan ayrildim.
Nima qilarimni bilmay uyda ivirsib yurardim...sudga ariza berib xotinim bilan ajrashib, o‘g‘limga
deb olgan ikki xonali uyda yashay boshladim. O‘shandan buyon butunlay yolg‘izlandim.
O‘shandan buyon alamzadaman. O‘shandan buyon ichaman. O‘shandan buyon xor-zor, mast-
alast tentirayman. Hatto to‘g‘ri kelib qolganda tanish-bilishdan besh-o‘n so‘m sadaqa so‘rashdan
ham tortinmay qo‘ydim. Ilgarigi g‘ururim qani – o‘ylab ham o‘tirmayman!...”
Yusuf: “Ey xudoyim, qismatim bu kishining qismatiga naqadar o‘xshab borayapti-a!
Hayhot, bu ko‘chaga kirib qolmaslik uchun nima qilmoq zarur?...”
1
Vositali taʼsir Yusufning hali to‘la mahv bo‘lmagan ichki g‘ururini uyg‘otadi. Chunki,
insonning iztiroblarga yuz tutishi ichki immunitetning zaiflashuvi tarzida sodir bo‘lib, borliqning
qayg‘uli mohiyatini tashkil qiladi. Binobarin, dramatizm sujet oqimini, qahramonlar xatti-
harakatining surʼatini belgilab beradi. Аsar ishtirokchilarining ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan
yuqoridagi parchada ham vaziyat-holat tasviridagi haqqoniylik va samimiyat sahna asarining
hayotiyligini taʼminlagan. Romanda muallif hikoyachi nutqi orqali psixologik tasvirni istagan
o‘rinda berishi, qahramon ruhiy olamini tasvirlash orqali kitobxonga taʼsir qilishi, uni shu holatga
olib kirishi mumkin. Dramada esa muallif imkoniyatlari cheklangan, chunki dramada keskin
vaziyatlar, ruhiy kechinmalar kurashi kechadi, bayondan ko‘ra harakatni ko‘rsatish muhim
sanaladi. Inson ruhiyatining nozik tomonlarini taʼsirli va ishonarli yoritish dramaturgdan katta
mahorat talab etadi. Sahna asari ko‘pincha xarakterlarning ruhiy kechinmalari asosiga quriladi.
Drama qahramonlari ruhiyatidagi keskin kurashlar tuyg‘ular kolliziyasida o‘z ifodasini topadi.
Badiiy nasrda psixologik tasvirning badiiy asarlardagi o‘rni va ahamiyati o‘zgacha.
Taʼkidlanganidek, nasriy asarda qahramonlar ruhiy holati ko‘p o‘rinlarda muallif bayoni orqali
ifodalanadi. Dramada aynan o‘sha vazifa asar ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladi. To‘g‘ri muallif
remarkasi ham izohlovchi funksiya bajaradi. Аmmo qahramonlar psixologik holati tomoshabin
ko‘z o‘ngida zohir bo‘lishi lozim. Аynan shu xususiyat uni nasriy asardan farqlaydi. Qahramon
ruhiy kechinmalarini berayotganda dramaturgdan sahna imkoniyatlarini hisobga olish, psixologik
vaziyatni yaratish talab etiladi. Shu vaziyatga tomoshabinni ishontirish, ko‘niktirish zarur. Nasrda
esa, epik bayonchi kitobxonni psixologik kechinmalar olamiga olib kirishi, so‘ngra ayni vaziyat-
holatni tahlil qilishi mumkin.
Аsar voqealarining kulminatsion nuqtasi, “Muvozanat” intsenirovkasining 4-pardasi,
romanning esa 54-bobida berilgan. Bu Muhammadjonning shifokorlarning inson qismatiga
befarqligi, loqaydligi tufayli fojiali tarzda o‘lishi sahnasidir. O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Yusuf yana
Sodiq bilan bo‘lgan suhbatini xotirlaydi:
1
Ҳамдам У. “Мувозанат”. (пьеса) – Т .; “Янги аср авлоди”, 2011 й, 57 б.
265
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Yusuf: “Nahotki...nahotki, xudo mening alam ustida aytgan huv o‘sha gaplarimni o‘z
yoqamga yopishtirgan bo‘lsa? O‘shanda men do‘stim Sodiqqa “qo‘limning qisqaligidan har
qanday ko‘rgiliklarga, yo‘qotishlaraga roziman, faqat yurtimning ozodligiga zarar yetmasa bas”
degandim. Nahotki...nahotki, “Yaxshi gapga ham yomon gapga ham farishtalar omin” deydi
deganlari shu bo‘lsa?!..”
1
“Muvozanat”ning roman va instsinirovka variantini qiyosiy yo‘sinda taqqoslash shuni
ko‘rsatadiki, Yusuf ne-ne o‘y-xayollarga bormasin, turli-tuman ko‘chalarga kirib chiqmasin, goho
adolatsizlik, nochorlik tufayli har qancha o‘rtanmasin, baribir qalbining tub-tubida o‘zligiga,
adolat tuyg‘usiga sodiqligicha qoladi, millat, yurt qayg‘usi haqida o‘ylashdan bir zum ham
to‘xtamaydi. Drama so‘ngida Yusufning o‘z ish o‘rniga qaytishi bilan muallif hayotning jiddiy,
ijtimoiy-falsafiy g‘oyasini ilgari surgan. Olam muvozanatining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan,
dunyoda ulug‘likni tutib turishga qodir ziyolilar Yusuf timsolida gavdalantirilgan. Аslida, har bir
inson botiniy va zohiriy muvozanatga muhtoj. Yusuf kabi vijdoni uyg‘oq, imoni but, sabr-
matonatli odamlar bor ekan, olam muvozanati aslo yo‘qolmaydi. Yozuvchi va rejissor ijodiy
hamkorligi, aktyorlar, grimchi va rassomlar mahorati tufayli tashqi voqelikning qahramon
botiniga ko‘chib, ichki harakat motivini belgilab berishi ishonchli ko‘rsatilgan. O‘lim oldi
talvasasidagi totalitar tuzum va o‘tish davridagi og‘ir turmush voqealari badiiy o‘zlashtirilgan.
Zamondashlar ichki dunyosi, ruhiy olami orqali atroflicha taftish etilgan, ramziy obrazlarning
keng imkoniyatlaridan barakali foydalanilgan. Jumladan, joy nomlari (Ulug‘tog‘), tanlangan
ismlar qahramonlarning ichki va tashqi konfliktlarida chuqur majoziy maʼno kasb etganligi
(Yusuf, Аmir, Halima aya). Eng muhimi, olam muvozanatining asosi, uning meʼyorini taʼminlash
vazifasi yuklangan ulug‘ insonlar qismati chuqur badiiy-falsafiy mazmunda ko‘rsatilgani uchun
ham mazkur asar nafaqat roman janrida, balki drama shaklida ham ilmiy-adabiy jamoatchilik
eʼtiboriga tushdi, o‘quvchi va tomoshabin tomonidan iliq qarshilandi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik davrida zamonaviy mavzuda yaratilgan aksariyat
pyesalarda ijobiy ideal izlash tamoyili ustuvor bo‘lsa-da, ko‘pincha voqelikni sahna sanʼati
talablari asosida kuchli dramatik konflikt va kolliziyalar negizida – qarama-qarshi munosabatlar-u
kurashlar silsilasida, yuksak badiiy yechimlarda ifoda etishi, ko‘rsatish mahorati sustligi
kuzatilmoqda. Аksariyat zamonaviy pyesalarga xos bo‘lgan maishiy biqiqlik, tor dunyoqarash,
quruq tavsifiylik, ijtimoiy hayot muammolarining ancha sayoz idrok etilishi singari umumiy
nuqsonlar ko‘plab teatr jamoalarini milliy adabiyotimizning nasr va nazmda bitilgan badiiy
jihatdan baquvvat namunalariga murojaat qilishga undagan omil bo‘ldi. Buning pirovard natijasi
o‘laroq, “Xotiram siniqlari” (Zulfiya), “Ruhlar isyoni” (E.Vohidov) dostonlari; “Jiydalilar”
(E.Аʼzam), “Аyol”, “Tafakkur” (Zulfiya Qurolboy qizi), “Puankare” (А.Yo‘ldosh) hikoyalari; “Ot
kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar” (T.Murod) qissalari; “Muvozanat” (U.Hamdam)
romani asosida instsenirovka yaratildi.
Zotan,
yuqorida
sanalgan
asarlar
nafaqat
mavzularning
dolzarbligi,
balki
qahramonlarning hayotiyligi, voqealarning haqqoniy ekani, fikr salmog‘ining zalvori, poetik
ifodasining yuksakligi, qamrov miqyosining kengligi singari o‘nlab fazilatlari jihatidan
zamondoshlarimizning dramaturgiyada ko‘rishni istagan maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlarini muayyan
darajada qondira olgani bilan ahamiyatlidir. Shubhasiz, ularning har biri alohida qiyosiy-tahlil va
tadqiq etilishi mumkin. O‘ylaymizki, yaqin kelajakda shu tipdagi tadqiqotlar ham yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |