Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/238
Sana15.11.2022
Hajmi2,57 Mb.
#866079
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   238
Bog'liq
7909 1078 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
91 
Keltirilgan jihatlarning talaba kasbiy shakllanishiga ta‘sirini psixologik tadqiq 
etish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biri ekanligiga shubha yo‗q. Ammo 
zamonaviy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va boshqa o‗zgarishlar talabalar 
kasbiy shakllanishida yangi muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda. 
Talabalar kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‗ta 
muhim bosqichi tanlagan kasbini kengroq tasavvur qilish, kasbiy o‗zlikni anglash, 
kasbiy kompitensiyalarni shakllantirish kabilarni o‗z ichiga oladi. Ma‘lumki, 
talabalarning tanlagan kasbga moslashishi, unga o‗zini ruhan, jismonan va ma‘nan 
tayyorlashi jins va yosh omillariga qat‘iy bog‗liq bo‗lmaydi, ya‘ni u ma‘lum yoshga 
kelib o‗z-o‗zidan shakllanib qolmaydi.
Talabalarni kasbiy shakllantirish xususida Sharq mutafakkirlari o‗z 
mulohazalarini bayon etganlar. Sharqda yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish, ularga 
kasb-hunar o‗rgatish, kasbiy shakllanishini nazorat qilish qadimiy an‘analardan 
bo‗lgan. Xalqimizning yosh avlod tarbiyasiga qay darajada e‘tibor berishini 
ko‗rsatuvchi turli-tuman naqllar, rivoyatlar va maqollarning asrlar osha to‗planib 
kelganligi buning yaqqol isbotidir. Jumladan, ―Ustozdan o‗zmagan shogird, shogird 
emas‖, ―Hunarli kishi xor bo‗lmas‖ yoki ―Bir yigitga yetmish hunar oz‖ kabi ko‗plab 
hikmatli so‗zlar borki, ular qadim-qadimdan ota-bobolarimiz yosh avlodni ruhan va 
jismonan barkamol hamda o‗ziga munosib biror-bir kasb-hunar egasi bo‗lib 
yetishishlariga da‘vat etib kelganlarining yaqqol isbotidir[1]. 
Sharq mutafakkirlari ta‘limotida yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish bilan birga 
ularni kasb-hunarga o‗rgatish g‗oyasi ham muhim o‗rin egallaydi. Jumladan, Abu 
Nasr Farobiy[2], Abu Rayxon Beruniy[3], Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, 
Axmad Donish, Davoniy va boshqalar tomonidan yozilgan asarlarda muammo 
atroflicha talqin qilingan. Jumladan, buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb-
hunar to‗g‗risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlarni bergan, ta‘lim - so‗z va 
ko‗nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, 
muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning 
chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan ko‗rinib turibdiki, kasb-
hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo‗lib kelgan.
Abu Nasr Farobiyning ta‘kidlashicha, Ta‘lim degan so‗z xalqlar va 
shaharliklar o‗rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar 
o‗rtasidagi tug‗ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirishdir. 
Darhaqiqat, kasbiy shakllanish talaba faoliyatida muhim o‗rin tutadi. Agar 
talabalar kasbiy shakllanishi muammosi o‗z vaqtida ko‗rib chiqilsa, oliy ta‘limning 
ilk bosqichidan oxirigacha zarur malaka va ko‗nikmalarni o‗z vaqtida egallashga 
e‘tibor qaratadi. Zero, kasbiy shakllanish-bu talabaning cheksiz rivojlanishi 
imkoniyatini nazarda tutadigan uzoq muddatli jarayondir. 



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish