TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
55
–
ijtimoiy, boshqaruv, axborot-muloqot kompetensiyalari shakllanishiga
imkon beruvchi fanlararo o‗quv fanlarini o‗rganish amaliyoti deyarli mavjud
emasligi;
–
oliy ta‘limning o‗quv dasturlarida nafaqat matematika o‗qituvchilari va
boshqa sohadagi mutaxassislarni kasbga tayyorlashning integrativ jihatlariga
yetarlicha
e‘tibor
qaratilmayotganligi
nazariy
tayyorgarlik
qanchalik
chuqurlashtirilmasin, unga qanchalar ko‗p o‗quv soatlari va fanlar ajratilmasin, uning
o‗zi kelgusi pedagogik faoliyatning ilmiy asosi bo‗la olmaydi. Bunga to‗sqinlik
qiluvchi omil, N. V. Amokova ta‘kidlaganidek, birinchi navbatda, ―elementlar
bo‗yicha fikrlash‖ bo‗lib, u fikr erkinligiga, ijodiy izlanishga, erkin improvizatsiyaga,
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot amaliyotida shaxsning butun salohiyati namoyon
bo‗lishiga imkon bermaydi. Bu borada boshlang‗ich sinf matematika o‗qituvchilarini
tayyorlashda ilmiy izlanish olib borgan, o‗z tadqiqot ishida matematika
o‗qituvchilarini tayyorlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan
M.Toshpo‗latovaning nomzodlik dissertatsiya ishida ham ko‗rishimiz mumkin.
Yuqorida keltirib o‗tilgan muammoli holatlar pedagog-xodimlarni
tayyorlashning ekstensiv tizimiga taalluqli bo‗lib, bunda uning kasb faoliyatini
takomillashtirish yo‗lidagi barcha urinishlar faqatgina miqdoriy parametrlarning
o‗zgarishi sifatida ko‗rib chiqiladi. Ushbu an‘anaviy tizimni o‗zgartirmasdan turib,
o‗qituvchilar tayyorlashni tubdan o‗zgartirish mumkin emas bugungi kunda o‗z
isbotini ko‗rsatmoqda.
An‘anaviy o‗qitish metodikasi asosida ta‘lim olayotgan talaba
mashg‗ulotlarda ko‗pincha eshitadi, ko‗radi, eslab qoladi, takrorlaydi, misol, masala
va mashqlardan ishlab ko‗rsatilgan namunalar asosda boshqa turdagi misol va
masalalarni ishlab egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan qo‗llab ko‗rgan holda
o‗zining bilim, ko‗nikma va malakasini mustahkamlaydi. Ta‘lim jarayonida
muammoli vaziyatni qo‗yish, faraz va uning yechimini ilgari surish, muammolarga
yechim topishning optimal yo‗llarini izlab topish, aloqa va munosabatlar o‗rnatishiga
deyarlito‗g‗rikelmaydi. Shuning uchun hamma tematika turkumida fanlarda
o‗qitishda talabalarga o‗qitishning faol shakllari va metodlaridan mohirona
foydalanish talab etiladi. Ayrim hollarda professor-o‗qituvchilarda bu sohada liderlik
mahorati yetishmaydi yoki talaba-yoshlarning kumiridagi shakllangan shaxs sifatida
namuna bo‗lolmaydi.
Metodik tayyorgarlik amaliyotida allaqachon ishlab chiqilgan mazmunga ega
turli harakatlar (tahlil, baholash, tarkiblash)ni bajarishga yo‗nalganlik sezilib turadi.
Talabalarning kamdan-kam hollarda ta‘lim jarayonini mustaqil loyihalashiga yoki
uning muayyan o‗quv vaziyatlari bilan bog‗liq tarkibiy qismlarini tuzishiga to‗g‗ri
keladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda nafaqat mazmun bilan ishlashga, balki
amaliyotga qo‗llashga ko‗proq e‘tibor qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |