TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
36
Masalan, bolalarga quyidagi masala beriladi. ―Bir tarelkada 8 ta olma,
ikkinchi tarelkada 10 ta olma bor, 6 ta olma yeyildi. Ikkala tarelkada nechta olma
qoldi?‖ O‗quvchilar bu masalani uch usul bilan yechadilar.
1)
x=(8+10) – 6
2)
x=(8 – 6)+10
3)
x=8+(10 – 6)
Birinchi usul ustidagi mulohaza: ―Bizga birinchi tarelkada 8 ta, ikkinchida 10
ta olma borligi maʼlum. Olmalar yeyila boshlandi. Olmalarni ikkala tarelkadan
olishdi. 6 ta olma yeyildi. Dastlab hammasi bo‗lib nechta olma borligini bilamiz,
undan so‗ng yig‗indidan yeyilgan 6 ta olmani olib tashlaymiz. 12 ta olma qoladi‖.
Ikkinchi usul ustidagi mulohaza: ‖Bizga birinchi tarelkada 8 ta, ikkinchida 10
ta olma borligi maʼlum. Olmalar yeyila boshlandi. Olmalar faqat birinchi tarelkada
olindi. 6 ta olma yeyilgandan so‗ng birinchi tarelkada 2 ta olma qoldi. Ikkinchi
tarelkada 10 ta terilmagan olma bor. Hammasi bo‗lib 12 ta olma qoldi‖.
Uchinchi usul ustida o‗tkaziladigan mulohaza, ikkinchi masala ustida
o‗tkazilgan mulohazaga o‗xshaydi. Bu masalani uch usul bilan yechgandan so‗ng
o‗qituvchi quyidagi topshiriqni beradi. ―Masaladagi son maʼlumotlarni shunday
o‗zgartiringki, masala faqat ikki yo‗l bilangina yechiladigan bo‗lsin‖
Javoblar: 8 sonini 5 bilan almashtirish mumkin, chunki u 6 dan kam,10 sonini
esa o‗zgartirmay qoldirish mumkin.
10 sonini 4 soni bilan almashtirib, 8 sonini o‗zgartirmay qoldirish mumkin.
6 sonini 9 bilan almashtirish mumkin, u 8 dan ko‗p.
O‗quvchining birinchi javob ustidagi mulohazasi. ―Аgar birinchi tarelkada 5
ta olma, ikkinchisida 10 ta olma bo‗lsa, unda 6 ta olmani faqat ikkinchi tarelkadan
yeyish mumkin (10 – 6); birinchidan esa olish mumkin emas; unda faqat beshta olma
bor: yoki ikkala tarelkadan olib yeyish mumkin. Ikkinchi javob ustidagi mulohaza
birinchinikiga o‗xshaydi‖.
Uchinchi javob ustidagi mulohaza:‖Birinchi tarelkada 8 ta, ikkinchida 10 ta
olma borligi bizga maʼlum. Аgar 9 ta olma yeyish kerak bo‗lsa, unda uni faqat
ikkinchi tarelkadan olish mumkin, birinchida olish mumkin emas, yetmaydi yoki
tarelkadan olish kerak‖.
So‗ngra o‗qituvchi quyidagi topshiriqni beradi: ―Sonlarni shunday
o‗zgartiringki, masala faqat bitta usul bilangina yechiladigan bo‗lsin‖.
Javoblar: 6 sonini 12 bilan almashtirish mumkin;
8 sonini 5 bilan, 10 sonini esa 4 bilan almashtirish mumkin. Yaʼni har bir
qo‗shiluvchi 6 dan kam bo‗lishi kerak. (Аna shunda yechishning birinchi usuligina
yaroqli bo‗ladi.)
Boshqa masala: ―Bolalar bog‗chasiga 4 kg uzum va 5 kg olxo‗ri sotib olindi.
Tushlik ovqatda 8 kg meva yeyildi. Qancha meva qoldi?‖
Do'stlaringiz bilan baham: |