TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
161
mohiyatini tushunishga bizni yaqinlashtiradi.
Ta‘limning sintetik integral va gumanistik shakli hisoblanuvchi masofali
o‗qitishning aynan nazariy va amaliy masalalari ta‘limni isloh qilish sharoitlarida
milliy ta‘lim tizimi oldida turgan muammolar katta qismni hal etishi kerak. Xorijiy
davlatlar ta‘lim tizimlarida masofali o‗qitishning tashkil topishi va rivojlanishi
jarayonini o‗rganishda ta‘lim muassasalarida masofali o‗qitishni amaliy tashkil
qilishning turli shakllari va variantlarini hamda masofali ta‘limni didaktik ta‘minlash
vositalarini tahlil qilishga e‘tiborni qaratish zarur.
Masofali ta‘lim - masofadan turib o‗quv axborotlarini almashish vositalariga
asoslanuvchi maxsus axborot ta‘lim muhiti yordamida ta‘lim xizmatlari to‗plamidan
iborat. Masofali ta‘lim axborot - ta‘lim muhiti foydalanuvchilar ta‘lim olish
ehtiyojlarini qondirishga mo‗ljallangan ma‘lumotlar uzatish vositalari axborot
resurslari o‗zaro aloqalar bayonnomalari apparat - dasturli va tashkiliy - uslubiy
ta‘minotlar tizimli - tashkiliy to‗plamidan iborat. Masofali ta‘lim - o‗qituvchilarga
o‗rganilayotgan material asosiy hajmini yetkazib berishni o‗qitish jarayonida
o‗qituvchilar va talabalarning interfaol o‗zaro aloqalarini, talabalarga o‗rganilayotgan
materialni mustaqil o‗zlashtirish bo‗yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda
o‗qish jarayonida ularning olgan bilimi va ko‗nikma va malakalarini baholashni
ta‘minlovchi axborot texnologiyalari to‗plamidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari yordamida turli
shakldagi energetika ta‘limi bo‗yicha elektron resurslar yaratishning keng
imkoniyatlari mavjud. Bunda Power Point, Macromedia DreamWeaver, Microsoft
FrontPage, Microsoft Word, Adobe Photoshop, CorelDraw, Acrobat Reader,
Director, Macromedia Flash kabi dasturiy vositalarning imkoniyatlari katta
hisoblanadi. Masalan, S++ Builder dastur bunga misol bo‗ladi. Bu dasturdan
foydalanib talabalar uchun hisob ishlarini amalga oshirish, amaliy mashg‗ulotlar
uchun topshiriqlar berish, materiallarning parametrlari va singdiruvchanliklarini
hisoblash dasturi tayyorlandi.
Talabalar fanni mukammal o‗rganish uchun, elektr texnika materiallarining
klassifikatsiyalari xaqidagi tushunchalarni chuqur o‗zlashtirishlari, unda o‗rgangan
bilimlarini elektr texnikasida qo‗llay bilishlari zarur. Shuning uchun ularga bilim
berish jarayonida yangi ilg‗or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars
mashg‗ulotlarini olib borib zarur. Chunki, ushbu fan hozirda birinchi bosqich
talabalariga olib borilishi sababli, ularni fanga qiziqtira ola bilish, o‗zlashtirishlari
uchun qulay bo‗lish yo‗llarini qo‗llagan holda dars mashg‗ulotlarini olib borish
kerak.
Elektr texnik materiallar fanini o‗qitishda axborot texnologiyasidan
foydalanish mashg‗ulot samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. ―Elektr
texnik materiallar‖ faniga oid mavzular o‗quv mashg‗ulotidagi elektr texnik
Do'stlaringiz bilan baham: |