TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
146
istiqomat qilayotgan 10 milliondan ortiq vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan 170
dan ortiq madaniy markazlar bilan aloqalar yo‗lga qo‗yiladi.
Tarixchi olim, professor Shodmon Hayitovning ilmiy xulosalariga ko‗ra, o‗rta
osiyoliklarning muhojirlik tarixi 1917-yildan 1945-yilgacha bo‗lgan davrni qamrab
oladi. Oktabr inqilobidan so‗ng avval mulkiy, keyinroq esa mafkuraviy ziddiyatlar
sabab, millionlab O‗rta osiyoliklar vatanini tark etgan[8.].
Jumladan, Eronning shimoli-sharqida mahalliy forslar ―Turkman-Sahra‖ deb
nomlovchi kenglik bor. Bu yerdagi o‗ndan ortiq shahar va yuzlab qishloqlarda O‗rta
osiyolik turkiy xalqlar, jumladan, turkman, qozoq va juda oz sonli o‗zbek hamda
qoraqalpoqlar yashaydi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, Eron aholisining taxminan 25 foizini
turkiy xalqlar tashkil qiladi.
Ular orasida eng ko‗p sonlisi turkmanlar, ularning soni 2,5 million-dan 3
milliongacha. Uchinchi guruh avshar, xajar, qoraqalpoq, qozoq va o‗zbeklardan
iborat turkiy xalqlar yashaydi[9.].
Sovet hukumatining siyosati va mafkurasini qabul qilmagan o‗zbeklar
ikkinchi vatan sifatida avval Afg‗oniston, Xitoy (Sharqiy Turkiston) va Eron
davlatlarini tanlashgan. Biroq u yerlarda ham tinch hayotga erisha olmagani sabab,
ikkinchi marotaba muhojirlikka yuzlanib, Saudiya Arabis-toni, Turkiya, AQSH va
Yevropa davlatlariga tarqalib ketishgan. Tarixiy madaniy, shuningdek, jo‗g‗rofiy
yaqinlik tufayli 1925-1930-yillarda turkman, qozoq va o‗zbeklarning ko‗p sonli
jamoalari Afg‗oniston va Eronning chegara hududlariga borib joylashgan.
Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh uzoq Hatay viloyatining O‗vakent
qishlog‗ida ham 6 mingga yaqin o‗zbeklar istiqomad qiladi. Ammo, bu o‗zbeklarning
ajdodlari O‗zbekistonni kecha yoki bugun emas, XX asrning birinchi yarmida tark
etishgan. Ular, vatandan yiroqda musofirlikda dunyoga kelganlar, O‗zbekiston haqida
bobo va buvilaridan eshitishgan ammo, hech qachon ko‗rishmagan. Lekin, ular hali
hanuz O‗zbekistonni vatan deb bilishadi, ota makon to‗g‗risida faqatgina Turkiyadagi
―Osiyo‖ radiosi kabi va xorijiy radio eshittirishdan vatan haqida boxabar bo‗lishadi.
Vatandan tashqarida yashovchilar imkon qadar o‗z avlodiga milliy qadriyat,
urf-odat va an‘analarni o‗qtirish, saqlashga harakat qilishadi, chunki, o‗zbek tilini oila
kattalaridan eshitib o‗rganishadi. Qayerda yashasalar o‗sha hudud tilida savod
chiqarishadi, ular ―Alpomish‖, ―Go‗ro‗g‗li‖ va ―Kuntug‗mish‖ dostonini eshitgan
ammo gohida ―Asli va Karim‖ bilan yanglishtiradi. Yurt sog‗inchi armoni bilan vaqti
qazoda ham rihlat bilan yuzlashgan ajdodlarini tez-tez yodga olishadi. Shu bois
bo‗lsa kerak, ular ota maskani Yevropaning Parij, Rim va London kabi ko‗hna va
hammisha navqiron maskanlaridan ham ustivor qo‗yishadi. Shu kezda beixtiyor shoir
Muhammad Yusufning quyidagi o‗lmas va betakror satrlari dildan kechadi.
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Do'stlaringiz bilan baham: |