Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/238
Sana15.11.2022
Hajmi2,57 Mb.
#866079
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   238
Bog'liq
7909 1078 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
145 
madaniyatni izdan chiqaruvchi, ma‘naviyatini yemiruvchi har qanday yot ta‘sirlardan 
aholimizni himoya qilishimiz lozim. Dunyoda kechayotgan turli ko‗rinishdagi 
axborot tahdidiga qarshi yoshlarimizda sog‗lom immunitetni shakllantirish, ogohlikni 
bir daqiqa bo‗lsin qo‗ldan boy bermaslik, muhim zaruratga aylangan. Globallizm 
davrida madaniyat va manfaatlarning to‗qnashuvi natijasida millat, xalqlar o‗rtasida 
turli ixtilof va urushlar kelib chiqadi.
O‗zbeklar ikki dengiz (Qora va O‗rta yer dengizi) bo‗yida joylashgan 
podshohliklar sultonlarining doimiy e‘tiborida bo‗lishgan. Aslida aksariyat 
sultonlarning kelib chiqishi qipchoq (o‗zbek) diyoridan edi. Masalan, Misr sultoni 
Zohir Beybars o‗zbeklar bilan ittifoq tuzishga intilardi. 1261-1263-yillari Baraka Xon 
bilan o‗zaro bordi-keldi va sovg‗a-salom yuborishni yo‗lga qo‗ygan edi. 
Abbosiylar xalifaligi davrida asli buxorolik Ahmad ibn Tulun oilasi Misrda 
mustaqil davlat barpo etib, 868 -(254 hijriy) yili Tuluniya davlatiga asos soldi. Bu 
oila Misrda o‗ttiz sakkiz yil hukmronlik qildi. Bu yillar Misr tarixida yorqin iz 
qoldirgan davr hisoblanadi. Ibn Tulun o‗tkir siyosatchi, mohir rahbar, harbiy sohada 
ham bilag‗on mutaxassis edi. U boshqargan yillar Misrda tinchlik va osoyishtalik 
barqaror bo‗ldi, odamlar xotirjam va to‗q hayot kechirishdi. 
Usmoniylar davrida ham Misrda o‗zbeklar mavjud edi. Usmoniylar davridagi 
arxiv hujjatlaridan Qohiradagi O‗zbek takya (mahalla)si O‗rta Osiyodan kelgan 
barcha o‗zbeklarni yaxshi kutib olgani ma‘lum bo‗ladi. Usmoniylar davlati ularga 
Sultonlar 
vaqfi 
(maxsus 
hisobi)dan 
infoq-ehson 
qilgan, 
mahallalarini 
obodonlashtirish va tuzatishga alohida e‘tibor qaratgan, u yerda yashovchilarning 
oziq-ovqati va ilm olishlari uchun yetarli mablag‗ ajratgan, ularning ehtiyojiga ko‗ra 
kitoblar chop etishga ruxsat bergan. 
Qohiraning Darbul Ahmar mahallasidagi Mag‗ribiylar ko‗chasida joylashgan, 
bu jome‘ buzilib ketgan bo‗lsa-da, darvozalari saqlanib qolgan. Sayfiddin O‗zbek 
Yusufiy barpo etgan ―O‗zbek istirohat bog‗i‖ hozir ham qohiraliklarning sevimli 
maskanidir[6.]. 
Hozirgi paytda ham Qohirada bir qancha o‗zbek oilalari yashaydi. Shoshlik, 
buxorolik, farg‗onalik va tarozlik oilalar bor, ular yurtlari nomiga nisbat berilgan 
ismlarini hamon saqlab kelishyapti. 
Falastin markazi-Quddusi sharifning eski shahar qismida, Masjidul Aqsoning 
hovlisiga tutashib ketgan kichik bir hududda XVI asrdan beri o‗zbeklarga qarashli 
ekanligi aytiladigan bir dargoh bor. U yer hozir bir maqbara, kichik muzey, 
kutubxona va to‗rt kichik xonadan iborat tarixiy yodgorlik sifatida saqlanmoqda. Bu 
atrofda bir necha asrlardan beri oz sonli o‗zbek oilalar yashaydi, ular tarixiy vatanlari 
O‗zbekiston ekanini aytishadi. Mahalliy xalq orasida bu joy ―al-Zaviya al-
O‗zbekiyya‖ nomi bilan ma‘lum [7.]. 
Sobiq Ittifoq davrida taqdir taqazosi bilan vatandan yiroq bo‗lgan insonlarga 
nisbatan ayricha qarash shakllangan edi. Endilikda shu kabi eskicha qarash va xato 
fikrlashga barham berish maqsadida ―Vatandoshlar‖ jamoat fondi tashkil etildi. 
Mustaqillik bergan inson erki tufayli, dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida 



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish