TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
13
kadrlar tayyorlash bilan bog‗liq qator murakkab muammolarni hal etish zaruratini
keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan, jamiyatda ro‗y berayotgan tub o‗zgarishlar,
insonning o‗zi mustaqil amalga oshirish, o‗z imkoniyat, qobiliyat va salohiyatlarini
amalga oshirish va o‗zini mustaqil rivojlantirishi uchun makon sifatida bo‗sh vaqtning
ijtimoiy roli va ahamiyati tufayli yoshlarning ijtimoiy tarbiyasining tubdan yangi
shakllari, metodlari va vositalarini belgilashning muqarrarligi juda aniq shakllarda
ko‗rinib turibdi.
So‗nggi yillarda oliy o‗quv yurtlarida jamiyat taraqqiyotining yangi shart-
sharoitlariga
javob
beradigan
talabalarni
tarbiyalash
konsepsiyasi
ishlab
chiqarilmoqda va amalga oshirilmoqda. Tarbiyani insonparvarlashtirish tamoyilini
nafaqat o‗quv kurslari mazmunini shakllantirish, balki talabalarga individual kasbiy
maqsadlarga erishish imkoniyatlarini ta‘minlash orqali amalga oshirish imkonini
berish bilan ularning ehtiyojlariga yo‗naltirish imkonini ham beradi. Oliy ta‘limning
yangilangan mazmuni va shakllarining mazmuni va maqsadi talabaning kasbiy ta‘limi
kasbga tayyorlashning jarayoniga ham, o‗z kasbiy shakllanish jarayoniga ham ongli
munosabatini shakllantirishdan iborat bo‗lib, u nafaqat o‗qitishni, balki yangi ijtimoiy
texnologiyalarni o‗zlashtirishni, ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatda ishtirok etish
tajribasini orttirishni ham o‗z ichiga oladi.
Oliy ta‘lim muassasalari nafaqat talabalarni tayyorlashga (ta‘lim berishga),
balki ularning shaxsiy pozitsiyasini, hayotiy ideallar tizimini, jamoatchilik bilan
munosabatlarda o‗z imkoniyat, qobiliyat va salohiyatlarini amalga oshirish usullari va
shakllarini shakllantirishga qaratilgan. So‗nggi yillarda oliy ta‘lim muassasalarida
talabalarga tarbiya berishning turli konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda. Ular ta‘limni
insonparvarlashtirish tamoyilini nafaqat individual kasbiy maqsadlarga erishish, balki
ularni ijtimoiy shakllanish imkoniyatlarini ta‘minlash bilan talabalarning ehtiyojlariga
e‘tibor qaratish imkonini beradi. Shu asnoda, talabalar shaxsini o‗zini anglash va
o‗zini mustaqil rivojlantirishga yo‗naltirilgan ijtimoiy tarbiyaning tubdan yangi shakl,
metod va vositalarini belgilab olish muqarrarligi ancha yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Olim V.I. Juravlevning fikriga ko‗ra, ijtimoiy tarbiya vositasini ―avvaldan
atayin tarbiyaviy jarayonga kiritilgan muhit predmeti yoki hayot vaziyati‖ deb
ta‘riflash mumkin. Moddiy yoki ma‘naviy madaniyatning har qanday obyekti quyidagi
shart-sharoitlarda tarbiya vositasi funksiyasini vazifasini bajarishi mumkin.
Birinchidan, u tarbiyalanuvchi shaxsining ichki dunyosining rivojlanishi uchun zarur
bo‗lgan axborot, ma‘lumot bilan aloqador; ikkinchidan, u (ma‘lumot) obrazli,
ko‗rgazmali-natija beruvchi (ta‘sir ko‗rsatuvchi) yoki belgi-ramz shaklida o‗zlashtirish
predmeti sifatida ajratib olingan; uchinchidan, o‗zining ma‘lumoti bilan birga, obyekt
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti va birgalikdagi faoliyatiga kiritilgan
(P.I. Pidkasistiy). Tarbiya vositalari oliy ta‘lim muassasasi talabalari hayotiga yangi,
hali o‗zlashtirilmagan madaniy qadriyatlar sifatida kiradi. Ular ilgari to‗plangan
Do'stlaringiz bilan baham: |