TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 79
Biroq sovet hokimiyati yer-suv islohotini boshlashi bilanoq bu jarayon
boshqacha tus oldi. Birinchidan, ilgari turli xalqlar, elatlar va urug‗lar o‗rtasida
mavjud bo‗lgan kurash endi ularning birlashuvi asosida bolsheviklar hokimiyatiga
qarshi qaratildi. Ikkinchidan esa, turli ijtimoiy guruhlar (boylar va kambag‗allar)
o‗rtasida ziddiyatni keltirib chiqardi. Shunday qilib, jamiyatdagi turli ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy omillar natijasida sovet hokimiyatiga qarshi norozilik yuzaga
keldi va qo‗zg‗olonga aylandi. Bu kurash keng ko‗lamda, namoyish, qo‗zg‗olon va
qurolli harakat shaklida namoyon bo‗ladi. Noroziliklarni qurolli harakat shaklida tus
olishi bolsheviklarning barcha harbiy kuchlarini va jazo organlarining faoliyatini
kuchaytirishga majbur qildi. Asosan harbiy kuch va kuchaytirilgan jazo mexanizmi
orqali aholining noroziliklari bostirib borildi.
Yer-suv islohoti yillarida sovet hokimiyatiga qarshi norozilik harakatlarini
kuchayishida ma‘lum darajada O‗rta Osiyo rayonlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning
og‗irligi ham ta‘sir ko‗rsatdi. Masalan, 1925-1926-yillarda O‗zbekiston SSRning
Surxondaryo, Qashqadaryo vohasi va Tojikiston ASSRda( Tojikiston ASSR – 1929-
yil oktabrga qadar O‗zbekiston SSR tarkibida bo‗lgan) qurg‗oqchilik va hosilsizlik
natijasida aholi orasida ochlik va non tanqisligi kuchaydi[2]. Ushbu hududlarda
aynan shu yillarda sovet hokimiyatiga qarshi kurash kuchli davom etayotgan edi.
Turkiston fronti qo‗mondon Avksentevskiy 1926-yil 16-fevraldagi harbiy-siyosiy
kengashda vaziyatning murakkablashib borishida joylardagi ochlik muammosi katta
ta‘sir ko‗rsatayotganligi hamda ayni paytda Surxondaryo va Tojikiston ASSRning
barcha rayonlarida ochlik kengayib borayotganligi, oxirgi paytda esa 300 kishining
ochlikdan o‗lganligini qayd etadi[3]
.
Chunki sovet hokimiyatiga qarshi kurashning eng kuchaygan davrda iqtisodiy
va ijtimoiy ahvol tahlil qilinsa, o‗sha joyda vaziyatning juda keskin holatda ekanligi
kuzatiladi. Ya‘ni, aholini og‗ir turmush tarzi ularning bolsheviklar targ‗ib qilgan
yangi jamiyatga ishonishi va ko‗nikishi qiyin kechdi. Chunki mahalliy aholi kutgan
ijobiy o‗zgarishlar amalga oshish o‗rniga vaziyat yanada keskinlasha bordi. Buning
natijasida esa kurash ko‗lami yanada kengaya bordi. Sovet harbiylari aholining og‗ir
ahvolini yaxshilamasdan, ularga hukumatning iqtisodiy ko‗magini kengaytirmasdan
qurolli harakatni bostira olishmasligini yaxshi anglagan. Hamda bu masalada ular
o‗zlarining bir necha yig‗ilishlarida aholiga iqtisodiy yordam berish taklifini ilgari
surgan. Faqatgina harbiy bosim va kuchaytirilgan jazo choralari orqali sovet
hokimiyatiga qarshi kurashni butunlay barham berib bo‗lmasdi. Turkiston fronti
qo‗mondoni Avksentevskiy 1926-yil 16-fevralda qizil armiyaning faoliyatini tahlil
qilib Tojikiston ASSRda qariyb 6-7 yil mobaynida arzirli natijaga erisha
olmaganligini ta‘kidlagan edi[4].
Shunday muammolar mavjud bo‗lgan bir paytda sovet hokimiyati tomonidan
1926-yilda yer-suv islohotining boshlanishi qurolli harakat ko‗lamining yanada