TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 179
takomillashga qaratilgan har xil mashqlarni keng qo‗llash zarur, bir xil xarakatlar
qilishdan qochish va yurak-tomir sistemasiga yomon ta‘sir ko‗rsatadigan og‗ir
ishlarni qilmaslik zarur. (3.4)
O‗sib kelayotgan yosh avlod jismoniy tarbiyasida muhim muammalardan biri,
bolalar harakat faoliyatini jadal rivojlantirishga yordam beruvchi samarali vosita va
uslublar izlab topish hisoblanadi. Shunga ko‗ra jismoniy mashqlar darsi asosan
gimnastika zallarida va kamroq ochiq havoda o‗tkaziladi.So‗ngi yillarda bu darslarni
va boshqa jismoniy mashqlarni yilning barcha fasllarda o‗tkazish qo‗llanilmoqda.
Ochiq havoda mashq qilish, yuqorida qayd qilingandek xonada o‗tkazilgan
mashqqa nisbatan ko‗proq o‗quvchilar sog‗lig‗ini mustahkamlaydi. (3,5,6)
Kuzatishlar natijasida yil bo‗yi ochiq havoda jismoniy tarbiya mashqlarini
o‗tkazganda o‗quvchilar umumiy sog‗lig‗ining yaxshilanishi, shamollash va yuqumli
kassaliklar bilan kamroq og‗rish har tamonlama yaxshiroq jismoniy tayyorlanishni
ko‗rsatadi.
Tadqiqodning maqsadi: Maktab o‗quvchilarning jismoniy tarbiya darslarida
gigiyenik omillarning samaradorligini aniqlash va ilmiy asoslash.
Maktab o‗quvchilari mashg‗ulot jarayonida gigiyena qoidalarini amalga
oshirishda umumiy shaxsiy me‘yorlarni optimal tarzda me‘yorlash va ularning
organizm xususiyatlaridan kelib chiqib o‗quv mashg‗ulot jarayonini olib borish,
ularning sport ko‗rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
Pedogogik tajribani tashkil etish-Tajriba o‗tkazish maqsadida Toshkent shahri
Uchtepa tumanidagi 283-sonli umumiy ta‘lim maktabi tanlab olindi. Maktab
o‗quvchilarining jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarida gigiyenik omillarning
samararasini aniqlash uchun (60 nafar 9-10 yoshli maktab o‗quvchilari ) pedogogik
tajriba o‗tkazildi.
Nazorat guruhidagi mashg‗ulotlar jismoniy tarbiya o‗qtuvchisi bilan
an‘anaviy jismoniy tarbiya dasturi bo‗yicha o‗tkazildi. Tajriba guruhida o‗quvchilar
esa darsni ochiq havoda o‗tkazishdi.
Ishlab chiqilgan usuliyat asosan o‗quv mashg‗ulot protsessini tuzishda asosiy
gigiyenik prinsiplar ya‘ni ochiq havoda.
1.
Mashg‗ulot darslarini muntazam olib borish va jismoniy mashqlarni
qayta-qayta bajarish.
2.
Jismoniy yuklamani to‗xtovsiz oshirib borish.
3.
Dam olish va ishlashni almashtirib olib boorish.
4.
Har tamonlama tayyorgarlik.
Mazkur usuliyatni qo‗llash davomiyligi haftasiga 2 darsdan 8 hafta davom
etadi. Tajriba boshlangunga qadar o‗quvchilar tekshiruvdan o‗tkaziladi va baholash