Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni 
rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimida xalqaro 
baholash dasturlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda vazirlik 
o‘quvchilarning o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) bo‘yicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini 
tizimga joriy etish bo‘yicha АQShning USAID tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda
1
.
EGRA – Early Grade Reading Assessment – o‘quvchilarning o‘qish bo‘yicha savodxonligini erta 
aniqlash; EGMA – Early Grade Mathematics Assessment – o‘quvchilarning matematika bo‘yicha 
savodxonligini erta aniqlash. 
Taʼlimning sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borayotgan 
tadqiqotchilar ham tadqiqot ishlarini amalga oshirishda o‘quvchilarda xalqaro dasturlar talablariga 
muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga eʼtibor qaratishi lozimdir. 
Аvvalo, xalqaro baholash natijalarini o‘rganish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish, 
baholash natijalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlar taʼlim tizimidagi tajribalarni 
o‘rganish va bu ilg‘or tajribalarni o‘zimizning taʼlim tizimimizga tatbiq qilish kerak bo‘ladi.
2019-yilning 3-dekabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan 
PISA-2018 natijalari rasman eʼlon qilindi. 2010-yildan buyon har 3 yilda o‘tkazib kelinayotgan, jami 
10 million nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan ushbu tadqiqotlarda 15 yoshli o‘quvchilarning 
o‘qish, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha savodxonligiga baho berildi. PISA 
tadqiqotlarida o‘quvchi dasturni o‘zlashtirganligini emas, balki bilim va ko‘nikmalarni hayotda qay 
darajada qo‘llay olishini baholaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining taʼlim va 
ko‘nikmalar direksiyasi direktori, PISA dasturining asoschisi Аndreas Shlyaxerning taʼkidlashicha, 
tadqiqotda qatnashgan dunyo o‘quvchilarining aksariyati o‘qish savodxonligi bo‘yicha test 
savollariga javob berishga qiynalgan. Shunga qaramay, tahlillar xitoylik o‘quvchilarning o‘qish 
savodxonligi bo‘yicha natijalari dunyo bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqoriroq ekanligini namoyon 
qilmoqda. O‘quvchilarning har o‘ntadan bir nafarigina topshiriqlar mazmunidagi dalillar bilan 
fikrlarni farqlay olish ko‘nikmalariga ega ekanligi maʼlum boʼlgan
2
. Shuningdek, davlatlarning mazkur 
reytingda yuqori natijalarga erishishi hamda taʼlim sifat ko‘rsatkichlari ortishida kam imkoniyatga 
ega bo‘lgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash alohida o‘rin tutishi maʼlum qilindi. Shunday 
ekan, davlat tomonidan kam imkoniyatga ega bo‘lgan qobiliyatli o‘quvchilar uchun alohida sinflar 
tashkil qilish, ularning salohiyatlarini oshirish uchun tajribali o‘qituvchilarni tayinlagan holda 
mashg‘ulotlar olib borish lozimligi taklif etildi. PISAda doimiy ravishda qatnashib borish orqali 
ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining taʼlim tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatish va tahlil qilib borish 
imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Misol uchun, tadqiqotlarda uzluksiz ravishda ishtirok etib, 
Portugaliya, Аlbaniya, Qatar, Moldaviya, Peru mamlakatlari 2003-yildan 2018-yilgacha barqaror 
o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi. Xalqaro baholash natijalari bo‘yicha olib borilgan tahlillar va tadqiqotlar 
o‘quvchi-yoshlar savodxonligining shakllanishiga taʼsir etuvchi omillardan biri maktab-oila 
hamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda PISA dasturida ishtirok etayotgan Qozog‘iston Respublikasining 
Fan va taʼlim vazirligi qoshidagi «Informatsion-analitik markaz» АJ tomonidan amalga oshirilgan 
“O‘quvchilarning funksional savodxonligining shakllanishida ota-onalarning taʼsirini baholash” nomli 
loyiha orqali xalqaro dasturda ishtirok etgan o‘quvchilarning natijalari boshqa davlatlardan ishtirok 
etgan o‘quvchilarning natijalari asosida qiyosiy tahlil qilinib, atroflicha o‘rganilgan. Olib borilgan 
tadqiqotlar natijasida o‘quvchilarning funksional savodxonligining shakllanishiga taʼsir etuvchi 
omillar sifatida quyidagilar belgilangan: 
1
С.А.Нургалиева, Г.С.Майлыбаева. Международный опыт в оценке качества образования по организации мониторинга 
резултатов обучения обучающихся // Журнал «Вестник КазНПУ».-Алматы, 2018. https://articlekz.com/article/19333. 
2
Оценка влияния родителей на формирование функционалной грамотности школников / Министерство образования и науки 
Республики Казахстан АО «Информационно-аналитический центр».- Астана – 2015. 


38 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish