Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
moyil bezorilar bilan aralashtirib yuboradi, mulohaza yuritishda anglashilmovchiliklarni keltirib 
chiqaradi”
1

Yaxlit idrok qilishda shaxsning о‘zak tuzilmalariga, ularning xulq-atvor va faoliyatda namoyon 
bо‘lishiga e’tibor qaratiladi. Qarshimizda 5-6 yoshli notanish qiz. Uni bir necha soat kuzatamiz. 
Mohir pedagog bola haqida dastlabki taassurot olishi uchun shuning о‘zi yetarli, ma’lumki, bu ancha 
tо‘g‘ri bо‘lib ham chiqadi. Biz hozircha ushbu qizning irodasi, zehni va idroki haqida batafsil 
bilmaymiz, lekin asosiy narsalarni – uning tashqi kо‘rinishi qandayligini kо‘ramiz: qayoqqa qarayapti, 
sodir bо‘layotgan voqealarni qanday qabul qilyapti, nimalar deyapti, qanday turibdi. Birinchi 
taassurot garchi ongosti darajasida sodir bо‘lsa-da, bu unchalik ham kam sanalmaydi. Kо‘rinib 
turgan narsalarni yashirin narsalar tо‘ldiradi. Agar talab etilsa, izchil pedagogik tadqiq qilish orqali 
ushbu yashirin narsalar aniqlanadi. 
Qadimda bolani о‘rganishning bunday metodlari qо‘llanilmagan. О‘qituvchilar о‘zining asosiy 
quroli – pedagogik tuyg‘usi va ichki hissiyotini takomillashtirishga majbur sanalardi. Natijalarga 
qarab mulohaza yuritadigan bо‘lsak, xatolar bugungidan ancha kam bо‘lgan. Xorijiy mutaxassislar 
ham bolada qurollanmagan kо‘z bilan aniqlash mumkin bо‘lmagan muammolar paydo 
bо‘lgandagina batafsil tadqiqotlarga murojaat qiladilar. Bu bolalarni о‘rganmaslik kerakligini 
anglatmaydi. О‘rganish kerak, lekin ularga oid ikkinchi darajali tavsiflarni emas, balki shaxsining 
о‘zak tuzilmalarini о‘rganish maqsadga muvofiq. 
Qiz bilan yaqinroq tanishgach, bizning dastlabki taassurotlarimiz tо‘g‘ri bо‘lganini kо‘ramiz. 
Ularni maktab ta’limiga tayyorlik, mustaqillik darajasi, axloqiy jihatlarning rivojlanish darajasi kabi 
bizni boshqalardan kо‘proq qiziqtiradigan alohida xislatlarni kuzatish bilan tо‘ldirish qolmoqda. 
Biroq о‘quvchilarni umumlashma idrok qilish metodikasi hali-hanuz ishlab chiqish jarayonida 
hisoblanadi. Intuitiv yо‘l bilan olinadigan bola haqida bilim ishonchliligi о‘qituvchining tayyorgarlik 
darajasi va tarbiyalanuvchining “ochiqligi”ga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri bog‘liq bо‘ladi. Ba’zan shunday hollar 
kuzatiladiki, hatto taniqli mutaxassislar ham boshqa tarbiyalanuvchilar uchun “yopiq” narsani tо‘g‘ri 
tushuna olishmaydi. Bu bolaning ichki holati tashqi alomatlarga mutanosib bо‘lmaganda yuzaga 
keladi yoki aytishganidek, ichki dunyo va uni ifodalash usuli о‘zaro muvofiqlashmagan bо‘ladi. Kichik 
yoshdagi maktab о‘quvchilari bilan uzoq vaqtdan beri ishlaydigan tarbiyachilarda esa, ularning 
nuqtayi nazariga kо‘ra, keng tarqalgan kichik yoshdagi maktab о‘quvchilarining toifalari uchun xos 
asosiy xususiyatlarni aks ettiradigan idrok va baholashning barqaror etalonlari shakllanadi. Albatta, 
bu bolalarni tushunish jarayonini yengillashtiradi, lekin о‘xshash qatordan “tushib qolgan” 
о‘quvchilarni tushunish uchun о‘tib bо‘lmas tо‘siq hisoblanadi. Bugun bunday о‘quvchilar soni 
oshgan, shuning uchun tarbiyachilar о‘zining о‘lchov-etaloniga ayrim hollardagina murojaat qilgani 
maqsadga muvofiq. Eng yaxshisi, ular dinamik, о‘zgaruvchan va moslashuvchan bо‘lgani ma’qul. 
Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, о‘qituvchi 2–3 nafar о‘quvchini chuqur tushunishi, 10–
12tasining xulq-atvorini ozmi-kо‘pmi darajada muvaffaqiyatli bilishi mumkin; qolganlariga nisbatan 
esa qabul qilish, baholash va pedagogik qarorlar stereotiplariga amal qiladi. Agar boshlang‘ich sinfda 
bolalar soni kо‘proq bо‘lsa, unda nima qilish kerak? “Ijtimoiy intellekt” – о‘quvchilar holatini 
tushunish qobiliyatini rivojlantirish, ularning xulq-atvori rivojlanishini oldindan kо‘ra olish lozim. 
Agar oldindan chamalash amaliy natija bilan ustma-ust tushgan bо‘lsa, pedagog bolani tо‘g‘ri 
baholagan deb aytish mumkin. Agar unday bо‘lmasa – bunga izoh qidirish, uni sinchkov kuzatish, 
bolaning ichki dunyosini tashxislash metodlarini о‘zlashtirish talab etiladi. 
His-tuyg‘ular, aniqrog‘i, ularning tashqi ifodasi bola haqida kо‘p narsani aytib berishi mumkin. 
Tarbiyachi bolani tо‘g‘ri о‘qishni о‘rganib olishi yetarli va u bola holatini bexato bilib olganiga qariyb 
ishonch hosil qilishi mumkin. Hissiy holatlarning tashqi ifodasi – ekspressiv. Imo-ishora va о‘zini 
1
Qarang: 
Корчак Я. Как любить детей. М., 1968. 93-бет. 




Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish