Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
o‘zlashtirish ham juda kam uchraydigan hodisa. Ammo, so‘zlarning etimologiyasiga nazar tashlansa, 
ularning turli yo‘llar bilan o‘zgarishga uchraganligini ko‘rish mumkin.
Etimologiya yunoncha “etymologia”: “etymon” – “haqiqat”, “so‘zning haqiqiy ma’nosi”, 
“logos” – “tushuncha”, “ta’limot” so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z va morfemalarning kelib chiqishi va 
tarixini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi hisoblanadi.
1
Etimologiya so‘zning tarixan qanday ma’no 
anglatganligi va hozirgi vaqtda qanday ma’no anglatishini, so‘z ma’nosida qanday o‘zgarish yuz 
berganligini aniqlaydi. Shuningdek, etimologiya so‘z tarkibini diaxron va sinxron davrlarda o‘rganadi: 
so‘z ilgari qanday qismlarga ajratilgan va hozir qanday qismlarga ajratilishi; so‘zning qaysi qismi endi 
ajratilmaydigan darajaga kelib qolganligi; tarkibli so‘zning tub so‘zga aylanish omillariga 
etimologiyaning asosiy o‘rganish muammolari sifatida qaraladi.
Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilida morfemalarning etimologiyasi va hozirgacha morfologik 
jihatdan qanday o‘zgarishlarga uchragani chuqur o‘rganilmagan. Bu masalani o‘rganish katta ilmiy 
qiymatga ega. Chunki, o‘zbek tilidagi so‘z asosi bilan so‘z formasini aniq chegaralashda ko‘pgina 
noqulayliklar mavjud.
So‘z tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni semantik-fonetik hodisa deb asoslash 
turkiyshunoslikda, xususan, oltoy tilshunosligida O.P.Sunik, A.N.Kononov, A.G‘.G‘ulomov, 
E.V.Sevortiyan, V.A.Avronin, T.A.Bertagayev, G.F.Blagova va I.V.Kormushin kabi olimlarning ishlarida 
uchraydi. O‘zbek tili morfemikasining diaxron va sinxron o‘zgarishlari haqida A.G‘ulomov, 
A.Berdialiyev, Y.Tojiyev, A.Nurmonov, Sh.Mirzaqulov, T.Mirzaqulov, A.O‘rolov va Sh.Rahmatullayev 
kabi olimlarning qarashlari mavjud. O‘zbek tilida so‘z tarkibining sinxron va diaxron o‘zgarishi 
bo‘yicha, ayniqsa, A.Hojiyevning xizmatlari beqiyosdir.
2
Til ichki o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
bu jarayon tilshunoslik tarixida V.V.Radlov tomonidan giperaglyutinatsiya, N.V.Krushevskiy 
tomonidan morfologik absorbatsiya hamda pereintegratsiya, V.A.Bogorodskiy tomonidan 
soddalanish hamda morfologik qayta bo‘linish, E.Sepir va A.N.Kononov tomonidan fuziya atamalari 
bilan nomlanib keladi. Bular orasidan soddalanish hodisasida morfemalarning yangi birlik tarkibiga 
zich birikib ketishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri qismlarga ajralishning mumkin emasligi, morfemalar orasidagi 
chegara signallarining yo‘qolishi kabi holatlar kuzatiladi.
3
Soddalanish qismlarga ajraladigan 
so‘zlarning davrlar o‘tishi bilan qismlarga ajralmaydigan so‘zga aylanishidir.
4
V.V.Radlovning fikricha, “So‘z uzaygan sari qisqarishga intiladi”.
5
U 1906-yilda nemis tilida 
e’lon qilingan “Turkiy tillar morfologiyasiga kirish” nomli maqolasida so‘z tarkibida morfemalararo 
yuz beruvchi jarayonlarni giperaglyutinatsiya deb nomlaydi. Bu jarayonda morfemalararo 
tutashtiruvchi unlining paydo bo‘lishi, ikki o‘zaro duch kelgan unlining qisqa yoki cho‘ziq unliga 
aylanishi, bir unlining tushib qolishi, talaffuz noqulayligini yo‘qotish maqsadida bir undoshning 
orttirilishi, o‘zak yoki qo‘shimcha tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangliga aylantirish, o‘zak oxirining 
affiksal morfemadagi tovush bilan assimilyatsiyasi kabi qator hodisalar yuz beradi. 
Оdаtdа, so‘zlаrni mоrfеmаlаrgа аjrаtishdа, аsоsаn, uning аdаbiy tildа аnglаtgаn mа’nоlаri vа 
grаmmаtik хususiyatlаri hisоbgа оlinаdi. Bа’zi so‘zlаr tarixan yasalmalik xususiyatini yo‘qotib, bоrа-
bоrа turli sаbаblаr nаtijаsidа morfemalarga аjrаlmаydigan tub so‘zgа аylаngаn.
Professor A.G‘ulomov o‘zbek tili va turkiy tillar misolida tilning morfemik sathlarida 
uchraydigan nomutanosiblikni diaxron va sinxron nuqtayi nazardan tadqiq etgan olimlardan 
hisoblanadi. Morfem analizda tarixiylik va hozirgi holat masalasini aniq chegaralay bilish kerak. Gap 
shundaki, vaqt o‘tishi bilan u turli xil o‘zgarishlarga uchrashi, ikki morfemadan tashkil topgan so‘z 
1
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. –Toshkent: 2002. –B. 136. 
2
O‘rolov A. O‘zbek tili morfem qurilishida struktura assimmetriya masalalari. magistr darajasini oshirish uchun tayyorlangan dissertatsiya. 
–Guliston: 2009. –B. 19. 
3
Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. –Toshkent, Fan nashriyoti, 2010. –B. 43. 
4
Ғуломов A. ва бошқалар. Ўзбек тили морфем луғати. –Toshkent: 1977. –B. 9. 
5
O‘rolov A. O‘zbek tili morfemikasining tarixiy jarayonlarini o‘rganishda lingvistik kompetentlik. // Xalq ta’limi.


204 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish