TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
-
oʻrta daraja: mustaqil fikr yuritadigan, oʻzlashtirgan bilimlarini amalda qoʻllay oladigan, oʻquv
fanlararo aloqadorlik mohiyatini anglagan va u haqida gapirib bera oladigan oʻquvchilarga qoʻyildi.
-
quyi daraja: oʻquv fanlararo aloqadorlik mohiyatini tushungan, oʻtilgan yangi mavzu haqida
tasavvurga ega boʻlgan, biroq mazmunan oʻxshash fanlar bilan bogʻlay olmaydigan oʻquvchilar
baholandi.
1-jadval
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlararo aloqadorlikni anglash darajalari
№
Sinflar
Yuqori daraja
O‘rta daraja
Quyi daraja
Tajriba
sinfi
Nazorat
sinfi
Tajriba
sinfi
Nazorat
sinfi
Tajriba
sinfi
Nazorat
sinfi
1
2-sinf o‘quvchilari
8
9
23
25
24
24
% hisobida
15%
16%
42%
43%
43%
41%
2
3-sinf o‘quvchilari
10
9
25
24
22
23
% hisobida
18%
16%
44%
43%
39%
41%
3
4-sinf o‘quvchilari
9
10
22
21
27
30
% hisobida
16%
16%
38%
34%
46%
50%
Oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish samaradorligini aniqlash maqsadida, tajriba va nazorat
sinflarida test sinovlari oʻtkazildi. Ushbu test sinovlarida 2-sinfdan jami 113 nafar (tajriba sinfida –
55, nazorat sinfida – 58 nafar), 3-sinfdan jami 113 nafar (tajriba sinfida – 57, nazorat sinfida – 56
nafar), 4-sinfdan 119 nafar (tajriba sinfida – 58, nazorat sinfida – 61 nafar), jami 345 nafar
boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar. Pedagogik tajriba-sinovni boshlash davrida
oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish samaradorligidagi miqdor hamda sifat oʻzgarishlari aniqlandi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mustaqil fikrlash koʻnikmasini rivojlantirishda oʻquv fanlararo
aloqadorlik mexanizmidan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Matematikani oʻrganish
jarayonida hosil qilingan tasavvur va bilimlarni umumlashtirgan holda oʻquvchilarda ijtimoiy-
gumanitar turkumdagi oʻquv fanlararo aloqadorlik asosida muayyan koʻnikma va malakalar
shakllantirildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Kuzatishlarimiz shuni koʻrsatdiki, oʻquv fanlararo aloqadorlik hodisasi murakkab va serqirra
didaktik jarayondir. Fanlararo aloqadorlikning falsafiy asosi, fanlar va ilmiy tushunchalarning oʻzaro
bogʻlangan holda rivojlanishi taniqli olimlar tomonidan ochib berilgan. Ular oʻquv fanlararo
aloqadorlik qonuniyatlari metodologik-didaktik tamoyillar ichida yetakchi didaktik hodisa ekanligini
taʼkidlab oʻtganlar. 2. Fanlararo aloqadorlik – taʼlim jarayoni va uning barcha oʻqitilish shaklida
didaktik shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi didaktik hodisadir. 3. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni
taʼminlashda mazmunan bir-biriga yaqin oʻquv predmetlarining materiallari nihoyatda talabchanlik
bilan muvofiqlashtirildi; 4. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan
faoliyatning samaradorligi, asosan, oʻquv predmetlari oʻqituvchilarining ijodiy izlanishlari va
faoliyatlarining mazmundorligiga ham bogʻliqdir.
Boshlangʻich sinflarda oʻquv fanlarini oʻzaro aloqadorlikda oʻqitish asosida quyidagi
natijalarga erishish mumkin:
- boshlangʻich taʼlim oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari optimallashtiriladi;
- boshlangʻich sinflarda bir qancha fanlar qisqarishi natijasida kichik maktab yoshidanoq chet
tillarini oʻrgatish yoki jismoniy rivojlantirish uchun imkoniyat tugʻiladi;
- kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlash, abstrakt tafakkur
yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi;
179
Do'stlaringiz bilan baham: |