TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
davomida kuzatish, anketa soʻrovlari, suhbat, pedagogik eksperiment kabi ilmiy-tadqiqot
metodlaridan foydalandik. Anketa soʻrovlarida jami 22 nafar boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirok
etdilar. Ularga quyidagi anketa savollarini tarqatdik:
1. Integratsiya tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi? 2. Taʼlim jarayonini integratsiyalashga
munosabatingiz qanday? 3. Sizningcha, quyidagi fanlardan qaysilarini oʻzaro bogʻlab oʻqitish
mumkin? 4. Boshlangʻich sinfda qaysi sinfdan boshlab integratsiyalashgan darslarni tashkil etish
mumkin? 5. Integratsiyalashgan darslarning yutuqlari nimadan iborat? 6. Boshlangʻich sinflarda
integratsiyalashgan darslar samaradorligini oshirish uchun nima qilish kerak deb oʻylaysiz?
Soʻrov natijalari tahlili koʻrsatishicha, boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan 14 nafari (63,6 %)
integratsiya tushunchasining asl mohiyati haqida maʼlumotga egalar. 6 nafar (27,2 %) oʻqituvchi
umumiy holda fikr bildirdilar, qolgan 2 nafar (9 %) oʻqituvchi esa hech qanday maʼlumotga ega
emasliklarini taʼkidladilar.
Oʻqituvchilar bilan suhbat jarayonida taʼlim jarayonini integratsiyalash haqida qisqagina
tushuntirish ishlarini olib bordik va umumiy maʼlumotlar berdik. Shundan soʻng boshlangʻich
sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga oʻqituvchilarning munosabatlarini bilishga
qiziqdik. Anketa soʻrovlarida ishtirok etgan 22 nafar oʻqituvchidan 20 nafari (91 %) boshlangʻich
taʼlim jarayonida darslarni bir-biriga bogʻlab oʻqitish taʼlim samaradorligini oshirishga va oʻquvchilar
dunyoqarashini rivojlantirishga yordam berishini taʼkidlab, uni amaliyotda keng qoʻllash tarafdori
ekanliklarini aytib oʻtdilar. Faqat 2 nafar (9 %) oʻqituvchini integratsiyalashgan taʼlimni qoʻllash
borasida muammolar va metodik imkoniyatlar kam ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Fanlararo
aloqadorlik borasida koʻpchilik oʻqituvchilar (12 nafar-54,5 %) oʻqish va ona tili darslarini, (5 nafar –
22,7 %) oʻqituvchilar tabiiy fanlar va oʻqish darslarini integratsiyalashgan holda tashkil etish
mumkinligini koʻrsatib oʻtdilar. Soʻrovda ishtirok etgan oʻqituvchilarning barchasi boshlangʻich
sinflardan boshlaboq integratsiyalashgan darslarni tashkil etish tarafdori ekanliklarini aytib oʻtdilar
va bunday darslar oʻquvchilar tafakkurini oʻstirishga yordam berishini (8 nafar, 36,4 %), taʼlim
samaradorligini oshirishga xizmat qilishini (4 nafar, 18 %), tabiat va jamiyat oʻrtasidagi aloqadorlikni
toʻgʻri anglashga (3 nafar, 13,6 %), har bir fan ichidagi vertikal aloqadorlikni yoʻlga qoʻyishga xizmat
qilishini (6 nafar, 27,2 %) taʼkidladilar. Soʻrovda ishtirok etgan oʻqituvchilar integratsion taʼlimni
yoʻlga qoʻyish uchun oʻqituvchilarni metodik jihatdan tayyorlash (10 nafar, 45 %), metodik
qoʻllanmalar nashr ettirish (17 nafar, 77,3 %) va bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish lozimligi
haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar. Pedagogik faoliyat tajribasiga bogʻliq holda oʻqituvchining
oʻquv fanlararo aloqadorlik vazifalarini tushunishi ham oʻzgaradi. Soʻrovnoma natijalari asosida shu
narsa maʼlum boʻldiki, 15-20 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar taʼlim jarayonida oʻquv
fanlararo aloqadorlikni taʼminlashga harakat qilishlarini namoyon qildilar. Shu bilan bir qatorda
oʻquv fanlararo aloqadorlikdan foydalanishda oʻqituvchilarning psixologik va nazariy
tayyorgarliklarini kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Izlanishlarimiz asosida boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining fanlararo aloqadorlikni anglash mezonlarini quyidagicha belgiladik:
-
ijodiy fikrlaydi; mustaqil mushohada yurita oladi; oʻquv fanlararo aloqadorlik mohiyatini
puxta oʻzlashtirgan; muayyan mavzu haqida fikr yurita oladi va tasavvur qilish koʻnikmasini
egallagan.
-
Tajriba-sinov ishlari uchun tanlab olingan guruhlarda oʻquvchilarning dunyoqarashlari
kengligi va fanlararo aloqadorlikni anglash darajalarini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat
oʻtkazdik. Suhbat davomida ularning javoblarini quyidagicha baholadik:
-
yuqori daraja: ijodiy fikrlovchi, mustaqil mushohada yurituvchi, oʻquv fanlararo aloqadorlik
mohiyatini puxta oʻzlashtirgan, muayyan mavzu haqida fikr yuritish, uni tasavvur qilish koʻnikmasini
egallagan oʻquvchilar baholandi.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |