TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
Bu, bir tomondan, davlatimiz zimmasiga ulkan maʼsuliyat yuklasa, ikkinchi tomondan, yoshlarga oid
maqbul siyosat yuritish natijasida ulkan imkoniyatlar ham beradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda mehnat resurslarining yarmidan ko‘pi yoshlardir
1
.
Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami bo‘lib, doimiy yo‘naltirib va qo‘llab turishni,
quvvatlashni talab etadi.
Xo‘sh, o‘quvchilar tarbiyasida bu axborot vositalarining taʼsiri qanday? degan savolga ikki xil
maʼnoda salbiy yoki ijobiy javob topish mumkin. Ijobiyligi shundaki, gazeta, jurnal televideniye orqali
yangiliklardan xabardor bo‘lib, ogohlikka chorlovchi dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Salbiy
tomoni suhbatlarga ko‘ra, yosh xususiyatiga mos bo‘lmagan seriallar, jangari filmlarni qiziqib
ko‘rishayotganligi va boshqa holatlar aniqlangan.
Global axborot tizimidagi xabarlarni “filtrsiz” qabul qilish oqibatida yoshlar ongi
zaharlanmoqda. Masalan, biror kerakli maʼlumotni olish maqsadida saytga kirgan yoshlarning
“falonchi mashhur shaxs halokatga uchradi” kabi shov-shuvli eʼlonga ko‘zi tushadi va beixtiyor, uni
ochadi va aldamchi xabarlarning davomini o‘qiydi. Shu tariqa g‘o‘r yoshlar g‘alamislarning tuzog‘iga
ilinadi. Bunday jirkanch “madaniyat” taʼsiriga berilgan o‘smir loqayd, hayotga yengil – yelpi
qaraydigan, yurt ravnaqi va xalq tinchligiga befarq kimsa bo‘lib ulg‘ayadi.
Аxborot asri shiddati, axborot xavsizligi bo‘yicha olib boriladigan islohotlarda, bizga kelayotgan
axborot oqimining mohiyatini aql-idrok, tafakkur ko‘zgusiga solib, to‘g‘ri tushunib olishga o‘rgatish
va axborotlarni saralash qobiliyatini shakllantirish, o‘quvchilarning g‘oyaviy kurashchanlik
fazilatlariga jiddiy eʼtibor qaratishni taqozo etmoqda.
Berilayotgan axborotlarni o‘quvchilarning faoliyat motivatsiyasida salbiy jihatlar shakllanib
qolmasligini oldini olishda o‘quvchi yoshlarda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish lozim.
Eng avvalo, berilayotgan axborotlarni tanlay bilish, saralash, tahlil etish, foydalanish va idrok
eta olish madaniyatini tarbiyalash, tanqidiy baholay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurdir.
Аxborotlarni tanlay bilish, axborotda ilgari surilayotgan fikr mazmunini tushunish, mafkuraviy
jihatdan salbiy, zararli jihatlarini bartaraf etish, idrok etish madaniyatining yetarlicha
shakllanganligini bildiradi. Hozirgi kundagi globallashuv jarayonlari va ularda kuzatilayotgan
maʼnaviy tahdidlar, ayniqsa, yurtimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlar tizimida asosiy eʼtibor qaratilayotgan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish
madaniyatini shakllantirish, taʼlim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot vositalarining pedagogik
rolini oshirish muhim masalalardani biri hisoblanadi.
Аxborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat
kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‘rish
mumkin. Radio, televideniye, internet eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga
maʼlum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga
zamin yaratmoqda. Yangi axborot texnologiyalarining afzalliklari qanchalik eʼtirof etilmasin,
insonning intellekti, uning erki, hatto, maʼnaviy olami axborotning to‘xtovsiz yangilanib borayotgan
texnik vositalariga qaram bo‘lib qolayotganini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Аxborot
vositalari odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga taʼsir ko‘rsatishda katta
imkoniyatlarga ega.
Аxborot vositalarining bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy taʼsir o‘tkazishning miqyosi va
ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi. Аxborot vositalari orqali amalga oshiriladigan va
katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy taʼsir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘quvchi,
1
R.S.Kasimov va boshqalar. “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzieyovnng Oliy Majlisga Murojatnomasini oʼrganish va keng
jamoatchilik oʼrtasida targʼib etishga bagʼishlangan ilmiy – ommabop qoʼllanma” Toshkent “Maʼnaviyat” -2018y. 119, 243 betlar
172
Do'stlaringiz bilan baham: |