Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


oʻquv jarayonini jadallashtirish tamoyili



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   269
oʻquv jarayonini jadallashtirish tamoyili
qisqa va mazmunli dars oʻtishga borib taqaladigan didaktik 
hodisadir. Fanlararo aloqadorlik asosida har bir dars jarayonida bir necha darslarning oʻxshash 
mavzularidan misollar keltirib, foydalanish koʻp vaqtni talab qiladi. Biroq ijtimoiy-gumanitar 
turkumdagi oʻquv predmetidan dars beradigan oʻqituvchi bir soatlik dars jarayonida oʻrganilayotgan 
mavzuni nihoyatda vaqtni tejagan holda, tez va mazmunli tarzda oʻquvchilar ongiga yetkaza olishi, 
ular xotirasida oʻtilgan mavzuning asosiy komponentlarini saqlanib qolinishiga erishishi lozim.
1
Musayev U. Integratsiya - 
ta’lim jarayonini optimallashtirishning muhim prinsipi. //Xalq ta’limi jurn. 2018, № 6. 4-7-b. 


156 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Bunda oʻquvchining darsga nisbatan qiziqishi muhim ahamiyatga ega. Oʻquvchining bilishga 
moyilligi, intilishi, havasi, ehtiyoji didaktikada bir soʻz bilan “motivatsiya” deb ataladi. Oʻ.Yoʻldoshev 
motivatsiyani didaktik tamoyil sifatida talqin etib, shunday deydi: “Motivatsiya –oʻquv bilish 
faoliyatida oʻz-oʻzidan hosil boʻlmaydi, uni vujudga keltirish oʻqituvchidan ulkan mahorat talab etadi. 
Motivatsiya – oʻquv jarayonining eng muhim unsuri va ayni vaqtda dars jarayonini jadallashtirishda 
yetakchi omil hisoblanadi”
1
. Motiv oʻquvchining bir maqsad sari intilishini mustahkamlaydi, 
maqsadga erishish uchun izchil va dadil harakatlanishini taʼminlaydi. Dars jarayonida hosil 
qilinadigan motivatsiya murakkab pedagogik hodisa boʻlib, u oʻquvchilarning xulqi, intilishlari, 
qiziqish va mayllariga bogʻliqdir. Shu nuqtayi nazardan ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv 
fanlarining oʻrganilishida ushbu tamoyildan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oʻqituvchi dars 
jarayonida fanlararo aloqadorlikdan foydalangan holda motivatsiyaning quyidagi uchta — 
uygʻotuvchi, yoʻnaltiruvchi, fikr uygʻotuvchi vazifalaridan foydalanadi. Bunda matematik 
tushunchalarning qoʻllanilishi oʻquvchilarda oʻrganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish uygʻotadi, 
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va oʻrganilgan mavzuni xotirada saqlanishiga imkoniyat yaratadi. 
Matematik tushunchalar asosida ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarini bir-biri bilan 
oʻzaro bogʻlash, ularning mantiqiy aloqadorligi va mazmundorligi taqdim etilayotgan oʻquv 
mashgʻulotining mohiyatini tushunib olishga yordam beradi. 
Boshqa oʻquv fanlaridan oʻzlashtirilgan va qoʻllaniladigan atamalar, oʻquv materiallarining 
xususiyatlari, taʼlim vositalari, oʻquv materialini tanlash qonuniyatlari, oʻquv fanlararo aloqadorlik 
xususiyatlari belgilab berilishi kerak. Oʻquvchilar topshiriqlarni bajarish davomida nazariy bilimlarni 
qoʻllay olishlari kerak. Oʻquv materiallari hajmini belgilashda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini 
hisobga olish zarur. Bu, albatta, oʻquvchilarning idrok etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Jismoniy va 
aqliy mehnat oʻquv materiallarini idrok etish jarayonining ragʻbatlantiruvchi omili ekanligini hisobga 
olishi lozim. Shuning uchun oʻquv jarayonini oʻquvchilarning yoshi va fiziologik imkoniyatlari hisobga 
olingan holda tashkil etiladi. Ularda oʻquv materialiga nisbatan qiziqish uygʻotish va diqqatini 
oʻzlashtirishga jalb etish darkor. Oʻquvchilarning idrok etish imkoniyatlari muntazam 
murakkablashib, oʻquv va amaliy masalalarni yechish jarayonida kengayadi. Ushbu murakkablashish 
ularning aqliy va jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyatga ega. 
Didaktik tamoyillar asosida oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilish uchun quyidagi vositalar 
talab qilinadi: oʻquv anjomlari, texnik vositalar, modellar. Shu bilan bir qatorda mahalliy omillarni 
hisobga olish, foydalaniladigan vositalarni tanlash ularning xususiyatiga muayyan taʼsir koʻrsatishini 
taʼkidlash kerak. Masalan, oʻquv fanlararo aloqadorlik qonuniyatlariga binoan amaliy mashgʻulotlar 
ishlab chiqarish bilan bogʻliq real vaziyatlardan foydalanish asosida tashkil etilishi ham mumkin. 
Falsafiy, umumpedagogik, didaktik, psixologik va uslubiy adabiyotlarning tahlili hamda 
malakali oʻqituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirib, biz boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻquv 
fanlarini oʻzaro bogʻlab oʻrganish asosida ularning bilish faoliyati, darslarni oʻzlashtirish 
samaradorligini rivojlantirishda oʻquv fanlararo aloqadorlikning quyidagi funksiyalarini ajratib 
koʻrsatishni lozim topdik: 
- Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarining ilmiy asoslarini oʻquvchilar ongiga 
yetkazishda ular mazmunida matematik tushunchalarni umumlashtirgan holda fanlararo 
aloqadorlikni tizimlashtirish funksiyasi; 
- Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari asosini oʻzlashtirish orqali oʻquvchilarning 
bilish faoliyatini rivojlantirish; 
- Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarini matematik tushunchalar asosida 
oʻzlashtirishning ilmiy jihatdan asoslangan tizimini yaratish; 
1
Yo‘ldoshev O‘. Didaktik prinsiplar tizimi. //“Xalq ta’limi” jur. 2017, 4 son, 20-bet. Максимова В.Н. Межпредметные связи в процессе 
обучения. Москва: “Просвешение”, 2018.-192 стр. 


157 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish