TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
O‘z-o‘zini boshqarish xarakterning muhim chizgisi hisoblanadi, u odamga o‘z xulq-atvorini
boshqarishga eng mushkul vaziyatlarda faoliyatni bajarish qobiliyatini saqlab qolishga yordam
beradi. Mulohazali, o‘z-o‘zini boshqara olgan inson har qanday vaziyatda, hattoki favqulodda
holatlarda ham o‘z emotsiyalarini ijobiy boshqara oladi. Turli xavotirli vaziyatlarda aqliga tayanadi,
o‘zini bo‘ysundira olishni biladi, ularga o‘zining psixik hayotining birlashgan tuzilishini buzishlariga
yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu xususiyatning asosiy tarkibini bir nechta psixologik mexanizmlarning ishi
tashkil etadi.
L.C.Vigotskiy: “Tafakkur - hissiy bilish endi yetarli bo‘lmay qolgan yoki hatto ojizlik qilib qolgan
joyda boshlanadi. Tafakkur sezgi, idrok va tasavvurlarning bilish bog‘liq bo‘lgan ishlarini davom
ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi”
1
- deb izohlaydi.
O‘smirning sog‘lom tafakkurga ega bo‘lishida uning tafakkurida individual xususiyatlarning
tarkib topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek psixolog olimi E.G‘oziev o‘smirlik davrining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib, o‘smirlar
muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablarini izohlab:
-ommaviy axborot ko‘lamining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining ko‘tarilgani;
-o‘smirlarning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani;
-o‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida
yondashish zarurligi;
-oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy-hayotga chuqur kirib
borayotganligi;
-o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini-o‘zi boshqarish, anglash,
baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani”
2
- deb ta’kidlaydi.
Insonda tafakkurning individual xususiyatlari, eng avvalo, fikrlash faoliyatining har xil va o‘zaro
bir-birini to‘ldiruvchi turlari hamda shakllari turlicha (ko‘rgazmali-qiyofali, ko‘rgazmali-ta’sirchan va
mavhum tafakkur) nisbatda tarkib topgani uchun yuzaga keladi. Tafakkurning individual
xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik, epchillik, fikrning tezligi kabi boshqa sifatlari ham
kiradi.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko‘ra bilish va qo‘ya
bilishda, undan so‘ng ularni o‘z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo‘ladi. Tafakkurning ijodiy
xarakteri xuddi mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi.
Sog‘lom tafakkurda namoyon bo‘ladigan tafakkurning tezligi, xususan, favqulodda
vaziyatlarda kerak bo‘ladi, biror qarorni juda qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilinadi. Fikrning
tezligi maktabda o‘quvchilarga ko‘proq zarur bo‘ladi. Masalan, ayrim o‘quvchilarni doskaga chiqarib,
yangi masalani yechish so‘ralganda, hayajonlanib, butun sinf oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Bu
salbiy emotsiyalar go‘yo ularning tafakkurini tormozlab qo‘yadi. Fikr juda sekin va tez-tez
muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Ayrim o‘quvchilarning ana shu individual xususiyatlarini, ularning
aqliy qobiliyatlarini to‘g‘ri baholash bilan maxsus hisobga olish zarurdir.
N.Vasilevaning qarashlariga ko‘ra sanogen tafakkurning asosiy ijtimoiy ahamiyati – shaxs
o‘zini-o‘zi yaxshi his qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini
rivojlantirishda o‘zi va atrof-olam bilan uyg‘unlikni ta'minlash, atrofdagilar bilan muloqot o‘rnata
olish, yomon odatlarini yo‘q qilish, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishdir.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |