Keywords
: mathematics, understanding, formation, activation, approach, methodology,
algebra, analysis.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilarida algebra fani ta’limi jarayonini tashkil
etish, unda shakllantiriladigan matematik tushunchalar o‘zlashtirilib, subyektning hayotiy
tajribasiga kirishi va shaxsiy mazmun doirasining bir qismi bo‘lib qolishi masalasi har doim
dolzarbligicha qoladi.
Yuqori darajadagi abstrakt tushunchalarni shakllantirishda faollashtiruvchi yondashuvdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Faollashtiruvchi yondashuvga mos keladigan “ta’riflar
konstruksiya tarkibiga kirib, unda tushunchani ajratib ko‘rsatish belgilari alohida ifodalangan.
Konstruksiyani o‘zi shunchalik abstrakt tavsifga egaki (ayniqsa, matematikada), bunday ta’riflardan
keyinchalik amaliyotda foydalanishning zaruriy sharti – mazkur konstruksiya xossalarini
qanoatlantiruvchi obyektlar mavjudligini isbotlash hisoblanadi. Matematik analizning asosiy
tushunchalari: limit, hosila, integral – ana shunday turdagi konstruksiyalarga tegishlidir
1
”.
Tushuncha manbasi prototip bo‘lib xizmat qiladigan intuitiv tasavvurlardan faol foydalanish,
o‘quvchi hayotiy tajribasiga tayanish, motivatsiyani kuchaytirish, modellashtirishni oshkor
ko‘rinishda ilmiy metod sifatida qarash, izlanuvchi va refleksiv faoliyatni tashkil etishga alohida
e’tibor qaratish lozim
2
.
Demak, faollashtiruvchi yondashuv bu – o‘quvchi hayotiy tajribasidan (assotsiatsiyalar,
tasavvurlar, intuitiv yechim va xulosalar) foydalanishga asoslangan, masala yechimi vositasi sifatida
qat’iy tushunchaga olib keladigan tushunchalarni shakllantiruvchi yondashuvdir.
Tushunchalarni shakllantiruvchi faollashtiruvchi yondashuvning asosiy prinsiplarini ajratib
ko‘rsatamiz:
Mazmunni tashkil etish asosida aniqlanib, yangi tushunchani o‘zlashtirish zarurati ko‘p
hollarda motivatsiya asosida yotadi; tushuncha ta’rifi va kiritilayotgan tushuncha mazmunini
tushuntirish birga olib borilishi lozim, chunki yuqori darajadagi abstrakt tushunchaning o‘ziga xosligi
shundan iboratki, ta’rifdan uni tashkil etuvchi mazmun mohiyati aniq emas va uni aniqlash uchun
qo‘shimcha ish talab qilinadi; abstrakt tushunchalarni ongli o‘zlashtirish ularni izohlash, talqin qilish
1
Арестова, Л.Д. О различных подходах при формировании научных понятий [Текст] / Л.Д. Арестова // Новые исследования в
педагогических науках. - 1982. -№ 2. - С. 28-30., с. 29
2
Когаловский, С.Р. О ведущих планах обучения математике [Текст] / С.Р. Когаловский // Педагогика. - 2006. - №1. - С. 39-48.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |