Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
nafaqat o‘z hayoti bilan, balki yuzlab insonlar hayoti bilan birga yashashga o‘rgatadi, yosh avlodni 
buzg‘unchilikka emas, balki bunyodkorlikka da’vat etadi. 
Muzey pedogogikasi – pedogogika, psixologiya va muzeyshunoslikning o‘zaro uyg‘unligi 
natijasida shakllangan fan yo‘nalishi hisoblanadi. Dastlab muzey pedogogikasi tushunchasi XX asr 
boshlarida Germaniyada shakllangan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Uni hayotga tatbiq etishda 
A.Lixtvark, A.Reyxven va R.Froydental nomlari bilan bog‘liq. Avvaliga bu soha o‘quvchilar bilan 
ishlashga mo‘ljallangan muzey faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida talqin etildi. 1913-yilda A.Lixtvark 
birinchi marta muzeyning ma’rifiy maskan sifatidagi ahamiyati g‘oyasini shakllantirdi va tashrifchi 
bilan muloqotda yangi usullarni taklif etdi. R.Frondental birinchi bo‘lib muzeylarda maktab tizimidagi 
mashg‘ulotlar o‘tish metodikasini yaratdi. Shuningdek, muzey muhitida ta’lim jarayonini tashkil etish 
uchun pedogog mutaxassisning zarurligini ta’kidlab, unga «muzey pedogogi» nomini berishni taklif 
etdi. 1934-yilda Germaniyada «Muzey pedagogikasi» tushunchasi birinchi marta iste’molga kiritildi. 
Y.K.Frizenning fikriga ko‘ra, muzey pedagogikasi – bu ma’rifiy ishlar va muzey didaktikasiga 
tayanadigan, muzey vositalari bilan badiiy tarbiyaning an’anasi hisoblanadi
1
. F.Fogt fikricha esa, 
muzey pedagogikasi – bu muzeylararo hamda ularning kolleksiyalari va tomoshabinlari o‘rtasidagi 
vositachilik faoliyatidir
2
. A.Reyxveyn esa muzeylarda pedogogik faoliyatni rivojlantirish uchun, 
asosan, ekspozitsiyalarni maktab o‘quv dasturlariga moslab tashkil etish, o‘qituvchi, o‘quvchi va 
muzey orasidagi hamkorlik, maktab o‘qituvchilarini muzey ilmiy xodimlari tomonidan malakasini 
oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi
3
. Insonlarning ijtimoiy xotirasi sifatida 
muzey qadimgi davrlarni o‘rganish, bugungi kun haqida mulohaza yuritish va kelajakka to‘g‘ri qadam 
bosish uchun imkoniyat yaratadi
4
. Muzeylar faoliyatida ta’lim-tarbiya sohasiga azaldan katta e’tibor 
berilgan. Masalan, Fransiyadagi Luvr muzeyi, AQShning yirik muzeylaridan sanalgan Nyu-Yorkdagi 
Metropoliten muzeyi va Rossiya muzeylarida ta’lim tizimiga katta ahamiyat berilgan. Rossiyada 
ta’lim sohasidagi islohotlar muzey pedagogikasi sohasida ham bir qator tadqiqotlar bilan bog‘liq. 
B.A.Stolyarov tadqiqotlarida ta’lim muassasalari bilan hamkorlik pedagogikasini tarixiy-qiyosiy, 
nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etgan
5
. O‘zbekistonda ham muzeylarning eng faol hamkori ta’lim 
tizimi muassasalari hisoblanib, muzeylardagi tashrifchilarning deyarli 70 foizini yoshlar tashkil etadi. 
Bu raqamlar mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini boyitish 
va ajdodlar merosiga hurmat bilan qarash kabi xislatlarni shakllantirishda muzeylarning ham o‘ziga 
xos o‘rni bor ekanligidan dalolat beradi. Xorijiy muzeylar tajribasiga nazar solsak, u yerda muzey 
pedogogikasi sohasi o‘z o‘rnini allaqachon topib olganiga shohid bo‘lamiz. Ta’lim tizimi sohasi 
bo‘yicha mashhur amerikalik mutaxassis Gregori Ramsey “maktab va muzey jamiyatga ajdodlar 
“hududi” sifatida qaytishi kerak deb ta’kidlab, bu zamonaviy dunyo kattalar uchun bunyod etilgan 
bo‘lib, unda bolalar uchun joy yo‘q”
6
- degan edi. O‘quvchilarga maktabda emas, balki aynan muzey 
ekspozitsiyalarida dars o‘tilishi ko‘proq ijobiy natijalarni bermoqda. Muzey bu o‘qituvchi va 
o‘quvchini ijodiy hamkorligi, u yillar davomida ular o‘rtasidagi aloqani mustahkamlab keluvchi 
maskan hisoblanadi. O‘qituvchilar muzey orqali yosh avlodni borliqqa va dunyodagi voqealarga 
nisbatan e’tiborli va ma’suliyatli bo‘lishga o‘rgatadi
7
. Muzeylarni ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida 
YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan “Meros va dialog”, “Muzeylarni qo‘llab-qo‘vvatlashda global 
hamkorlik” kabi yo‘nalishlarida hayotdagi muhim hamkor bo‘lgan muzey va u bilan bog‘liq bo‘lgan 
1
Школьный музей на рубеже веков: Метод. рекомендации. М, 2001. 
2
Шляхтина Л.М. У истоков музейной педагогики: О.Ф. Вальдгауер // Образователь-ная деятельность художественного музея. 
Вып. 7. СПб., 2002. 
3
Соколова Н.Д. Ты пришел в музей. Путеводитель по Русскому музею для младших школьников. Самара, 2003. –Б.16.
4
Ж.Х.Исмаилова. Замонавий музейшунослик асослари. Тошкент: Турон Замин Зиё, 2016. –Б- 32. 
5
Ж.Х.Исмаилова. Замонавий музейшунослик асослари. Тошкент: Турон Замин Зиё, 2016. –Б. 36. 
6
Бонами З.А. Музей-образование-дети. //Музейная педогогика за рубежом//. М.1977. – Б.5.
7
Роль музея в формировании ценностного отношения к историко-культурному и природному наследию региона, страны. 
garnett.ru 


51 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish