Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushohada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani 
bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini 
faollashtirish, ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga 
erishishni ta’minlovchi ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir. 
Hozirgi vaqtda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘zaro muloqotlar orqali 
rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda surdopedagog va o‘quvchilar guruhi 
(surdopedagog – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quvchi) faoliyat ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum. Chunki 
guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot eshitishida nuqsoni 
bo‘lgan bolalarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi
1

Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqini muloqat quroli sifatida shakllantirishdan va 
eshitish idrokini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni qo‘llash zarurati mazkur usullarning 
samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini dalillamoqda. Eshitishida 
nuqsoni bo‘lgan bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni 
amalga oshirish va rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli o‘yinlar 
obyektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‘yinlar eshitishida nuqsoni bo‘lgan 
bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiiy va 
sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini 
hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirishga e’tibor 
berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday mashg‘ulotga qaraganda, o‘yinga tez intiladi va 
qiziqadi. Rollarga asoslangan o‘yin ta’lim usuli sifatida bolalarni uyushtiradi va bilim imkoniyatlarini 
kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli o‘yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga 
nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan farqli ravishda, 
rolli o‘yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday 
qilib, o‘yinda qatnashayotgan bolalarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. Bolalar o‘yin 
jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshiga savollar berish, savollarga javob berish kabi 
malakalarni egallaydilar. O‘quvchilar o‘yinni aniq maqsadga yo‘naltirga holda amalga oshirsa
kutilgan natijaga erishishi mumkin. Rolli o‘yin o‘quvchilar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan, 
ularga tanish bo‘lishi kerak. Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. O‘quvchi o‘yin jarayonida 
ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. Chunki bu holda rolli o‘yin 
ta’limning an’anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Muloqotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘yin 
jarayonida emas, balki undan keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini 
rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi 
usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni yangi material bilan tanishtirishda, oldin 
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‘z boyligini oshirish va tafakkurini 
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. Ta’kidlash joizki, soddalik, bir xillik, 
xohishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib qo‘yadi. O‘yin davomida «Kim tez bajaradi?» 
- deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg‘otadi. Shuningdek, topshiriqlarni bajarishda bolalar 
g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini ko‘rsatish hissi bilan 
harakat qiladilar. Bolalarning 
aqliy va jismoniy
rivojlanishida o‘yin
muhim 
ahamiyat kasb etadi.
 
Chunki u keng tarbiyaviy muammolar bilan uzviy bog‘liqdir. O‘yinlar faqat didaktik vosita bo‘lib 
qolmay, bola faoliyatining asosiy shakli ham hisoblanadi. Shuning uchun biz o‘yinning nozik 
tomonlarini hisobga olmay, o‘yin faoliyatini boshqarishni o‘rganmay turib, oldimizda turgan 
mas’uliyatli vazifalarni hal qila olmaymiz. Didaktik o‘yinlarni rollarga bo‘lib bajarish, biror qoida 
asosida bajarish, ijodiy ravishda bajarish kabi turlar berilgan. Bundan maqsad bolalarning so‘z 
1
Qodirova F.U. Boshlang‘ich sinf kar o‘quvchilar nutqini shakllantirish.: Ped. fan. nomz. dis. avtoref…– T.: TDPU.2006. 


142 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish