Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Muammoli ta’lim real ijodiy jarayonni modellashtirish hisobiga muammoli vaziyatni yaratish, 
muammoni hal qilish yo‘llarini izlashni boshqarishga xizmat qiluvchi o‘qitish metod va vositalari 
tizimini o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra yangi bilimlarni egallash pedagog yordami bilan ta’lim oluvchilar 
tomonidan mustaqil kashfiyotlarni yaratishdek taassurot uyg‘otadi. Buning uchun quyidagi ikki omil 
mavjud bo‘lishi zarur:
1. Muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha bilish ehtiyojining yuzaga kelishi. 
2. Ma’lum vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan umumlashgan yangi bilimlarni egallash. 
Bu turdagi ta’limda muammoli vaziyatlarni modellashtirish uchun eng maqbul material fan va 
texnika tarixiga oid ma’lumotlar hisoblanadi
1

Zamonaviy ta’lim amaliyotida modul ta’limidan ham samarali foydalanilmoqda. Modul ta’limi – 
o‘quv materiali (axboroti)ni blok – modul asosida taqdim etishga asoslanuvchi ta’lim sanaladi. 
Mazkur ta’limning mohiyati ta’lim mazmunining mustaqil tashkiliy-metodik bloklar – modullardan 
tarkib topishi bilan tavsiflanadi. Modullarning tarkibiy tuzilmasi va hajmi didaktik maqsad, ta’lim 
oluvchilarning ixtisosligi, tabaqasi, ta’lim oluvchining o‘quv kursini individual o‘zlashtirishga bo‘lgan 
xohishidan kelib chiqib belgilanadi. Modullar majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
Mazkur ta’limning muhim elementi sifatida bilimlarni baholashning reyting tizimi ko‘zga 
tashlanadi. Modul ta’lim oluvchilarining mustaqil ta’lim olishlarini yo‘lga qo‘yish, ularni ma’lum 
o‘quv materiallari bilan ta’minlash, ularning ta’limiy faoliyati yuzasidan monitoringni tashkil etishda 
foydalaniladi. Uni qo‘llashda beriladigan yaxlit o‘quv materiali blok, modul (alohida ajratilgan 
qism)larda 1-blok, 2-blok va h.k. tarzida taqdim etiladi.
Modul ta’limi asosida masofaviy ta’limni ham yo‘lga qo‘yish mumkin. Bunda ta’lim oluvchilar 
alohida chop etilgan yoki kompyuter varianti ko‘rinishidagi bloklardan iborat materiallar bilan 
ta’minlanadi. Taqdim etilgan materiallar ta’lim oluvchilar tomonidan to‘la o‘rganilgandan so‘ng 
ularga nazariy bilimlarga egalikni mustaqil baholash va mavjud bilimlarni mustahkamlashga xizmat 
qiluvchi psixologik topshiriqlar beriladi.
Dasturiy ta’lim – ta’lim oluvchilarning ehtiyoj, qiziqish, imkoniyat, bilimlarni o‘zlashtirish va yosh 
darajalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim. 
O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy 
voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil 
qilishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim 
muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili sifatida turli rollarni bajarish ta’lim 
oluvchilarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida 
ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtayi 
nazaridan yordam beradi.
O‘quv mashg‘ulotlarida o‘yinlar va o‘yinli vaziyatlarni qo‘llash quyidagi asosiy yo‘nalishlarda 
amalga oshiriladi:
- didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga o‘yinli topshiriq shaklida qo‘yiladi; o‘quv faoliyati 
o‘yin qoidalariga bo‘ysundiriladi; didaktik o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qo‘llaniladi; 
muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o‘yin natijasi sanaladi.
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, shuningdek, o‘yin elementlari hamda 
ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan pedagog tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati
funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o‘yinlar o‘zida 
turli belgilar
2
ni namoyon qiladi. Zamonaviy sharoitda interfaol ta’lim tobora ommalashmoqda. 
1
Проблемное обучение // http://psihotesti.ru/gloss/tag/problemnoe_obuchenie. 
2
Игровые технологии // http://www.vashpsixolog.ru/lectures-on-the-psychology/168-metodicheskaya-rabota/1465.html. 


134 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish