Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
106 
Zahmatkash va faol adabiyotshunos olimlardan biri Sobir Mirvaliyev o‗zining 
«O‗zbek adabilari» kitobida o‗zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri 
Abdulla Qodiriy va uning tarjimayi holi haqida quyidagilarni bayon etib, 
yozuvchining 1926-yilga qadar kechgan hayotiga oydinlik kiritib, shunday yozadi: 
«Har holda bemavridroq bo‗lsa kerak, kambag‗al, bog‗bonlik bilan kun 
kechirguchi bir oilada…tug‗ilg‗onman Yoshim to‗qqiz-o‗nlarga borg‗ondan so‗ng 
meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o‗qib, keyingi 
vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o‗n ikki yoshimda 
meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo‗jayinim o‗zi savdogar kishi bo‗lub, 
o‗rischa yozuv-chizuv bilaturg‗on odamga muhtoj edi. Shu ta‘ma bo‗lsa kerak, meni 
o‗ris maktabiga yubordi. 1912-yilda manfaktur bilan savdo qiluvchi bir kishiga 
yilig‗a 50 so‗m barobariga prikazchik bo‗lub kirdim Shu miyonalarda bozor vositasi 
bilan tatarlardan chiqadig‗on gazetalarni o‗qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‗iga 
imon keltirdim, 1913-yilda o‗zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» 
gazetalari chiqa boshlag‗och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‗ondi... 1913 
yilda chiqqan «Padarkush» ta‘sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib 
yuborg‗animni o‗zim ham payqamay qoldim [5,B.27-28]». 
Maktab darsliklarida shoir va yozuvchilarimizni tarjimayi holi haqida o‗zlari 
bayon qilgan ma‘lumotlar yoxud farzandlari, zamondoshlari tomonidan bildirilgan 
voqealar asosida berilsa, o‗quvchini qiziqishi, ishonchi ortadi. Adiblarga nisbatan 
mehri va muhabbati oshadi. O‗quvchi yozuvchi asarini o‗qir ekan, qahramonlari 
xarakterida adibning qiyofasini gavdalantirishga harakat qiladi. Barcha ijobiy 
xislatlar ularga tegishli, deb hisoblaydi.
Taniqli olmon olimasi Ingeborg Baldauf o‗zining «XX asr o‗zbek adabiyotiga 
chizgilar» nomli ilmiy-publisistik risolasida Abdulla Qodiriy haqidagi qarashlari, 
kuzatishlari, fikr-mulohazalarini quyidagicha bayon etadi: «Modomiki, Abdulla 
Qodiriyning o‗zi kitobdagi voqealarni 
«tabiiy»
deb atagan ekan, demak, ular o‗ta 
realistik, ya‘ni har holda agar joiz bo‗lsa, 
«ilk realistik»
dir[6,B.55]».
Olima Ingeborg Baldaufning fikrlarida jon bor edi. Negaki, adibning deyarli 
barcha asarlari real voqelikka asoslanadi. Qahramonlari ham o‗sha davr odamlaridir. 
Yozuvchi yon-atrofdagi insonlar xarakterini chuqur kuzatadi, o‗rganadi. O‗shalar 
hech bo‗lmaganda epizodik obrazga aylanadi, qoladi. 
«Hol tarjimasidagi saktalik va soxtaliklar» xususida fikrlar bildirgan 
adabiyotshunos A.Rasulov yozuvchi biografiyasi bilan uning asari orasidagi uzviy 
bog‗lanish, ruhiy yaqinlik ahamiyatiga alohida e‘tibor beradi: «Yozuvchi holati bilan 
ijodi orasida uzviy bog‗liqlik bor. Har qanday asarda yozuvchi ruhi, holi, qalbi aks 
etadi. Asarlar sinchiklab o‗rganilsa, ular yozuvchi holati, ruhiyati haqida ko‗p 
narsalar so‗zlab beradi [7,27-b.]». 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish