TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
universitetlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash
5
,
Terry Hyland kompetentli ta’lim va kasbiy rivojlanish
6
, Sonja Sheridan maktabgacha
ta’lim sifatini oshirish masalalari bilan shug‘ullanishgan
7
.
O‘rganilayotgan muammoga bag‘ishlab olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda bir
qancha o‘ziga xos kamchiliklar kuzatiladi, odatda, ular zamonaviy talablar hamda
amaliyotda
sodir
bo‘layotgan
o‘zgarishlarning yetarli darajada inobatga
olinmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan kamchiliklardir. Masalan, raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbarlarining kompetentligi va kasbiy rivojlantirish ilmiy muammolari yetarli tadqiq
etilmagan, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida rahbarlarning innovatsion
kompetentligi, innovatsion rivojlanish strategiyasining asoslanishi, ularning
amaliyotga joriy etilishi masalalari yetarli darajada ishlab chiqilmagan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy faoliyati innovatsion
faoliyatning polistrukturali mazmuniga ega. Ular faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan
talablar ta’lim jarayonining muntazam ravishda zamonaviylashtirish zaruriyati, yangi
tashkiliy shakllar, ta’lim, tarbiya va boshqaruvning innovatsion texnologiyalarini
izlash, pedagogik faoliyatdagi tajribalar va izlanishlar ulushining ortishi bilan
shartlangan. Samarali innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun maktabgacha
ta’lim tashkilotining rahbari boshqaruv nazariyasi qonuniyatiga muvofiq tarzda
amaliy faoliyatni tashkil etish haqidagi maxsus bilimlarni yetarli darajada
o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, innovatsion kompetentlik ta’lim
tizimidagi innovatsion menejmentga taalluqli bilim hamda ko‘nikmalar hajmiga ham
bog‘liq. Ko‘pgina tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining kasbiy
faoliyati samaradorligidagi kamchiliklarni
mohiyatan boshqaruv jarayonini
innovatsiyalar bilan samarali qo‘llab-quvvatlab turishi lozim bo‘lgan metodik va
axborot ta’minoti tizimi faoliyatining past darajasi bilan bog‘lab tushuntiradilar.
Fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining kasbiy kompetentligi –
nafaqat o‘zining muammolarni yaxlit va chuqur tahlil qilish, aniqlash, aniq tarzda
shakllantira olish qobiliyati, balki ularning yechimiga erishish uchun innovatsion
yondashuvlarni samarali qo‘llay olishdan ham iboratdir. Innovatsion kompetentlilik
kreativlik, innovatsion tafakkur, innovatsion g‘oyalarni izlab topish hamda ularni
optimal ravishda joriy etish imkoniyatlaridan foydalanish, yangiliklarni tanlash va
tashkil etishga nisbatan tizimli, prognostik yondashuv, o‘zini tahlil qilishga tayyorlik
va qodirlik kabi shaxsiy fazilatlarining muayyan yig‘indisini talab qiladi. Bizning
fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining innovatsion kompetentligi –
innovatsion g‘oyalarni shakllantirish; tanqidiy tafakkurga ega bo‘lish; uzluksiz
ravishda o‘z ustida ishlash va bilimini oshirish; faoliyatga nisbatan tizimli
yondashuvni qo‘llay bilish; ijodkor insonlarni izlab topib, ularni jamoa sifatida
5
DM Early, PJ Winton. Preparing the workforce: Early childhood teacher preparation at 2-and 4-year institutions of higher
education // Early Childhood Research Quarterly, 2001, vol. 16 (3), pp.285-306.
6
Terry Hyland. Professional Development and Competence
‐
based Education // Educational Studies, 1993, vol.19(1), pp.123-132.
7
Sonja Sheridan. Quality Evaluation and Quality Enhancement in Preschool: A Model of Competence Development // Early Child
Development and Care, 2001, vol.166 (1), pp.7-27.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |