Ota-onalarni tizimli ravishda har tomonlama pedagogik jihatdan bilimlarini
oshirish ularni nazariy bilimlar asoslari, kо‗p jihatdan esa rivojlanishida nuqsoni
Pedagogik tashviqot ishlari dastur asosida oib borilishi lozim. Pedagogik
tashviqot ishlari ota-onalarni korreksion pedagogika va psixologiya sohasidagi
ilg‗or g‗oyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ota-onalarni pedagogik bilimlar
bilan qurollantirishda ba‘zi talablarga e‘tibor berish lozim: mashg‗ulotlarni
ma‘ruza, suhbat, dialog tarzida о‗tkazish, savolni yoritish vaqtida amaliyotdan
misollar keltirish, yakunlashda esa olingan bilimlarni faollashtirishga yordam
42
beradigan pedagogik topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiq bо‗ladi.
Tinglovchilarni muloqot bо‗yicha sheriklari sifatida qabul qilish zarur. Matnni esa
о‗qib bermasdan, sо‗zlab bergan ma‘qul.
Ma‘ruzalar mavzusi ota-onalarning pedagogik bilimlarga bо‗lgan ehtiyojlari
asosida, ota-onalar majlislarida, suhbatlarda va maslahatlarda yuzaga keladigan
masalalar bо‗yicha aniqlashtiriladi, qо‗shimchalar kiritiladi.
Materialni bayon qilishda amaliyotdan, pedagogik vaziyatlardan turli-tuman
misollar keltirish, nazariy materialni amaliy materiallar bilan bog‗lashga e‘tibor
beriladi.
Psixologik-pedagogik praktikum ma‘ruzadan sо‗ng qо‗llanilishi mumkin.
Pedgogik ta‘lim jarayonida barcha ota-onalarning ehtiyojlari qondirilmasligi
mumkin. Shu sababli ota-onalarni tashvishlantirayotgan masalalar bо‗yicha
individual ish olib borish, ularga malakali maslahatlar berish kerak.
Ota-onalar bilan individual ish olib borishning asosiy shakli- pedagogik
maslahatdir. Uning qimmati shundan iboratki, maslahatga ota-onalar о‗zlarining
istaklari, tashabbuslari bilan keladilar, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni
muhokama qilishga tayyor bо‗ladilar. Maslahatlar vaqtidagi tabiiy vaziyat
pedagog va ota-onalar о‗rtasidagi psixologik tо‗siqni bо‗lmasligiga olib keladi.
Og‗zaki maslahatlarni maxsus belgilangan kunda о‗tkazish mumkin.
Maslahatlar kunini belgilashda albatta ota-onalar bilan kelishilishi lozim, chunki
kо‗p ota-onalarning vaqti tо‗g‗ri kelmasligi mumkin.
Ota-onalar bilan ndividual ish jamoali mashg‗ulotlarni tо‗ldiradi, oilaning
pedagogik madaniyatini oshishiga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan ish shakllari ota-onalaga farzandlarini tarbiyalashdagi
tipik xatolarni oldini olishga yordam beradi, ularni tarbiyaning tо‗g‗ri metodlari
bilan qurollantiradi.
Yuqorida kо‗rib chiqilgan metodlar, ularni kompleks ravishda har bir
mashg‗ulotda qо‗llash ota-onalarning faollashuviga, ularda о‗zining tarbiyaviy
faoliyatiga tanqidiy qarashga, olingan nazariy bilimlarini amalda qо‗llashlariga
43
imkon yaratadi. Shunday qilib, egallangan pedagogik bilimlar ota-onalarning bola
bilan uy sharoitida shug‗ullanishlarida yordam beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maxsus ta‘lim muassasasi sharoitida
ota-onalar va pedagoglarning ishi yorqin ifodalangan hmkorlik xarakteriga egadir,
bunga sabab ota-onalar va maktabning о‗zaro munosabatlarining mazmuni va
shakllari о‗zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: