4-tamoyil:
JAMIYAT VA HAMKORLIK
Samarali inklyuziya
-
jamoa intilishidir; U pedagoglar va boshqa
mutaxassislar, о‘quvchilar, oilalalar va jamoat tashkilotlarining о‘zaro hamkorligiga
asoslangan jamiyatni о‘z ichiga oladi (Xant, Soto, Mayer va Doyring,2003; Djekson,
Rindek va Billingzli, 2000).
Inklyuziya о„quvchilarning umum ta‟lim tizimi sinflaridagi ehtiyojlarini
hisobga oluvchi о„quvchilar jamiyatini tuzishga intiladi (Sepon-Shevin,2003).
Odamlar о„zaro hamkorlikda va birgalikda ishlaydilar, jamiyat yaratadilar. Ular
doimo munosabatda bо„ladilar, resurslar, majburiyatlar va tajriba bilan о„zaro
almashinishadi, malum bir masalalarni о„quvchilar foydasiga xal bо„lishi yо„lida
birlashadilar (Xant va bshk:.2000; Ruder 2000). Xalq ta‟limi boshqarmalari ta‟lim
oluvchilarning
ehtiyojlarini
qondirishga
yо„naltirilgan
dasturlarini
restrukturizatsiyalash(qayta moslashtirish)dagi hamkorlikdagi faoliyatni qо„llab-
quvatlaydilar, vaqt va resurs bilan taminlaydilar.
Alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy integratsiyasi ijtimoiy-psixologik
sharoitlarini samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish joiz:
44
1.
Integratsiyalashgan bola va uni qabul qilayotgan muassasa statusini qonuniy
nomga ega bо„lishi;
2.
Maxsus(korreksion) muassasalar statusiga integratsiyalashgan bolalarga
korreksion yordam kо„rsatishi funksiyalarini qо„shilishi hisobiga о„zgartirishlar
kiritish;
3.
Umuta‟lim maktabida rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarni ta‟lim-tarbiyasi
uchun sharoit yaratish uchun ularning moddiy-texnik ta‟minotiga о„zgarishlar
kiritish;
4.
Jamiyat bilan imkoniyatlari cheklashgan insonlarni qabul qilishga tayyorlashga
qaratilgan ish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
5.
Maxsus ehtiyojlarga ega bolalar bilan ishlovchi kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlashning yangi tizimini ishlab chiqish;
6.
Integratsiyalashgan ta‟limga tayyor bolalarni ajratib olishning tibbiy-
psixologik-pedagogik me‟zonlarini ishlab chiqish.
45
Xulosa
“Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bо„lib, integrative –
qо„shiluvchi, birlashuvchi, integration – qо„shilish, birlashish degan manoni bildiradi.
Volferen Bergerning yozishicha: “Integratsion ta‟lim bu – segregatsion ta‟limning
aksi bо„lib, bunda maxsus ehtiyojga ega bolalar umumta‟lim muassasalari tizimiga
kiritiladi”.
Integratsiya keng ,ma‟noda ijtimoiy integratsiya yoki jamiyatga integratsiya va
pedagogik integratsiya yoki ta‟limga integratsiyani о„z ichiga oladi.
Inklyuziv ta‟lim bu – davlat siyosati bо„lib, nogiron va sog„lom bolalar
о„rtasidagi tо„siqlarni bartaraf etish, maxsus talimga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi
nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat‟iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yо„naltirilgan umumta‟lim jarayoniga qо„shishni ifodalovchi ta‟lim
tizimidir.
Nogiron bolani ijtimoiy moslashuvi, uning tо„liq integratsiyasi – psixolog va
pedagoglar korreksion-rivojlantiruvchi ishining yakuniy maqsadidir. Shuni alohida
ta‟kidlab о„tish joiz-ki, imkoniyatlari cheklangan bolani ijtimoiy integratsiyasini
maqsadga muvofiq amalga oshishi uning ta‟lim olish darajasi, hayotiy malakalari va
psixologik tayyorligi bilangina emas, integratsiyaning tashqi sharoitlari, ya‟ni
jamiyatni bunday bolani qabul qilish darajasi, unga sog„lom bolalar bilan teng
imkoniyatlarni yaratib bera olish kabilar bilan ham bog„liq.
Hozirga paytda kо„pgina mamlakatlarda maxsus ehtiyojlarga ega bolalarni
imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda alohida ta‟lim va tarbiya berishdan
46
tо„liq integratsiyaga о„tilmoqda. Mazkur jarayon mamlakatlarni qonunlari tomonidan
tartibga solinadi.
Eksperoimental tadqiqot natijalarini taxlil etish asosida ota-onalar nogiron
bolalarni integratsiyalashgan ta‟lim muammolarini qatoriga quyidagilarni kiritshlari
aniqlandi:
Integratsiyalashgan ta‟lim haqida past bilim darajasiga ega bо„lish;
Jamiyatni alohida yordamga muhtoj odamlarga noadekvat munosabati;
Nogiron bolani umuta‟lim maktabiga moslashuvi muammolari;
Nogiron bolalarni sog„lom tengdoshlari bilan muloqotining psixologik
muammolari;
Umumta‟lim maktabida mutaxassislarning ketarli emasligi.
Mazkur muammolarni xal etish va alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy
integratsiyasi ijtimoiy-psixologik sharoitlarini samaradorligini oshirish bо„yicha
chora-tadbirlarni о„z ichiga oluvchi tavsiyalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |