Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushiniladi va u quyidagicha aniqlanadi. Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushiniladi va u quyidagicha aniqlanadi. i= bu yerda: i – oraliq kattaligi (miqdori) - Xmax - guruhlash belgisining eng katta miqdori (varianti);
- Xmin - guruhlash belgisining eng kichik miqdori (varianti);
- n - guruhlar soni.
Ko‘pincha guruhlar soni aniq bo‘ladi. Bu kuzatish maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, ularni to‘liq amalga oshirish uchun kerakli sonda bo‘lishi lozim. Agarda guruhlarning optimal sonini aniqlash lozim bo‘lsa, unda Sterdjess formulasidan foydalanamiz. Ko‘pincha guruhlar soni aniq bo‘ladi. Bu kuzatish maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, ularni to‘liq amalga oshirish uchun kerakli sonda bo‘lishi lozim. Agarda guruhlarning optimal sonini aniqlash lozim bo‘lsa, unda Sterdjess formulasidan foydalanamiz. n = 1 + 3,322 lg N: bu yerda: N–to‘plamdagi birliklar soni
Ko‘zlangan asosiy vazifalarni hal qilish nuqtayi nazaridan statistik guruhlash quyidagi uch turga bo‘linadi:
1.Tipologik guruhlash. 2.Tuzilmaviy (strukturali) guruhlash. 3.Tahliliy (analitik) guruhlash.
Tahliliy guruhlash yordamida aholining milliy, jinsiy tarkibi, mamlakat yalpi ichki mahsuloti, qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining tarkibiy qismlari kabi ijtimoiy hodisalarning tuzilmalari (strukturasi) o‘rganiladi.
Tuzilmaviy (strukturali) guruhlash deganda bir xil tipdagi statistik to‘plam tarkibiy qismini guruhlarga bo‘lib, ularning salmog‘ini aniqlash orqali o‘rganish tushuniladi. Demak, ushbu guruhlash turida to‘plam tarkibidagi har bir guruhning salmog‘i aniqlanib, to‘plam tarkibi o‘rganiladi.
Tipologik guruhlash deganda hodisalarni ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratish imkoniyatini beruvchi guruhlash tushuniladi. Xalq xo‘jaligini tarmoqlarga bo‘lib o‘rganish, aholini sinflarga ajratib o‘rganish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini shirkat, fermer, dehqon xo‘jaliklariga bo‘lib o‘rganishlar tipoligik guruhlashga misol bo‘la oladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarida va amaliyotda statistik jadvallar keng qo‘llaniladi. Statistik svodkalash va guruhlash natijalari statistik jadvallarda aks ettiriladi. Barcha jadvallar ham statistik jadval bo‘la olmaydi. Ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni aniq, ravshan aks ettiruvchi samarali usul statistik jadval deb ataladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida va amaliyotda statistik jadvallar keng qo‘llaniladi. Statistik svodkalash va guruhlash natijalari statistik jadvallarda aks ettiriladi. Barcha jadvallar ham statistik jadval bo‘la olmaydi. Ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni aniq, ravshan aks ettiruvchi samarali usul statistik jadval deb ataladi. Statistik jadvallar logorifmlik, ko‘paytirish (karra) va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Statistik jadvallarda birinchidan, haqiqiy ma’lumotlarni hisoblangan natijalari aks ettiriladi; ikkinchidan, statistik to‘plam ma’lumotlarini jamlash va qayta ishlash natijasida paydo bo‘ladi; uchinchidan, ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan hodisalarni tahlil qilish vositasi hisoblanadi. E’tiboringiz uchun rahmat! E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |