ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ “Менежмент ва Маркетинг” кафедраси MAVZU: O’ZBEKISTONDA MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI. Маърузачи: Д.Бахромова (PhD)
REJA:
- Milliy hisoblar tizimi (MHT)ning mohiyati va ahamiyati
- O’zbekistonda milliy hisoblar tizimi (MHT)ning hozirgi holati
- Milliy hisoblar tizimi (MHT)ning asosiy ko’rsatkichlari
- Milliy hisoblar tizimi (MHT) schyotlari tizimi tarkibi, ularni tuzishning umumiy qoidalari.
Milliy hisoblar tizimi – bu iqtisodiyot bo’yicha milliy daromad va pirovard mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda iste’mol qilish jarayonlarini harakterllab, iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
“MILLIY HISOBLAR” atamasini ilk bor gollandiyalik iqtisodchi olim EDVARD VAN KLIFF 1941 yilda “De Economist” jurnalida nashr ettirib, “Gollandiyaning milliy hisoblari haqida” maqolasida qollagan.
Milliy hisoblar tizimi – bu iqtisodiyotni har tomonlama tahlil qilish va ifodalashga xizmat qiladigan balans tizimlarining ifodasidir. Bunday tizim milliy iqtisodiyot holati to’g’risida aniq tasavvur berib, barcha xo’jalik bo’g’inlarinjng o’zaro aloqadorlikda rivojlanishini ifodalaydi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) va Xalq xo’jalik balansi (XXB) tizimi o’rtasidagi asosiy farqlar va o’xshashliklari
Ikki tizim (MHT va XXB)da ham moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari tan olinadi. Biroq ularni hisobga olish MHT va XXBda bir-biridan farq qiladi:
Vazifalaridagi farq
MHT
Bozor iqtisodiyotini talab va takliflarini, tamoyillarini va boshqaruvning balans modellarini ilgari suradi.
XXB
Mamlakat iqtisodiyotini rejali asosda boshqarish sharoitiga xizmat qilishga asoslangan bo’lib, ishlab chiqarish resurslari taqsimotini nazorat qilishga xizmat qiladi
Kontseptsiyasidagi farq
MHT
A.Marshall – iqtisodiy ishlab chiqarish nazariyasiga asoslangan bo’lib, bunda xizmatlarga moddiy ishlab chiqarish bilan bir qatorda ishlab chiqarish sifatida qaraladi.
J.B.Sey, A.Marshall – ishlab chiqarish omillari nazariyasiga asoslanib, bunda ishlab chiqarishga olingan iqtisodiy qiymat barcha omillar ishtirokida yaratilgan. Shu sababli yaratilgan qiymat barchasi xususiy omillari egalariga tegishlidir.
XXB
K.Marks – oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish nazariyasi asoslangan bo’lib, bunda iqtisodiy qiymat faqat moddiy ishlab chiqarish natijasidir, deb qaraladi.
K.Marks, – qiymat mehnat nazariyasi asoslangan bo’lib, bunda qiymatni faqatgina mehnat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |