Toshkent davlat iqtisodiyot


Tovarlarni ishlab chiqarishda sertifikatsiyalash tizimini boshqarish



Download 400,3 Kb.
bet63/70
Sana26.04.2022
Hajmi400,3 Kb.
#583833
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
D6Q6GURDQ9aiR7n9627

Tovarlarni ishlab chiqarishda sertifikatsiyalash tizimini boshqarish





      1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish.

      2. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishdagi umumiy talablar.




      1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish.

Bozor iqtisodi sharoitda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish umum iqtisodiy qonuniyatlar hamda bozor iqtisodi qonunlari asosida olib boriladi. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotlar uchun belgilangan normativ texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablar asosida bunyod etilishi kerak. Bozor iqtisodining asosiy qonuni talab va takliflar bo’lgani uchun har bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarning qo’ygan talablari katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitda iste’molchilarning talabi davrga nisbatan doimo o’zgaruvchan bo’lgani uchun ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi takliflar berilib turadi. Shu sababli, tovarlarni sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishliligi va ularni bozor iqtisodi sharoitda raqobatdoshligi oshib boradi. Shu sababli xalq xo’jaligida yangi turdagi assotimentlar bunyod etiladi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sifatlari yaxshilanib, talablar ortib boradi.Shuning


uchun bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bozor iqtisodi sharoitida tovarlar ishlab chiqarish korxonalariga kichiq va o’rta biznes korxonalariga mahsulotlarni ishlab chiqarish davrida ularni sifatlariga bo’lgan talablar doimo o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari har tomonlama tahlil qilib, ularni iqtisodiy barqarorligi chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori ishlab chiqarish potenstialiga, ya’ni korxonani yuqori talablarga moyil bo’lgan uskunalarga, injener texnik xodimlarga, keltiriladigan xom-ashyo sifatlariga va ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatiga ko’p jihatdan bog’likdir.
Korxonalarda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda iste’molchilarni o’rganish, bozor infrastrukturasini, bozordagi tovarlar assortimentlarini, bozor sigmentlarini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan axborotlarni zamonaviy texnik elektron, informastion mashinalarda tahlil qilinishi va ishlab chiqarilayotgan tovarlarga baho berilishi bozor iqtisodini rivojiga katta turtki bo’ldi. Shuning uchun mahsulotlarni sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishning rivojiga yangi texnika texnologiyalarini yaratishga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish bilan iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib bozor muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi. Shunday hollarda ham bo’ladiki, ishlab chiqarilgan tovarlar miqdor jihatdan yuqori bo’lib, aholi talabini qondira olmaydi. Bu hollarda mahsulotlar sifati past darajada bo’lgani sababli ular iste’molchilar tomonidan qabo’l qilinmaydi. Bunday hollarda birinchidan ishlab chiqarishdagi rentabilligi juda past bo’lib, ikkinchidan ishlab chiqarish uning yuqori mehnat sarfi kuzatiladi, uchinchidan ma’lum miqdordagi tovar ishlab chiqarish uchun ko’p miqdorda xom-ashyo sarflangan bo’lishi mumkin, to’rtinchidan ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi iste’molchilar talabiga mos kelmaydi.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan o’tkazish alohida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organlarda xodimlar mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini o’rganishda u (ustidan o’rnatilgan nazoratni ob’ektiv ma’lumotlar) berishida o’zlarini o’rnatilgan vazifalarga sadoqat bilan qarashlari kerak.
Nazorat qiluvchi organlar shu ishlab chiqarish korxonalarida alohida ishlab chiqarish strukturasi bo’lib, bu tashkilot yuqori malakali injiner texnik xodimlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifatini aniqlashdagi kamchiliklar ishlab chiqarishda texnologik qilingan xatolarni yoki mahsulotlarni rejalashdagi sxemalarda ishlab chiqarish texnologik kartalarida, normativ texnik hujjatlarda bo’lgan kamchiliklarni yoki etishmovchiliklarni aniqlashda katta yordam beradi.
Standartlashtirish tarmoqlararo tizimini uning ishlab chiqarishga qanday ta’sir ko’rsatishini va uning qiyosiy tavsiyanomasini anglash uchun avvalambor standartlashtirishning vazifasini va uning fan sifatida bizga qanchalik ta’sir qilishini bilishimiz uchun Standartlashtirish va metrologiya fani nima ekanligini bilmog’imiz darkor.
Standartlashtirish - ishlab chiqarish bilan bog’lik bo’lgan tashkiliy, texnik texnologiya jarayonlarni amalga oshirishni kuzatib turuvchi hatti-harakatlarni turg’unligini ta’minlovchi qoida va qonunlarni o’rganish, ularni bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish masalalari hal etadi.
Standartlashtirishda qabo’l qilingan ko’rsatkichlariga fan va texnikasi yutuqlariga asoslangan bo’lib, xalqaro bozordagi mahsulotning sifat ko’rsatichlariga mos bo’lishi va kelajak tarraqiyotini ko’zda tutishi zarur.
Standartlashtirishda qabo’l qilingan ko’rsatkichlar ishlari planli ravishda amalga oshiriladi. Standartlashtirishda norma, qoida, ular mahsulot sifatini ta’minlashning optimal jarayonlariga asoslanadi. Ishlab chiqarilgan tasdiqlangan standartlarda mahsulot va uning qismlarini bir tipga va bir xil ko’rinishga keltirish masalalari bir yoqlama xal etilishi kerak.
Texnologiya jarayonilari moslamalar chizmasi, materiallar zagatovkalar, asbob-uskunalar, texnologik vositalar, metrologiya va nazorat metodlari, shuningdek termin belgi va boshqa gruppalarga bo’linib unifikastiya qilinishi maqsadga muvofikdir.
Mahsulot konstrukstiyalarini va ishlab chiqarish bilan bog’lik bo’lgan moslamalarni shunday gruppalash, loyihalashda standartlashdan foydalanish ishlab chiqarish samaradorligi oshirishga olib keladi.
O’zbekistonda ishlab chiqarishda konstrukstion va texnologiya jarayonlari loyihalash ishlarini avtomatlashtirish, gruppalash va unifikastiya qilishda ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Tarmoqlarni sifatini boshqarishdagi kompelks sistemasini joriy etishida korxona standartlari aks qilib olinadi. Korxona standartlari davlat va savdolararo standartlarga asoslanadi.
Standartlarni loyihalashda va joriy etishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-texnik topshiriq vazifa va talablarni aniqlash hamda tuzish;
-standartning ilk reakstion loyihasini yaratish uni taqrizga yuborish va ekspertiza qilish;
-taqrizlarni yig’ish, analiz qilish va xulosaga asoslanib loyihaning ikkinchi reakstiyasini tayyorlash;
-standartni bosmadan chiqarish va tarqatish.
Tarmoqning birinchi bosqichi norma standartlari quyidagilarga javob berishi lozim:
-Nima standartlashtiriladi?
-Nimaga asoslanadi (GOST, OST...)?
-Kim bajaradi yoki kim taminlaydi?
-Qachondan qachongacha bajariladi?
Texnologik jarayonlar, dastgohlar tekshirish metodlarini va asboblarini, ayrim bo’limlar va shaxslarning funkstional ishlari kabilar standartlashtirilgan ob’ekt sifatida qabo’l qilinadi. Korxona standarta fan-texnika taraqqiyotida erishilgan yutuqlarga, ya’ni stanok mashina va dastgohlarga, keng qo’llanilayo’tgan texnologik jarayonlarga hozirgi zamon elektron texnologiyasidan foydalanishga asoslangan holda yaratiladi.
Ekonomikaning ko’lamining o’sishi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi o’zgarishlari teritorial, Tarmoqdararo va ichki Tarmoq
aloqalarning murakkablashuvi xo’jalik yuritishning hamma bosqichlarida ishlab chiqarish va mahsulot taqsimoti planlashtirish sifatini jiddiy talablar qo’ymoqda. Bu problemani hujjatlararo maqsadlarga mo’ljallangan mahsulotga nisbatan hal etish san’atining bu eng yosh tarmog’idagi ishlab chiqarish sharoitlari hisobga olinadigan bo’lsa, yanada murakkabroqdir.
Tarmoqlararo maqsadlardagi mahsulotni sanoatning ko’pgina tarmoqlari iste’mol qiladiki, ularning rivojlanishi tarmoqlari ishlab chiqarish hajmining o’sish suratini belgilab beradi.
Tarmoqlararo ishlab chiqarish sanoati (TIS) bir tarmoq sifatini ikki kichiq tarmoq - almashtirish qismlari ishlab chiqarish va umummashinsozlikda qo’llanadigan detallar va uzellar ishlab chiqarish tarmoqlaridan iborat. Bulardan tashqari tarmoqlararo qo’llaniladigan mahsulotlar, hamma turdagi zagatovkalar mashinasozlik korxonalari sexlarida shuningdek metallurgiya va qurilish industriyasi korxonalari sexlarida tayyorlanadi.
Planlashtirishning tarkib topgan amaliyotini tahlil qilish uchun uning metodik va tashkiliy jihatdan "tor" joylarini aniqlash imkonini beradi. TIS tarmogini rivojlantirish planlari bilan mashinasozlik sanoati planlari o’rtasidagi o’zaro aloqa etarli darajada aniq belgilangan emas. Tarmoqlararo iste’mol qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilash metodikasi ham aniqlik kiritishni talab etadi. Korxonalarni ixtisoslashtirish ularning ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini texnollogik jihatdan bir-biriga o’xshash va takrorlanadigan mahsulotni tayyorlashga qaratish demakdir. Shuni ham hisobga olish kerakki, bunday mahsulot ishlab chiqarish programmasida asosiy o’rin tutmog’i kerak.



      1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishdagi umumiy talablar.

Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishdagi umumiy talablari texnologiya ixtisoslashtirish ishlab chiqarish jarayonining ayrim operastiyalari yoki bosqichlarini ixtisoslashtirishdan iborat bo’lib, ajralib chiqishi va ishlab chiqarishni tashkil etishning yuksak darajada ixtisoslashgan normaga xos tipi vujudga kelishi bilan birga yuz beradi.


Tarmoqlararo qo’llaniladigan mahsulot ishlab chiqarish bir necha belgilar bilan xarakterlanadiki, bu belgilar ularni mustaqil tarmoqlarga aylantirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini belgilab beradi. Ma’lumki, korxonalarning tarmoqlarini vujudga keltiruvchi belgilar quyidagilardan iborat:
-mahsulotning iqtisodiy vazifasi, jumladan funkstional vazifasining Umumiyligi;
-ma’lum iste’molchilar doirasining mavjudligi;
-foydalaniladigan materiallarining umumiyligi;
-texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishning bir xilligi;
-kadrlarning o’ziga xos professional salohiyati.
Tarmoq vujudga kelishi, misol uchun quyi ishlab chiqarishni vujudga kelishi belgilarini tahlil qilish, planlashtirish praktikasini yaxshilash va mamlakatda yagona texnika siyosatini o’tkazish maqsadida uni mustaqil tarmoqlarga aylantirish
mumkinligi va bu maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Ixtisoslashtirishni rivojlantirish planlariga quyidagilar kiradi:
-korxona ishlab chiqarish profilini takomillashtirish topshiriqlari;
-ixtisoslashtirilgan ishlabchiqarishning mavjudlarini rivojlantirishning va yangi kuvvatlarini barpo qilishi kerak.
Tarmoqlararo qo’llaniladigan mahsulot ishlab chiqarish tez rivojlantirishning muhim sharti planlashtirish va boshqarish metodlarini takomillashtirishdir. Mamlakatni kompleks rivojlantirishni planlashtirishga, turlicha ishlab chiqarishni, respublika va davlatlararo aloqalarni to’gri bog’lab olib borish imkonini beradi. Rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga va konkret maqsad programmalari birlashmalariga etkaziladi. Bunda planlashtirishning asosiy prinstiplaridan biri - jarayonida quyidagilar bajarilishi zarur:

  • xalq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq ravishda tarmoqni rivojlantirish vazifalari asoslab berilishi kerak.

  • Tarmoqni rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari uzoq muddatni ko’zlab ifodalanishi lozim.

  • Tarmoqning bosh maqsadini va planlashtirilayo’tgan davrda bu maqsadga erishish darajasini aniq va to’la belgilab beruvchi mezonlarini aniqlash.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tarmoqlararo birlashmasini quyidagi tashkiliy vazifalar qiziqtiradi:

        1. Bir turli Tarmoq yoki bir-biriga yaqin tarmoq sanoat korxonalari ishlab chiqarish birlashmasi bu birlashmaga texnologik yoki, detalli texnologik yoki detalli ixtisoslashish bilan uzaro bog’lik sanoat korxonalari;

        2. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari. Bo’lar sostaviga sanoat korxonalaridan tashqari ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik loyixalash texnologiya tashkilotlari kiradi;




        1. Sanoat savdo birlashmalari. Bunday birlashmalarda korxonalar savdo tashkilotlari bilan to’gridan to’gri bog’lanadi, chunki ular o’z firma magazinlariga ega bo’ladi yoki ularga yirik magazinlarda butun bir seksiyalar ajratib beriladi. Bunday hollarda korxona xaridorlar talabi va ehtiyojini tez hisobga olish o’z tovarlarini rivojlantirish va sifatini yaxshilash imkoniga ega bo’ladi;

        2. Agrar-sanoat birlashmalari. Bunday birlashmalarda konserva, vino va boshqa sanoat koxonalari birlashtiriladi. Ularda qishloq xo’jalik mahsulotini yig’ish, tashib keltirish uning nobud bo’lishini kamaytirish imkonini beradi.




Download 400,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish