Toshkent davlat iqtisodiyot


Xalqaro patent tasnifi va tizimlari



Download 400,3 Kb.
bet24/70
Sana26.04.2022
Hajmi400,3 Kb.
#583833
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
D6Q6GURDQ9aiR7n9627

Xalqaro patent tasnifi va tizimlari





      1. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti.

1.9.1. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti.


Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886 yillardan - Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvenstiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish Bern konvenstiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvenstiyalar "Xalqaro byurolar" deb nomlangan o’z kotibiyatlarini tashkil etishni ko’zda tutgan edi. 1893 yilda bu ikki kotibiyat "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo’yicha birlashgan xalqaro byurolar" yoki franstuz tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.


Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT", ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967 yil 14 iyulda imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvenstiyasi"ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvenstiya 1970 yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974 yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat.
2001 yil 1 yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi.
BIMTning faoliyati ko’p qirralidir. U milliy qonunchiliklarni zamonaviylashtirish bo’yicha yangi xalqaro bitimlar va loyixalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi, rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatadi, patent ma’lumotlarini yig’adi va tarqatadi, oylik jurnallar (xususan, "Sanoat mulki" va "Mualliflik xuquqi” jurnallarini) chiqaradi, intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish sohasida xalqaro tartiblarning bajarilishini ta’minlaydi, BIMT a’zo davlatlari orasida boshqa ko’rinishdagi ma’muriy hamkorlikni rivojlantirishga ko’maklashadi.
BIMT o’z faoliyatida quyidagi asosiy maqsadlarni ko’zda tutadi:

        1. Davlatlar o’rtasida hamkorlik, shuningdek, boshqa ixtiyoriy xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqa yo’li bilan butun jahonda intellektual mulkni muhofaza qilish va undan foydalanishga ko’maklashish.

Intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida Ittifoqlar o’rtasida ma’muriy hamkorlikni ta’minlash. Parij Ittifoqi, Bern Ittifoqi, Madrid Ittifoqi, RST Ittifoqi va hokazo.
Shunday qilib, BIMT tarkibiga kiruvchi ittifoqlarni ma’muriy boshqaradi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hozirgi kunda sanoat mulki va mualliflik xuquqi sohasida 20 dan ortiq
xalqaro konvenstiya, shartnoma va bitimlarning bajarilishi BIMT nazoratida turibdi.
BIMT Konvenstiya doirasida ta’sis etilgan uchta rahbarlik organiga ega: Bosh Assambleya, Konferenstiya va Muvofiqlashtirish komiteti.
BIMTning yuqori organi Bosh Assambleya hisoblanadi. Bosh Assambleya BIMT faoliyatining asosiy masalalarini xal qiladi, xususan, Muvofiqlashtirish komissiyasining taqdimotiga ko’ra BIMT Bosh direktorini tayinlaydi, Bosh direktor va Muvofiqlashtirish komissiyasining hisobotlarini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi va ularga zarur yo’riqnomalar beradi, barcha Ittifoqlarga umumiy bo’lgan ikki yillik xarajatlar byudjetini tasdiqlaydi, kotibiyatning ish tillarini aniqlaydi, shuningdek boshqa ko’pgina masalalarni hal qiladi.
BIMT Konferenstiyasi muhimligi jihatidan BIMTning ikkinchi organi hisoblanadi. Assambleyadan farqli ravishda, ittifoqlarda ishtirokidan qat’i nazar barcha BIMT a’zo mamlakatlari Konferenstiya a’zosi hisoblanadi. Konferenstiyaning vazifalariga intellektual mulk sohasida barcha mamlakatlarga umumiy ahamiyat kasb etadigan masalalarni muhokama qilish va ular bo’yicha mos tavsiyanomalar qabul qilish kiradi.
BIMTning uchinchi organi asosan barcha Ittifoqlar uchun ahamiyatli bo’lgan kelishuv tavsiyanomalarini ishlab chiqish uchun tuzilgan Muvofiqlashtirish komiteti hisoblanadi. Xususan, Muvofiqlashtirish komiteta Assambleya va Konferenstiyaning kun tartibini tayyorlaydi, Assambleyaga Bosh direktor lavozimiga nomzodni taqdim etadi va hokazo.
Bosh Assambleya va Konferenstiya navbatdagi sessiyalarga ikki yilda bir marta yig’ilsa, Muvofiqlashtirish komiteti o’z sessiyalarini yilda bir marta o’tkazadi.
Talabnoma beruvchilar tomonidan RST, Madrid va Gaaga tizimlari bo’yicha to’lanadigan xalqaro bojlar Xalqaro byuroning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Bunday bojlar, odatda, BIMT daromadlari umumiy yirindisining 73%ni tashkil etadi. BIMTning boshqa daromadlari unga a’zo davlatlarning hukumatlari to’laydigan badallar (o’rtacha 18%) va BIMT nashrlarini sotishdan tushadigan daromadlardan tashkil topadi.
BIMT shuningdek rivojlanayotgan mamlakatlarda patent tizimining shakllanishiga texnik va moliyaviy yordam ko’rsatadi.
Shunday qilib, BIMT faoliyati butun jahonda intellektual mulk xuuquqlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish uchun mustahkam asos yaratadi.



Download 400,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish