Nazorat va mulohaza savollari
Logistik xizmat ko‘rsatish deb nimaga aytiladi?
Logistik xizmat ko‘rsatish necha guruhga bo‘linadi?
Xizmat ko‘rsatishni asosiy ko‘rsatkichlari haqida nima bilasiz?
Qanday harajatlar logistik xizmat harajatlarga kiradi?
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlariga qanday ko‘rsatkichlar kiradi?
15-bob
LOGISTIKA TAMOYILLARI ASOSIDA TOVAR O‘TKAZISH SAVDO TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Tovar harakatlarini tashkillashtirishning logistik yondoshuvi
Logistika tamoyillari asosida savdoni takomillashtirishning maqsadi – bu yuqori samarali tovar o‘tkazish tizimlarini barpo etish, ya’ni kerakli tovarning mavjudligini, kerakli joyda kerakli vaqtda, zarur miqdorda, kam chiqimlar va qulay narxlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ta’minlaydigan tizimni yaratishdir. Bu tizimlar tashqi muhitning o‘zgarishiga ko‘nikish hosil qilishlari zarurdir.
Ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo ombori, do‘konlar va ilarni bog‘lovchi transport bo‘g‘inlari birgalikdagi harakatlari bilan bu ishtirokchilar tovarlarni ishlab chiqarishdan boshlab ohirgi iste’molchiga ko‘taradilar.
90 yillarning boshlarida vujudga kelgan o‘zgarishlar savdo sohasida tarqoqlik jarayonlarini vujudga keltirdi. Natijada hozirgi davrda mamlakatda tovarlar harakatini vujudga keltirishning undagi ishtirokchilar harakatlarini muvofiqlashtirish juda sust darajada bormoqda.
Davlatning asosiy boshqaruvchi sifatidagi o‘rni hali yetarli emas. Bu zanjir bo‘yicha zaxiralarni taqsimlash tasodifiy xususiyatga ega va qulay maqsadlarga ega emas. Ulgurji omborlarda, transportga va do‘konlarda azaldan jarayonlar qo‘llanilgan bo‘lib, yuklar va axborotlarni ishlash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashmagan. Ishtirokchilar tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan uskunalar asosiy xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bog‘lanmagan.
Transportda tashish ishlari ayrim tashkiliy sabablarga ko‘ra juda yuqoridir. Do‘konlarda hamma vaqt ham transportlarning o‘z vaqtida yuk tushirish joylariga yaqin kelishlari tezda tushirish va tovarlarni qabul qilish imkoniyatlari bavjud emas. Ulgurji va chakana savdo jarayonlari, hamda transport ishlari rejalashtirishning yagona tizimi bilan muvofiqlashmagan. Logistikaning asosiy vazifasi bunday holatlarda birinchi navbatda texnika-texnologiya, iqtisodiy va uslubiy jihatdan ishtirokchilar tomonidan tovar harakatlarini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Logistika usullarini qo‘llashdagi asosiy shart-sharoitlardan bo‘lib, tovar harakatini tashkillashtirishda tovar harakatidagi ishtirokchilarning tashkiliy- iqtisodiy birligi hisoblanadi. Ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, hamda transport o‘zlarining harakatlarini birgalikda rejalashtirib muvofiqlashtiradilar.
Tarixan vujudga kelgan texnologiya jarayonlariga aniqliklar kiritiladi, hamda bevosita uzluksiz ravishda moddiy vositalar oqimini qulay tashkillashtirish asosida ishlab chiqiladi. Ishtirokchilar tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyalarning ko‘rsatkichlari yuzasidan kelishi olinadi, transport qilishning tartibi kelishiladi,
zaxiralar qayta taqsimlanadi, qo‘chimcha olinadigan daromadni taqsimlash tartibi aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda moddiy oqimni bevosita uzluksiz boshqarishning yagona vazifasi ajtariladi va ular bilan bog‘liq axborotlar hamda moliyaviy oqimlar bog‘lanadi.
Natijada tovar o‘tkazuvchi zanjirning ayrim bog‘inlari raqobatbardosh tizimiga birlashadi, hamda bevosita uzluksiz moddiy vositalar oqimini samarali boshqarish ta’minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz tadbirkorlari yetarli ravishda aniq tovar harakatidagi ishtirokchilarning birlashuvi zarurligini chuqur his etmoqdalar. Bunday yo‘nalishdagi harakatlarning misollariga ayrim mamlakatlarda barpo etilayotgan vertikal taqsimot savdo markazlarini TSM kiritish mumkin bo‘lib, ular tovarlar haqidagi axborotlarni va mintaqalardagi talablarni to‘playdilar.
Kontragentlarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, TSM supermarketlarga ko‘p ro‘yxatli tovarlarni yetkazib beruvchilarni izlab topish zaruratlaridan xalos etadi. Tovar yetkazib beruvchilar esa o‘zlarining sotish yuzasidan muammolarini hal etadilar.
Bunday holatda talabnomalar berish soddalashadi, hujjat aylanishlari keskin kamayadi, zaxiralarning aylanishi tezlashadi. TSM ning rivojlanishi natijasida firmali transport xizmati barpo etiladi.
Axborot, savdo, transport va ishlab chiqarish jarayonlarining birlashish bo‘yicha muqimligiga qaramasdan ligistikani tovar harakatlarini boshqarishning avtomatlashtirilishi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Axborot tizimlari logistik tizimning bir qismi bo‘lib, axborot bilan birgalikda, texnika, texnologiya, rejalashtirish va tovar harakatidagi ishtirokchilarning iqtisodiyotini ham bog‘laydi.
Tovar bo‘yicha uzluksiz bevosita ishlar texnologiyasi, axborot, bir-biriga bog‘langan texnologiya, muvofiqlashtirilgan rejalashtirish, bularning hammasi tovarni iste’molchiga kam harajatlar bilan, ularni aylanish va zararlarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi.
Masalan, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar tovar bilan ta’minlashda an’anaviy yashiklar o‘rniga idish uskunalari qo‘llanilsa, u holda ulgurgi-chakana savdo bo‘g‘inlarida 1 tonna o‘rab-bog‘langan tovarning mehnat harajatlari 6 tonna jarayonidan 1,75 ga tushadi.
Shuningdek transportning bekor turib qolishi keskin kamayadi. Biroq shuni aytish kerakki, aytilgan texnologiyani turg‘un ravishda qo‘llash uchun, logistik ravishda tashkillashtirilgan tovar harakati lozim bo‘ladi. Virtual tovar savdo markazlarining kuchu bilan esa, bu narsani hal etib bo‘lmaydi.
Tayyor mahsulotlarni tayyorlovchilardan ohirgi iste’molchiga qadar yetkazishni birlashtirish jarayonlarining texnika-texnologik tomonlarining masalalari mamlakatimiz tadbirkorlarining nazaridan hozircha uzoqroqda qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |