Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari bilan ta’minlash strategiyasi
Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari bilan ta’minlash strategiyasi moddiy boylik manbalarini taqsimlash, ushbu jarayonni texnik, texnologik, tashkiliy ta’minlash va mahsulotlar muammolari jarayonini tashkil qiluvchi elementlar uch yo‘nalishga aniq taqsimlangan.
Bozor tadqiqoti, iste’molchilar zahiralarini aniqlash, raqiblar takliflari va iste’molchilar talablarini o‘rganish va bozor iqtisodiyotini boshqarishning boshqa uslublaridan foydalanish asosida sotish bozori, ularni qo‘lga kiritish, kengaytirish, saqlab qolish asosida amalga oshiriladigan raqobat kursi.
Mahsulotlarni sotish bozorlarini aniqlash va moddiy boylik manbalari muomalasi jarayonining barcha bosqichlarida ularning barcha jismoniy harakatlari bo‘yicha hamma operatsiyalar aniq va mukammal o‘ylab chiqilgan, rejalashtirilgan
va tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha tashkil qilingan.
Mahsulotlar muammosi va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tovar harakatini tartibga solish.
Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari bilan ta’minlash strategiyasi moddiy - texnika ta’minotini tashkil qilish jarayonida logistika ta’minotlarini tanlash, xomashyo va materiallarni yetkazib berish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Moddiy boylik manbalarini yetkazib berish uch asosiy variantda bo‘lishi mumkin:
shaxsiy ishlab chiqarish hisobiga;
mavjud ta’minotchilar hisobiga;
yangi ta’minotchilarni jalb qilish hisobiga.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida rivojlanish va asosan kichiklari hisobiga yangi ta’minotlarni jalb qilish an’anasi kuzatiladi, bu materiallarning katta bo‘lmagan bir to‘pini olish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning moslashuvchanligini ta’minlaydi va kerak bo‘lganda bozor talablariga muvofiq yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishni tezlatishga imkon beradi. Shuning bilan bu bosqichda logistikaning maqsadi asosiy ishlab chiqarishni belgilangan vaqt tartibida, eng kam harajatlar bilan kerakli moddiy boylik manbalari bilan ta’minlashni rejalashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat.
Ayniqsa, zahiralarni boshqarishda logistikaning ahamiyati katta. Zahiralar transport, ishlab chiqarish va sotish o‘rtasidagi bufer vazifasini bajaradi. Hozirgi sharoitda zahiralar miqdori tez o‘zgarayotgan talab va korxona ishining bir maromdaligini ta’minlash uchun muvofiq bo‘lishi kerak.
Logistika tizimlarida zahiralarni saqlash bilan bog‘liq muomala vaqti va harajatlarini qisqartirishga alohida e’tibor beriladi, bular logistik harajatlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Shu sababli omborxona xo‘jaligini tashkil qilish, ortish - tushirish vositalarini qoplarga joylashtirish vositalarini qo‘llash va saqlash logistika tizimining muhim sohasi hisoblanadi. Xorijda Kanban, OPT, MRP, MRP-2 nomini olgan, logistikaga asoslangan «aniq muddatda» yetkazib berish tizimi ta’minotini tashkil qilishning keng yoyilgan tizimidir. Kanban tizimi Yaponiya korxonalarida keng qo‘llaniladi.
Kanban tizimidan foydalanuvchi yapon firmalari moddiy boylik manbalarini faqat ishonchli ta’minotchilardan xarid qilishga harakat qiladilar va ularni o‘z talablariga qaram qilib qo‘yadilar.
AQSHda rivojlangan OPT (ishlab chiqarish texnologiyasini muvofiqlashtirish) tizimi foydalaniladi. Tizimning asosiy tamoyili ishlab chiqarishda «tor» joylar yoki kamyob resurslarni aniqlash. Misol uchun xomashyo va materiallar, mashinalar, uskunalar, texnologik jarayonlar va xodimlarning ayrim turlari kamyob boylik manbalaridan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish tizimining rivojlanish sur’ati kamyob resurslardan samarali
foydalanishga bog‘liq. OPT tizimida ishlab chiqarishning bir kunga, haftaga va hokazo jadvalini shakllantirish amalga oshiriladi, iste’molchilar tomonidan buyurilgan mahsulotlarni ortib jo‘natishning nazorati muqobil resurslarni qidirib topish, kerakli materiallar yo‘q bo‘lganda ularni to‘liq holda almashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish masalalari hal qilinadi.
Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:
ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasi;
boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi;
tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar;
jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab qolganda va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni amalga oshirish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |