chizma. Korxona axborot bilan ta’minlanganligining samarali tuzilishi
Xomashyo va materiallar bozorini tadqiq qilish ayni vaqtda tadqiq qilinayotgan bozorlar turini aniqlashni ham talab qiladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
bevosita bozorlar (xomashyo va materiallar bozorini ta’minlovchilar);
o‘rinbosar tovarlar bozori (to‘la yoki qisman o‘rinbosuvchi tovarlar);
bilvosita bozorlar (yetkazib beruvchilar tomonidan qo‘llanadigan bozor);
yangi bozor.
Bu axborotlar talab, taklif va bozor balansi haqida bo‘lib, quyidagi savollarga javob berishi kerak:
tadqiq qilinayotgan bozorning tuzilishi qanday?
tadqiq qilinayotgan bozor qanday tuzilishga ega yoki u talab va taklifni qanday muvozanatlaydi?
bozor tuzilishi qanday yo‘llar bilan rivojlantirilishi mumkin?
Bu savollarni chuqurroq o‘rganish và ularga to‘la qonli javob berish uchun, ko‘p hollarda axborotlar quyidagi 3 yo‘nalishda beriladi:
bozorni zamonaviy tahlili;
bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi dinamikasi;
bozor o‘zgarishlari haqidagi bashoratlar.
Bozor tadqiqotlarini o‘tkazishda iste’molchilar muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor tadqiqoti bir firma ichida ham o‘tkazilishi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, bozor tadqiqotlaridagi juda muhim, qimmatbaho axborotlar aynan bir zavod yoki firmaning ichki faoliyatini nazorat qilishdan olinadi.
Bozordagi homashyo hamda komplekt materiallarga bo‘lgan talabni o‘rganish, yangi tovar ustida ish olib borish bilan birgalikda o‘tkaziladi. Materiallar miqdori, ularni yetkazib berish, materiallar kelib tushishining davomiyligi korxonaning biznes rejalaridan kelib chiqadi.
Bozorni o‘rganib va aniq bir yetkazib beruvchilarga to‘xtalgan holda savdo bo‘limi korxona talab qilayotgan ma’lum bir mahsulotlarni ajratib olishi kerak. Talabni aniqlashtirishda zahiralarni iste’mol qilishni boshqarish strategiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talabni o‘rganish avvalambor, tovar va xizmatlar sifatiga, miqdoriga ikki xil usul bilan ta’sir qiladi: birinchisi, talabni buyurtmalar bo‘yicha o‘rganish va talabni rejali, harajatlar asosida o‘rganish; - ikkinchisi, agar talabni buyurtma asosida o‘rganishning iloji bo‘lmasa, u holda talabni harajatlar orqali aniqlash usuli qo‘llaniladi.
G‘arb mamlakatlarida firma tomonidan egalik qilingan tovarlar, ularning turi va sotib olish usullari bilan turkumlanadi. Bu xilma - xillikdan ma’naviy ravishda quyidagi tovarlar turi ajratiladi: xomashyo va asosiy materiallar; yoqilg‘i; komplektlovchilar va asbob - uskunalar.
Materiallarni yetkazib berish usullari xilma - xildir. Uzoq muddat saqlash talab qilinmaydigan tovarlar, iste’mol qilinishga juda oz muddat qolganida sotib olinadi. Bir marta yoki doimiy iste’mol qilinadigan materiallar yetkazib berish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda sotib olinadi. Bu usullar natijasida firma zahirasidagi materiallar kamayadi. Harajatlarni kamaytirish maqsadida ma’lum bir tovar turlari kichik guruhlarga jamlash turlari kichik guruhlarga jamlash shu maqsadlarda barcha firmalar komp’yuterlarning internetga ulangan aloqalaridan foydalana boshlashlari kerak.
Egalik qilinayotgan tovarlarning narxi - sotish siyosatida eng muhim element hisoblanadi. Savdo narxining tahlilida hisob-kitoblarning bir necha usullari qo‘llaniladi:
kalkulyatsiyaning oddiy usuli (umumiy harajatlar ko‘rsatkichi ishlab chiqarish ko‘rsatkichiga bo‘linadi);
ekvivalent ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-kitob (harajatlar, alohida bo‘limlar bo‘yicha taqsimlanadi va o‘rtachasi olinadi);
doimiy hisob-kitoblar (BTA boshqarish tizimini avtomatlashtirish bazasidagi har bir operatsiyada yuzaga keladigan harajatlarning aniq hisob-kitobi).
Narxlar tahlili qo‘shimcha ish va xizmatlarni ham hisobga oladi. Masalan, maslahatlar berish, hujjatlashtirishga tayyorgarlik, qadoqlash, bojxona bojlari, yetkazib berish va boshqalar. Bunday holatlarda narxlar tahlilining quyidagi usullari qo‘llaniladi:
hamma bosqichdagi narxlar tahlili - mahsulotning paydo bo‘lishidan to iste’molchiga yetib borishiga qadar bo‘lgan vaqt (ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olgan holda tovarning sof (netto) narxi belgilanadi);
ish va xizmatlarning umumiy qiymatini hisobga olgandagi narx tahlili (bu erda nazorat, saqlash va moliyalashtirishga ketgan qo‘shimcha harajatlar ham hisobga olinadi);
tovarning foydaliligiga asoslanib belgilangan narx tahlili;
o‘xshash tovarlar narx ko‘tarilishining yo‘nalishi tahlili;
yangi mahsulotga nisbatan narx tahlili;
vaqt oralig‘idagi narx tahlili;
tovarning bir-biriga ketgan harajatlar bo‘yicha narx tahlili;
sirg‘aluvchi narxlar yordamidagi tahlil.
Odatda xaridor tovar narxlarning hammasini bilishi shart emas, buning uchun xaridor va sotuvchi o‘zaro harajatlar haqida axborot almashsalar yetarli. Bular ichiga yetkazib berish haqidagi qisqa muddatli shartnomalar ham kiradi.
Transport harajatlari moddiy-texnika ta’minoti organlarining ham nazorati ostida bo‘ladi. Bunda faqat masofaning uzoqligi emas, balki transport turi, yetkazib berish tezligi, tovarlarning qadoqlanishi, tushirish usullari ham e’tiborga olinadi. Transport harajatlarining asosiy qismini materiallarni saqlash uchun ketadigan harajatlar tashkil qiladi.
Turli firmalardagi ta’minot xizmatining asosiy vazifasi firmalarga yetkazib beruvchilarni tanlash hisoblanadi. Bu tanlov hozirgi kunda asosan 2 ta usulda o‘tkaziladi. Birinchi usul bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlar va takliflarning tahlili, oldi - sotdi uchun javob beruvchi savdo agenti tomonidan amalga oshiriladi. Eng arzon narxlardan kelib chiqqan holda yetkazib beruvchini tanlash, buyurtma berish, buyurtma bajarilishini nazorat qilish va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish savdo agenti zimmasiga yuklatilgandir. Hamma muammolar zamonaviy aloqa vositalari yordamida hal qilinadi. Ikkinchi usul, shikoyatlar hamda yetkazib berishga bo‘lgan talab hamkasblar tomonidan
umumiy hal qilinishini nazarda tutadi. Tahlil har bir bo‘limda bir xilda o‘tkaziladi. Bu savdo - sotiq bo‘limida ham, tovar sifatini nazorat qilish bo‘limida ham o‘tkaziladi. Uchinchi usul ham mavjud bo‘lib, bunda yangi, yaxshi o‘rganilmagan bozorni korxona tomonidan ta’minotining qondirilishidir. Bu asosan yangi tovarlarga talabning paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.
1980 - yillarda korxona faoliyatining rejali boshlanishi yaxshi shakllangan korxona faoliyatini rejalashtirishda bir qator omillar hisobga olinadi, xususan: inflyatsiya tezligi; bir qator mamlakatlarda valyuta devalvatsiyalanishi, narx o‘sishiga ta’sir qiluvchi omil; yetkazib berish bozorida kapital konsentratsiyasining o‘sishi; ishlab chiqarishning texnologiya tomonidan rivojlanishi; yangi materiallarning paydo bo‘lishi va boshqalar. Ko‘pgina firmaning boshqaruv xodimlari shuni tushunib etishdiki, yetkazib berish bozori bilan bo‘ladigan aloqalarning rejalashtirilishi, oldi-sotdi bozorini tahlil qilish va rejalashtirish kabi juda muhimdir.
G‘arb mamlakatlarida tovar va komplekt mahsulotlar yetkazilishining sifatli bo‘lishi, firmalar ta’minot bo‘limining asosiy muammolaridandir. Shuni aytib o‘tish kerakki, yetarli darajada raqobatchilarning mavjud bo‘lishiga qaramay, sifat muammosi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘pgina G‘arbiy Yevropa, Amerika, Yaponiyadagi kompaniyalar o‘rtasida kuchli raqobat bormoqda. Bu raqobatda asosiy e’tibor yetkazib berish manbalariga qaratiladi. «ITT Kennon Nort Amerika» bu usulda juda malakali hisob kompaniyasini boshqarish tizimida
«yetkazib beruvchilarni tanlab olish guruhi» deb nomlangan bo‘lim mavjud bo‘lib, bu bo‘limga material texnik ta’minot bo‘limlari, moliyaviy xizmat, ishlab chiqarish bo‘limi xodimlari a’zodirlar. Guruh korxona tomonidan qo‘yilgan barcha talablarga to‘laqonli javob beruvchi ishchilarni, yetkazib beruvchilik vazifasiga qabul qiladi. Yetkazib beruvchining imkoniyatlarini o‘rganishda asosan quyidagilar e’tiborga olinadi:
talab darajasidagi tovarlarni ishlab chiqarishda asbob - uskunalarning mavjudligi;
kerakli anjomlar bilan dasturda ko‘rsatilganligi bo‘yicha tovar sifatini tekshirishga sharoitning mavjudligi;
chiqayotgan xomashyo va materiallarni nazorat qilish, attestatsiyadan o‘tkazish;
ishchilarning nazorat qilinishini aniqlovchi hujjatlar hamda qo‘llanmalarning mavjudligi;
ishlab chiqarishni to‘laligicha nazorat qiluvchi hujjatlarning mavjudligi.
G‘arbiy Yevropa kompaniyalarining ta’minot bo‘limi oldida turgan vazifalardan yana biri yetkazib beruvchi resurslar hamda iste’molchi talabining muvozanatini aniqlashdir.
Misol tariqasida «Eripson informeyshn sistems» deb nomlanuvchi shved kompaniyasining faoliyatini ko‘rib chiqish mumkin. Bu kompaniya o‘zinig ta’minot tizimini ishlab chiqargan. Bu tizimga ko‘ra, savdo markazi yangi tovar
ishlab chiqarish bilan bog‘lanadi. Bunda firma bo‘lajak iste’molchilar talabini qondiruvchi yetkazib beruvchilarni tanlaydi va ularni yangi tovar ishlab chiqarishda qatnashishga undaydi.
Shvetsiyadagi «Saab - Skakia» kompaniyasining ta’minot bo‘limi vazifasiga quyidagilar kiradi: talablarni qondirishning texnik usullarini topish; texnologiyalarni qayta ishlashda aniq o‘zgarishlarni yaratish; korxonani test o‘tkazuvchi laboratoriyalar bilan ta’minlash.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, korxona ta’minot bo‘limining yangi vazifalarini ko‘rsatish mumkin. Ular: korxona ichki faoliyat tahlili; dizayni; o‘xshashini ishlab chiqarish; tovar ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni hisobga olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |