Toshkent davlat iqtisodiyot


Zahiralarning belgilanishi va turlari



Download 470,38 Kb.
bet37/118
Sana14.04.2022
Hajmi470,38 Kb.
#552118
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Zahiralarning belgilanishi va turlari


Aytib o‘tilganidek, zahira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki xomashyoning birinchi manbadan so‘nggi iste’molgacha bo‘lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zahira ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zahiralarni


boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xomashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu mahsulotning so‘nggi iste’molchiga yetkazilishida zahiralarning ikki asosiy turi tashkil etiladi: (16-chizma)

  1. Ishlab chiqarish zahiralari.

  2. Tovar zahiralari.

O‘z navbatida bu zahiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
a) joriy zahiralar; b) sug‘urta zahiralari; v) mavsumiy zahiralar.




Joriy zaxiralar

Sug’urta zaxiralari

Mavsumiy zaxiralar

16-chizma. Moddiy zahiralarining asosiy turlari

Zahiralar yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi bevosita bog‘lanishni kuchsizlantirish uchun xizmat qiladi. Zahiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bilan yetkazib berilayotgan xomashyo bilan ta’minlashga, shuningdek, xomshyoni optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xomashyo zahiralari shu xomashyoni yetkazib beruvchining mahsulot ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan bog‘lanishini kuchsizlantiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar zahirasi alohida sexlarning bir - biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi.


Zahiralar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Bufer zahiralar yetkazib beruvchi va iste’molchilar orasida tashkil etiladi. Bu zahiralar materiallar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan qoplamalar uchun o‘z vaqtida etib kelmaslikni to‘ldirish, mahsulotni xarid qilish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, mahsulotni qulay hajmdagi partiyalar bilan ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

  2. Tayyor mahsulot zahiralari qulay hajmdagi mahsulot partiyalari bilan ishlab chiqarishni ta’minlash, kutilayotgan talabni qondirish, haqiqiy talabning istiqbollashgan zahiradan farqlanishini qoplash maqsadlariga xizmat qiladi.

  3. Ushlanib qolishlarni qoplash uchun zahiralar material resurslarning harakatlanishi bilan bog‘liqdir. Agar ushlanib qolish vaqti ma’lum bo‘lsa, bunday zahiralar hajmini aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.

  4. Kutilayotgan talabni qondirish uchun kerak bo‘lgan zahiralar istiqbollashayotgan talabni qoplash uchun xizmat qiladi. Talabning hajmi va vaqti aniq hisoblangani uchun bunday zahiralarning aniqlanishi qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.

  5. Kafolat zahirasi talabning aniqlab bo‘lmaydigan o‘sishini qondirish uchun xizmat qiladi. Bu zahiralarning mavjudligi haqiqiy talabning istiqbollashayotgan talabdan farqini qoplaydi.

Logistika konsepsiyasining amaliyotda qo‘llanishi korxona va firmalarda yalpi zahiralarning muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Zahiralarni qulaylashtirish mezoni xarid bo‘yicha harajatlar mahsulotning yo‘qligi natijasida hisoblanadi.
Xarid bo‘yicha harajatlarga quyidagilar kiradi: buyurtmani qayd etish bo‘yicha harajatlar; yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan tovarlar va kommunikatsiya haqida shartnomani qayd etish bo‘yicha harajatlar, agar transportda tashish narxi qabul qilinayotgan tovarning narxiga kirmasa; transport harajatlari, tovarni qabul qilish va omborda saqlash harajatlari. Bularning ayrimlari buyurtmada belgilanadi va buyurtma hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqalari esa, masalan, transport va ombor harajatlari buyurtma hajmiga proporsional bog‘liqdir.
Zahirani saqlash bo‘yicha harajatlar omborda mahsulotni ma’lum vaqt davomida saqlash harajatlari bilan belgilanadi va bevosita ombordagi mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bunga ombor harajatlari, renta harajatlari (agar inshoot ijara qilingan bo‘lsa), ishlab chiqaruvchi birlikka tegishli omborlarning mohiyati uchun joriy harajatlari kiradi. Bu tur harajatlarga kapital harajatlar kiradi. Bu guruhga, shuningdek, sug‘urta va soliq harajatlari ham kiritiladi. Sug‘urta harajatlari zahira yong‘in yoki o‘g‘rilik natijasida yo‘qolishlaridan himoya sifatida ishlatiladi. Zahiralar hisoblangan kun bo‘yicha soliqqa tortiladi. Bu guruhga tabiiy ofat va zahiralarning buzilishlari natijasidagi yo‘qotishlar ham kiritiladi.
Mahsulot yo‘qligi natijasida ishlab chiqaruvchi omborda mahsulot yo‘q bo‘lganligi natijasida to‘satdan hosil bo‘lgan talabni qondira olmaydigan yo‘qotishlarga duch keladi. Bu yo‘qotishlar ikki turga bo‘linishi mumkin:

  1. Yo‘qotilgan sotishlar qiymati, bunda buyurtmachi o‘z buyurtmasini boshqa ishlab chiqaruvchiga beradi. Bu usulda harajatlar ko‘zda tutilgan harajatlardan foyda yo‘qotish bilan aniqlanadi.

  2. Buyurtmachi buyurtma berilishini kutib turadi. Sotuvlar yo‘qotilmagan, balki surilgandir. Ammo kutish qo‘shimcha harajatlarni, buyurtmani qayd etish uchun, transport va ombor harajatlari va boshqalarni tug‘dirishi mumkin. Bu harajatlarni aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.




    1. Download 470,38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish