Moddiy oqimlarni bashorat qilish va strategik reja ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari
Har bir rejani tuzish, uning ko‘rsatkichlarini hisoblash bilan bog‘liq bo‘ladi. Logistika strategik rejasi ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ular quyidagilardan iborat:
Kapital qo‘yilma qaytimi (KQ) yoki kapital qo‘yilmaga olinadigan
foyda.
Foyda x 1 %
KQ x 100 %
qo‘yilgan kapital
Sarmoya hajmiga qarab, kapital qo‘yish foydaga qo‘shimcha ravishda
foyda olish imkonini yaratadi.
Logistika tizimi sarmoya loyihalari bir necha usullar bilan baholanadi. Lekin logistik tizimda har xil tahlil uchun bir xil, ya’ni toza foyda va undan qoladigan qo‘shimcha daromad hisoblanadi. Logistika tizimi samaradorligini oshirish uchun qo‘yiladigan sarmoya loyihalari chuqur tahlil qilingan bo‘lishi lozim, u loyihaning maqsadi nima? Loyihaga sarflanadigan harajat va foyda miqdori qancha? Firma rivoji va taraqqiy etishiga ushbu loyihaning ta’siri qanday? Loyiha ta’sirida firmaning tashkiliy tuzilishi qanday o‘zgaradi kabi savollarga javob berish lozim.
Sarmoyaviy loyihaga baho berishning bir necha usullari bor va ular quyidagilar:
O‘z-o‘zini qoplash usuli eng oson va eng sodda hisoblash usuli bo‘lib, logistika tizimiga qo‘yilgan sarmoyani qoplash (Skon) muddati aniqlanadi. Bunda sarmoya summasini daromadga bo‘lib, necha yilda sarmoya loyihasi to‘planishi aniqlanadi. Buni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz:
Skon - sarmoyani qoplash muddati;
Boshlang‘ich sarmoya kapitali (summasi) - 50000 $ - Bs; yillik foyda bashorati - 45000 dol. - Fb;
yillik harajat bashorati - 35000 dol. - Xb; yillik qo‘yilma bashorati - 5000 dol. - Vk.
Bs 100 ming.
Skon. Fb - Xb 45000 - 35000
10 yil
Bu usul juda qulay bo‘lib, ushbu qulaylik kamchiliklarni ham keltirib chiqaradi: bu formulada ko‘rsatkichlar shunday olinadiki, 1 yildagi ko‘rsatkichlar keyingi yilga mos kelmasligi mumkin.
O‘rtacha qoplash usuli (Ukon.), bu usulga amortizatsiya va kapital qo‘yilmasi kiritilgan. Bu usulning ham o‘ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud. Bu usulda hisoblash qulay, lekin bunda ham 1000 dol. 5 yildan keyin ham 1000 dol. qilib olingan. Bu usulni quyidagi misolda ko‘ramiz:
Sarmoya hajmi - S - 80000 dol. - K;
yillik daromad bashorati - 60000 dol. - Db; yillik harajatlar bashorati - 48000 dol. - Xb; amortizatsiya - 8000 dol. - A;
yillik qo‘yilma bashorati - 2000 dol. - Qb; qo‘yilma qoplanish muddati - 10 yil - Skon; foydalilik - F.
Kb 2
P ------- ------- x 100 25 % A 8
O‘rtacha o‘z - o‘zini qoplash 10 yil ichida 8000 ming dol.ni tashkil etdi.
S 80
Ukon 8 ming dol.
Skon. 10
Diskontirovkali usulning bir necha turlari mavjud. Ular quyidagi formula orqali hisoblanadi:
S S
R R =
(1 CH) p (1 + CH) n
Bu yerda : R - diskontirovka narxi, S - yil oxirida olinadigan mablag‘, ch -
% miqdori, p- yillar soni.
Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin: Agar korxona sarmoyadan 10
% foyda ko‘radigan bo‘lsa, 200 ming dol.dan birinchi yil 220 dol., 2-yil 242 dol. bo‘ladi. Lekin diskontirovkani hisobga olganda, 2 yil ichida bu summa 1652 dol.ni tashkil etdi.
S 200
R
(1 0,1)1
165,2 dol.
Balans:
Boshlang‘ich harajatlar - 165,2 10 % birinchi yil uchun - 16,5
yil uchun balans - 181818 10 % ikkinchi yil uchun - 18,1
yil uchun balans - 200.000
Sof diskontirovka bahosi - diskontirovkalarning umumiy balansi bo‘lib, u eng kam diskont darajasida tuziladi.
Logistika loyihasini tuzishda inflyatsiyani ham nazarda tutish lozim.
Bundan quyidagi formula kelib chiqadi:
S S
R = R = ;
(1 ch F) 4%p (1 ch F) x p
Bu yerda: R - kelajak mablag‘larining diskont bahosi, S - yilning oxirida olinadigan summa, ch - % miqdori F - inflyatsiya darajasi, p - yillar soni
Misol: CH = 10 %; F 15 % ; S 200.
4 yildan keyin 200 dol.ning diskont bahosi qanday bo‘ladi.
200
R (1 0,1 0,15)k4
81,296 dol.
Do'stlaringiz bilan baham: |