Logistikada bashoratlash usullari
Logistik operatsiyalarni rejalashtirish va boshqarishda ko‘pincha bashoratlashning har xil usullari va modellaridan foydalaniladi. Iste’mol talabi, moddiy resurslarni sarflanishi, zahiralar darajasining aniqligi va ishonchliligiga amalda barcha logistik konsepsiyalar, ayniqsa JIT, DDT ni amalga oshirishning samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Logistik menejerlar o‘zlarining amaliy faoliyatlarida talab qilinadigan aniqlik, dastlabki axborotlarning hajmi va turi hamda boshqa omillarga ko‘ra bashoratning har xil usullaridan foydalanadilar, buning ustiga ko‘pgina hollarda bu maqsad uchun standartli yoki shaxsiy komputer dasturlarini qo‘llaydilar. Talab va tayyor mahsulotni sotish hajmini bashoratlash logistikada bu usullarning qo‘llashning asosiy sohasi bo‘ladi. Ishlab chiqarish ichidagi logistikaning maqsadlari uchun moddiy resurslarga ehtiyojni
bashoratlash katta ahamiyatga ega, bu haridlarni boshqarish va sotishdan keyingi servis uchun dolzarb bo‘ladi.
Bashoratlash logistik rejalashtirishning har xil turlari: strategic, taktik, operativning ajralmas qismi bo‘ladi. Rejani ilmiy asoslash vositasi bo‘lgan holda, bashorat rejalashtirish uchun zaruriy axborotlarga ega bo‘lishi, logistik menejment jarayonini rivojlanish harakterining ehtimol bo‘lgan baholanishi va logistik tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishning ehtimol bo‘lgan yo‘lini o‘z ichiga olishi kerak. Umumiyroq nuqtai nazardan, bashorat – bu logistik jarayon, tizim yoki alohida elementlarning kelajakdagi belgilangan paytdagi holati va bu holatga erishishning muqobil yo‘llari haqidagi ehtimol bo‘lgan mulohazadir. Iqtisodiy bashorat iqtisodiy tizimni rivojlanishining ehtimol bo‘lgan yo‘nalishlari va har xil variantlarni belgilashga imkon beradi, hamda uni faoliyat yuritishining aniq maqsadlarini tanlashda yordam beradi. Shuning uchun logistikada bashoratni belgilanishi mikro va makro logistik muhit o‘zgarishlari tendensiyasini ochishdan va logistik operatsiyalar dinamikasining firma menejmenti hodimlariga zarur bo‘lgan ehtimol bo‘lgan miqdoriy va sifatiy baholarini olishdan iborat bo‘ladi.
Bashoratlashning umumiy sxemasida obyekt yoki jarayonning qandaydir
parametric bashoratini olish uchun bashoratlashning belgilangan modeliga ega bo‘lishlari kerak, undan o‘tmishdagi vaqtning belgilangan oralig‘i uchun retrospektiv (o‘tmishdagi) axborotlar, vaqtning hozirga payti parametri haqidagi axborotlar va ba’zi tashqi muhit haqidagi bashoratli axborotlardan foydalaniladi. Olingan bashoratning aniqligi va ishonchliligi dastlabki axborotning hajmi, aniqligi va ishonchliligi, qo‘llanilayotgan usulning to‘g‘riligi va bashoratning chuqurligiga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda bashoratlashning juda katta miqdordagi har xil usullari mavjud bo‘lib, ularning katta qismi faktografika, ya’ni obyektning o‘tmishdagi hulqi haqidagi axborotlar – retrospektiv axborotlardan foydalanuvchi usullarga kiradilar. Bashoratlash usullarini ehtimol bo‘lgan tasniflanishidan biri 38–chizmada berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |