17-chizma. Zahiralarni davr oralig‘i zahirasi holati ustidan nazorat qilish tizimining jadval modeli
Bu yerda:
T - buyurtma qaytarilishining vaqt oralig‘i - tizim uchun o‘zgarmas kattalik (bu misolda 3 kun);
t - buyurtmani berish va bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt (bu misolda 1
kun);
R1 Rz... Ri - alohida i buyurtmaning kattaligi;
Z max - me’yor bilan ko‘zlangan maksimal zahira; Zx - tekshirish vaqtida haqiqiy zahira;
Zg - buyurtmani berish va bajarish uchun zarur bo‘lgan 1 vaqt ichida
ishlatilgan zahira;
A - qat’iy talab bo‘lgan vaqt oralig‘i; V - talab bo‘lmagan vaqt oralig‘i.
Zahiralarning o‘zgarishini ko‘rsatuvchi chiziqlar maydonlarining og‘ish burchaklari bilan tavsiflangan talab shiddatli bu modelda o‘zgaruvchan kattalikdir (siniq chiziq har xil maydonlarining og‘ish burchagi bir xil emasdir). Buyurtma bir xil vaqt oralig‘i ichida berilgani uchun har xil oraliqdagi buyurtma qilinadigan to‘dalarning hajmi ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, bu tizimni har xil hajmdagi partiyalarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda qo‘llash mumkin (masalan, buyurtma qilingan tovar konteynerda yetkazib berilishi holatida bu tizimni qo‘llash mumkin emas). Undan tashqari, agar buyurtmaning yetkazib berilishi yoki joylashtirish qimmatga tushsa, bu tizim qo‘llanilmaydi. Masalan, agar o‘tgan davrda talab yuqori darajada bo‘lgan bo‘lsa, buyurtma ham kam bo‘ladi. Buni esa buyurtmani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar sezilarli bo‘lmagan sharoitda amalga oshirish mumkindir.
Ta’riflanayotgan tizimning xususiyati shundaki, bu tizim kamyob tovar
mavjud bo‘lishiga imkon beradi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, agar talab birdaniga o‘sib ketsa (ya’ni, chizma keskin pastga tushib ketsa - A maydon), zahira buyurtmani berish muddatidan oldin tugab qoladi. Bu shuni bildiradiki,
kamyob tovar ehtimolli yo‘qotishlar korxona uchun sezilarli darajada bo‘lmasa, nazorat tizimi qo‘llanishi mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i zahiraning holati ustidan nazorat qilish tizimi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to‘dalarda buyurtmalarni olishga imkon tug‘diradi;
buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha harajatlar yuqori
emas;
- ehtimolli kamyob tovar bo‘lgan yo‘qotishlar nisbatan katta emas. Amaliyotda bu tizim bo‘yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan ko‘p
tovarlardan birining talab darajasi nisbatan bir qator bo‘lgan tovarlar, qimmatli tovarlar va hokazolarni buyurtma qilish mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zahiralari holati ustidan nazorat tizimi. Zahiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zahiraning to‘ldirilishiga buyurtmaning hajmi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo‘lishi mumkin (18-chizma).
Bu tizimda me’yorlangan kattaliklar buyurtma hajmi, buyurtmani joylashtirish vaqtidagi zahira hajmi (buyurtma nuqtasi) va sug‘urta zahirasining hajmlari hisoblanadi. Yetkazib berishga buyurtma naqd zahiraning buyurtma nuqtasi kamayganda joylashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, buyurtmani joylashtirishdan so‘ng zahira kamayishini davom ettirayapti, chunki buyurtirilgan tovar darrov olib kelinmaydi. Buyurtma nuqtasidagi zahira hajmi odatdagi ish holatida t vaqt ichida zahira sug‘urta zahirasidan pastga tushib ketmasligi uchun tanlanadi. Agar talab birdagina o‘sib ketsa (chizma chizig‘i keskin pastga tushadi
- A maydon) yoki yetkazib berish muddati cho‘zilsa ((t > t) - V maydonda), sug‘urta zahirasi ishga tushadi. Bunda korxonaning tijorat xizmati qo‘shimcha yetkazib berishni ta’minlaydigan chora - tadbirlarni qo‘llashi kerak. Ko‘rinib turibdiki, nazoratning bu tizimi korxonani kamyob tovarlar vujudga kelishidan himoya qiladi.
sug‘urta
Do'stlaringiz bilan baham: |