256
Sotuvdan oldingi xizmatlar – xaridorni va tovarni sotuvga va xaridga tayyorlash
bilan, sotuv bilan va xaridorlarni jalb qilish bilan bog‘liq faoliyat turlaridir. Masalan,
mebel magazini uchun sotuvdan oldingi xizmatlar qatoriga mebel tarkibiy qismlarini
ochib olish, himoya qoplamini olib tashlash, mebelni yig‘ish, uni savdo zalida
joylashtirish, xaridorlar uchun narxko‘rsatkichlar tayyorlash kiradi.
Sotuvdan keyingi xizmatlar – mahsulot sotilgan paytdan boshlab uni utilizatsiya
qilish paytigacha bo‘lgan davrda ko‘rsatiladigan barcha xizmat turlaridir. Mebel
magazini uchun bunday xizmatlar qatoriga mebelni yetkazib berish, uni yig‘ish,
mebelga qarash bo‘yicha maslahatlar berish kiradi.
Texnikani ekspluatatsiya qilish jarayoni murakkablashganda ekspluatatsiya
bosqichda tovar sifati ta’minlaydigan va shu tariqa tovar uning uchun xarid qilinadigan
ehtiyojni qoniqtiradigan sotuvdan keyingi xizmatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Gap
bu yerda texnik, maslahat, kasbiy o‘qitish va h.k. xizmatlar haqida boradi. Bu
xizmatlarni ko‘rsatish bitta asosiy maqsadga – tovarni ekspluatatsiya qilish jarayonida
uning sifatini ta’minlashga bo‘ysunadi. Sotuvdan keyingi xizmatlar bo‘ysunish
xarakteriga ega va iste’molchining ekspluatatsiya qilish murakkab bo‘lgan mahsulot
(texnika) xarid qilishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Ta’kidlash joizki, tovardan foydalanish huquqini muvaffaqiyatli amalga oshirish
bugungi kunda sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish samarali modeli mavjudligiga
bog‘liq. Agar sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish majburiyati bilan ta’minlanmasa,
murakkab narsalardan foydalanish huquqi mulkdor uchun yuridik funksiyaga aylanishi
mumkin. Iste’molchini nafaqat moddiy vosita, balki uning yordamida ehtiyojlarni
qondirish imkoniyati qiziqtiradi, boshqacha qilib aytganda, iste’molchini real xarid
qilinadigan moddiy vositaga kiritilgan xizmatlar yig‘indisi qiziqtiradi.
Iste’molchilar uchun sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish muammosi dolzarb
bo‘lib qolaveradi, chunki texnikaning ishsiz turib qolishidan ko‘riladigan ziyon katta,
asbob-uskunalarning ko‘plab turlari ish qobiliyatini saqlash xarajatlari esa ularni
yaratishga sarflangan boshlang‘ich xarajatlardan katta bo‘ladi, masalan, traktorlar
uchun bunday xarajatlar boshlang‘ich qiymatdan 3-4 baravar katta bo‘ladi.
257
Xaridor ehtiyojlarni qondirishda uchraydigan xarajatlar darajasi va ehtiyojni
qondirish darajasi tovar raqobatbardoshligini baholashda muhim omillar sanaladi.
ehtiyojni qondirish darajasi mahsulot sifati va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan
belgilanadi.
Kafolat - xaridorni tovar yoki xizmat qabul qilingan sifat bo‘yicha standartlarga
mos kelishiga ishontirishdir.
Kafolatli servis - texnikaning to‘xtamasdan (buzilmasdan) ishlashi ularga
bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni o‘z vaqtida va bepul amalga oshirish. Xaridorni
kafolat xizmatlari haqida xabardor qilish uchun mahsulot pasportida albatta servis
xizmatlari ko‘rsatilishi haqida axborot va xizmat ko‘rsatish markazlarining manzili
ko‘rsatiladi. Kafolat xizmatlari hajmi va kafolat muddati tovar qiymatiga, uning
murakkabligiga va xizmat muddati uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Rivojlangan bozor
munosabatlari sharoitlarida kafolat xizmatlari hajmi va muddati bo‘yicha uzaytirilishi
mumkin.
Kafolatdan keyingi servis xuddi shu muammolarni hal qilishga yo‘naltiriladi,
faqat belgilangan narx va tariflar bo‘yicha pullik asosda amalga oshiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, servis xizmatlari tizimi tovarning ajralmas qismi
sanaladi va firma raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli firma
maxsus servis xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantiradi. Servis u yoki bu tovarning
iste’mol baholari yuqoriroq bo‘lishiga erishishga xizmat qiladi.
Servisni amalga oshirishga asosiy yondashuvlar 15.4-jadvalda aks ettirilgan.
Iste’molchiga servis xizmatlarini turli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin, chunonchi:
➢ ishlab chiqaruvchi korxonaning servis bo‘limi;
➢ tovarni sotuvchi agentlar (dilerlar);
➢ ishlab chiqaruvchi korxona bilan shartnoma bo‘yicha maxsus xizmat
ko‘rsatuvchi firmalar;
➢ iste’molchidan to‘lov evaziga maxsus xizmat ko‘rsatuvchi firmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: