6.3.Narxni shakllantirish usullari
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari sanoat bozorida mahsulot narxini belgilab
beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Soddalashtirligan tarzda narx belgilash
jarayoni ushbu holatda quyidagicha bo‘ladi: barcha ishlab chiqarish xarajatlari
ko‘rsatkichlarini baholash, foyda olish uchun belgilangan ustama va mos keluvchi
qayd qilingan xarajatlar oqilona ulushini qo‘shish, bunda ehtimoliy sotuv hajmiga
nisbatan bashoratlarni e’tiborga olish lozim.
Xarajatlar asosida narx shakllantirish maksimal foyda olishni ta’minlashi lozim
bo‘lgan narx belgilash, talab va narx o‘rtasidagi nisbatni baholash muammosi bilan
bog‘liq qiyinchiliklarni aylanib o‘tishga imkon beradi. Xarajatlar asosida narx
shakllantirish ishonchliroq hisoblanadi: agar ishlab chiqarish hajmining maqsadli
bashoratlari to‘g‘ri bo‘lsa, bunda korxona investitsiya qilingan kapitalga maqsadli
foyda olinishidan ishonchi komil bo‘lsa bo‘ladi.
Xarajatlar asosida narx shakllantirish bilan boshqa qiyinchiliklar ham bog‘liq.
Birinchidan, bir nechta mahsulotlar uchun umumiy bo‘lgan qayd qilingan xarajatlarni
alohida har bir mahsulot uchun hisoblab chiqish doimo oson bo‘lmagan. Ikkinchidan,
investitsiyalar maqsadli qaytimi yoki foyda hajmi noo‘rin bo‘lib chiqishi mumkin.
Uchinchidan, narxni bozorda talab qilingan mahsulot miqdori bilan bog‘lashga harakat
117
qilinmaydi. Bu esa xarajatlar narxlardan qat’i nazar bashorat qilinadigan sotuv hajmini
e’tiborga olgan holda hisoblab chikilishini anglatadi. Xarajatlar asosida narx
shakllantirish talab asosida narx shakllantirishdan ko‘ra kamroq sonda bashoratlar
talab qiladi.
Narx
shakllantirishga
qabul
qilinadigan
qiymat
asosidagi
yondashuv
mahsulotning mijoz uchun qanday qiymat kasb etishini aniqlashni talab etadi. Bitta
mahsulotning o‘zi turli mijozlar uchun turlicha qiymatga ega bo‘lishi mumkinligi
sababli qabul qilinadigan qiymat asosida narxni shakllantirishning asosiy sharti
bozorni segmentlash hisoblanadi. Ayrim bozor segmentlarida narxga oid
moslashuvchanlik boshqa segmentlardan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, tovar
taklifi va xizmatlar paketi tarkibi turli segmentlarda jiddiy farq qilishi mumkin.
Shunday qilib, qabul qilinadigan qiymat asosida narx shakllantirish kompleksli
yondashuv talab qilishi mumkin.
Mahsulot qiymatiga asoslanadigan narx shakllantirishga yondashuv mijozning
mahsulot qimmatini turli sharoitlar va vaziyatlarda qabul qilishiga asosan tashkil
qilinadi. Bunday yondashuvga ko‘ra quyidagi qadamlarni amalga oshirish talab etiladi:
1) mijoz mahsulotdan foydalanadigan vaziyatni o‘rganish;
2) bunday vaziyatda mahsulotdan foydalanishda mijoz oladigan foydani belgilab
beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish;
3) mahsulotdan
foydalanishda
mijoz
xarajatlarini
belgilab
beradigan
ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish;
4) mijoz mahsulotdan foydalanadigan vaziyatda «xarajatlar-foyda» nisbatini
aniqlash.
Tovarning qabul qilinadigan qiymati asosida narx shakllantirish voqeligi zaruriy
sotuv hajmini belgilangan narx bilan bog‘laydigan talab egri chizig‘ining asosida
yotadigan shart-sharoitlardan sezilarli farq qiladi. Lekin shunga qaramay, narxga oid
moslashuvchanlik va talab egri chizig‘i konsepsiyasi «sotuv hajmi-narx» nisbati
haqidagi masalani ko‘rib chiqishda foydali bo‘lishi mumkin. Biroq haqiqatda foydali
tahliliy konsepsiya sifatida tan olinish uchun talab egri chizig‘i sinovlar yo‘li bilan
baholanishi lozim. Bu esa narx va sotuv hajmi o‘rtasidagi nisbat o‘tmishdagi yoki
118
eksperimentlar davomidagi sotuvlar va narxlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish
yordamida o‘lchanishi mumkin ekanligini anglatadi. Narxning boshqa marketing
o‘zgaruvchilari bilan o‘zaro aloqalari murakkab sanaladi, shu sababli sinovlar yo‘li
bilan bevosita narx va zaruriy mahsulot miqdori o‘rtasidagi nisbatni aniqlash qiyin
bo‘ladi.
Narxlashtirishning ko‘plab usullari mavjud bo‘lsada, ularning quyidagi asosiy
guruhlarga birlashtirishimiz mumkin:
– narxlashtirishning xarajatlarga asoslangan usuli;
– narxlashtirishning talabga asoslangan usuli;
– narxlashtirishning raqobatga asoslangan usuli;
- narxlashtirishning kombinatsiyalashgan usuli;
Naxlashtirishning xarajatlarga asoslangan usulida marketologlar ishlab chiqarish
xarajatlari, muomala sarflari va qo‘shimcha xarajatlarga xohlagan foydani qo‘shish
orqali o‘z tovarlarining narxini belgilaydilar.
Narxlashtirishning talabga asoslangan usulida esa marketologlar bozorda
iste’molchilar xohishi va istaklarini tahlil qilib, bozor konyukturasini xisobga olgan
xolda o‘z tovarlariga mos bo‘lgan narxni o‘rnatadi.
Narxlashtirishning raqobatga asoslangan usulida tovarga bozordagidan baland
yoki past narx belgilanishi mumkin. Unda asosiy e’tibor tovarni raqiblarnikiga
qaraganda nafliligi, servis va raqobat muhiti xolatlarini xisobga olgan xolda narx
belgilanadi.
Narxlashtirishning kombinatsiyalashgan usulida esa turli uslub va usullarning
o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida tovarlar naxini belgilash amalga oshiriladi.
Butun tarmoq uchun talab egri chizig‘i, ma’lum bir ishlab chiqaruvchi uchun talab
egri chizig‘idan farqli ravishda, osonlik bilan hisoblab chiqilishi mumkin, chunki
ayrim – masalan, marketing yondashuvlari, tovar takliflari va mijozlarning afzal
ko‘rishlari borasida nozik jihatlarni hisobga olishning zarurati yo‘q, bu ham talabning
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Talab egri chizig‘ini tuzishda asosiysi – butun
tarmoqning mahsulotga bo‘lgan talabi narxga qanchalik bog‘liq ekanligini aniqlash
hisoblanadi. Ko‘plab sanoat bozorlarida umumiy talab narx o‘zgarishlariga nisbatan
119
sezuvchan bo‘lmasligi mumkin. Bu qisman shu holat bilan bog‘liqki, sanoat
mahsulotlariga talab OEM-mahsulotlar va iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning
hosilasi hisoblanadi. Masalan, avtomobil o‘qlariga talab bu o‘qlar narxi bilan emas,
balki mijozlarning avtomobillarga bo‘lgan talabi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan,
u yoki bu avtomobil o‘qi ishlab chiqaruvchining bozor ulushi raqobatchilar taklif
etayotgan narx bilan taqqoslaganda, belgilangan narxga sezgir javob qaytarish
oqibatida o‘zgarishi mumkin.
Tarmoqda ma’lum bir sanoat mahsulotiga umumiy talab belgilangan vaqt oralig‘i
doirasida narx o‘zgarishlariga yetarli darajada sezuvchan bo‘lmay chiqishi mumkin
bo‘lsada, u kutilmaganda ular belgilangan doiradan chetga chiqqanda ushbu narxlarga
nisbatan juda sezuvchan bo‘lishi ham mumkin. Sezuvchanlikning, demak, talabning
ham o‘zgarishi o‘rinbosar-mahsulotlar mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |