XIX BOB. XIZMATLAR SOHASI KORXONALARIDA IChKI
MARKETING
19.1. Ichki marketingni mazmuni va mohiyati
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish bugunga kunda
iste’molchini qondirish jarayoni sifatida va ancha kamroq darajada – ishlab
chiqarish jarayoni sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ko‘plab, ayniqsa, xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi firmalarda, o‘z
xodimlari birinchi mijozlar hisoblanadi. Firma ichida maxsus funksional hudud
sifatida ichki marketingni tashkil qilish «mijozga yo‘nalganlik» aossiy marketing
tamoyilini amalga oshirishga xizmat qiladi. Xizmatlar industriyasi tarmoqlarining
katta qismi shunisi bilan ham o‘ziga xoski, xodimlar ishlab chiqarilayotgan va
ko‘rsatilayotgan xizmatning (mahsulotning) bir qismini tashkil qiladi. Shu sababli
ko‘p sonli marketing harakatlari nafqat tashqariga, bozor va mijozlarga, balki
ichkariga – o‘z personaliga ham qaratilishi lozim. Personal o‘z firmasi va u ishlab
chiqradigan va sotadigan xizmatlarga g‘ayratli munosabatda bo‘lishi lozim. Tashqi
marketing firmani mijozlar oldiga olib keladi, lekin ularni ushlab qolish uchun
yana ichki marketing ham zarur.
Ichki marketing ikki xil turdagi foydani ta’minlashi lozim: mamnun bo‘lgan
mijoz va mamnun bo‘lgan xodim.
Ichki marketing mohiyati va mazmunini aniqlashga bir kator yondashuvlar
mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni ifodalaydi:
➢ xizmatlar sohasi tashkilotlarida bevosita mijozlar bilan muloqot qiluvchi
xodimlarni samarali motivatsiyalash uchun foydalaniladigan marketing. Ichki
marketing xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi firmalarda qo‘llanadigan
marketing turlaridan biri bo‘lib, firma personaliga nisbatan an’anaviy marketing
falsafasi va usullari qo‘llanishini ko‘zda tutadi. Oliy rahbariyat tashqi
iste’molchiga yo‘naltirilgan an’anaviy tashqi marketing strategiyasi bilan bir
qatorda ichki iste’molchiga, ya’ni firmanng tashqi iste’molchilarga xizmat
331
ko‘rsatuvchi personaliga yo‘naltirilgan ichki marketing strategiyasini ham
rivojlantiradi;
➢ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan yuqori malakali
firma xodimlarini o‘qitish, motivatsiyalash va ushlab qolish bo‘yicha ishlar.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar motivatsiyasiga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlash va bu xodimlar mijozlarning shikoyat va da’volarini eng
samarali qondirish uchun ularga bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni qilishi uchun
qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish lozim;
➢ bir vaqtning o‘zida va izchillikda mijozga va personalga yo‘nalganlik
tufayli marketingni firma falsafasiga aylantirishga olib keladigan kadrla
menejmenti va marketing vositalari bilan ichki firma jarayonlarini sistematik
ravishda optimallash;
➢ marketing konsepsiyasiga muvofiq bozorda xaridor va sotuvchining o‘zaro
aloqa tamoyillari asosida firma ichida alohida mutaxassislar va bo‘linmalar
o‘rtasida muvofiqlashtirilgan o‘zaro munosabatlar o‘rnatish texnologiyasi;
Ichki marketing kompleksi «firma - personal» munosabatlar strategiyasini
tavsiflaydi. Personalga o‘ziga xos mijozlar sifatida munosabatda bo‘lish va
ularning ehtiyojlarini qondiradigan o‘ziga xos mahsulot bilan ta’minlash lozim.
Inson resurlari va marketing harakatlarini birlashtirish firma uchun yaxshi natijalar
olib kelishi mumkin. Ma’lum bir firmada ishlayotgan xodimlar ushbu firmaga va
uning resurslariga ehtiyoj sezadi: bu yerda ular ish haqi oladi, o‘zining kasbiy va
ijodiy salohiyatini amalga oshiradi, ma’lum bir muloqot doirasiga ega bo‘ladi va
hakozolar. Firma esa xodim resurslariga va uning o‘ziga muhtojlik sezadi, chunki
aynan uning professional xislatlari firmaga ishlashga yordam beradi, uning gullab-
yashnashi negizini shakllantiradi. Firma bo‘linmalari, xodimlari va rahbariyatining
marketing tamoyillari asosida o‘zaro aloqalari ichki marketing mohiyatini tashkil
qiladi.
Shunday ekan, ichki marketing vazifalari - firmaning barcha xodimlari bir-
birining faoliyat ma’nosini tushunishi va har bir xodimning firma faoliyati
ma’nosiga qiziqishini ta’minlash hisoblanadi.
332
Ichki marketing maqsadi - tashqi mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni
biladigan va istaydigan yuqori malakali mutaxassislar jalb qilish, ushlab qolish,
o‘qitish va motivatsiya qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |