Toshkent davlat iqtisodiyot


XVI BOB. XIZMATLAR NARXI VA NARXNI ShAKLLANTIRISh



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

XVI BOB. XIZMATLAR NARXI VA NARXNI ShAKLLANTIRISh  

 

16.1. Xizmatlar sohasi korxonalarining marketing kompleksida narx 



 

Narx firmaning bozor taklifining bir qismi sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Narx 

xaridorlar  idrok  qilishiga  ta’sir  etuvchi  muhim  omil  sanaladi.  Xaridorning  mahsulot 

ochiqligi,  sifati  va  boshqa  tavsifnomalari  haqidagi  fikri  bilan  birgalikda  bu  omil 

boylikni  umumiy  idrok  qilishni  shakllantiradi.  Sotuvchilar  uchun  mahsulot  narxi 

nafaqat  u  bilan  savdo  qilish  foydali  ekanligini,  balki  bozor  taklifining  qolgan  barcha 

jihatlari  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  qoplashga  yo‘naltirish  mumkin  bo‘lgan  sof  foydani 

ham  belgilab  beradi.  Narx  -  xizmatning  hayotiylik  davrini  rejalashtirishda  muhim 

strategik ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Narx  -  xizmat  uchun  to‘lanadigan  pul  miqdori.  Keng  ma’noda  bu  -  iste’molchi 

xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etish imkoniyati va kelgusida xizmatdan foyda va 

naf  olish  uchun  to‘laydigan  pul  miqdoridir.  Shuningdek,  keng  ma’noda  iste’molchi 

uchun  xizmat  narxi  bu  –  xizmatni  xarid  qilish  bilan  bog‘liq  barcha  sub’ektiv  va 

ob’ektiv  xarajatlardir.  Sub’ektiv  xarajatlar  –  vaqt,  qulaylik  yoki  qo‘ldan  chiqarilgan 

foyda  kabi  nomoddiy  resurslar  «sarfi».  Ob’ektiv  xarajatlar  –  xizmat  narxi  va 

xaridorning  pul  shaklidagi  yoki  boshqa  moddiy  vositalari  har  qanday  qo‘shimcha 

beganalashuvidir.  

Narx shakllantirish erkinlik darajasini belgilab beradigan omillar quyidagilardir: 

➢ buyurtmachi firma taklifidan olishni kutadigan baho; 

➢ raqobat darajasi; 

➢ xizmatning o‘ziga xosligi (unikallik); 

➢ ta’minotchi va xaridor o‘rtasidagi kuchlar balansi. 

Iste’molchini  motivatsiyalash  uchun  narx  omilining  ahamiyati  turlicha  bo‘ladi. 

Masalan, raqobatchilarda amalda bir  xil servis to‘plami bo‘lgan  hollarda  xarid  haqida 

qaror  qabul  qilishda  narx  asosiy  omilga  aylanadi,  bunga  yorqin  misol  –  uyali  aloqa 

operatorlarining takliflari. 

Xizmatlarning his qilib bo‘lmaslik xarakteri narx shakllantirishni qiyinlashtiradi. 

Bundan  tashqari,  ko‘plab  xizmat  turlari,  masalan,  maslahat  xizmatlari  uchun  narx 




 

268 


 

shakllantirishning  qonunlashtirilgan  qoidalari  yo‘q.  Xizmatlar  sohasi  sotuvchi  va 

xaridor  o‘rtasida  yuqori  darajadagi  o‘zaro  aloqa  sohasi  ekanligi  sababli  tovar  ishlab 

chiqarishi  uchun  dolzarb  bo‘lmagan,  narx  xizmatni  ko‘rsatuvchi  mutaxassis 

malakasiga  va  sifat  standarti  chegarasi  balandligiga  qarab  o‘zgarishi  lozimmi  degan 

yana bir masala yuzaga keladi. 

Firmaning narx siyosati maqsadlari: 

➢ foydani  maksimallashtirish  (uzoq  muddatli  yoki  qisqa  muddatli);  yuqori 

chegarasi firmaga maksimal foyda olish imkonini beradigan narx darajasiga erishish; 

➢ firmaga  «normal»  foydani  ta’minlash  (ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qoplash 

va o‘rtacha me’yorda foyda olish); 

➢ iqtisodiy o‘sish; 

➢ bozorni barqarorlashtirish; 

➢ iste’molchilarning narx sezuvchanligini pasaytirish; 

➢ narx bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish; 

➢ potensial raqobat tahdidining oldini olish; 

➢ narxga oid raqobat siyosati yuritish; 

➢ eng kuchsiz raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish; 

➢ davlat cheklovlarini aylanib o‘tish yo‘llarini izlab topish; 

➢ firma va uning xizmatlari imidjini oshirish; 

➢ narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat siyosati yuritish; 

➢ halol firma nufuzini shakllantirishga intilish; 

➢ xaridorning e’tiborini jalb qilish va unda qiziqish uyg‘otish istagi; 

➢ raqobatchilar imidji bilan taqqoslaganda kuchliroq imidj shakllantirish istagi; 

➢ raqobatchilarni narx bosimi tahdidi ostiga qo‘yish; 

➢ o‘z assortimentidagi ayrim xizmatlarning bozor pozitsiyasini kuchaytirish; 

➢ o‘z xizmatlariga talabni kengaytirish; 

➢ bozorda yetakchi pozitsiyalarni egllashga intilish. 

Narx belgilashda kamida ikkita strategik qaror qabul qilish zarur. Birinchi qaror 

makrosegmentlashga  –  firma  ularga  xizmat  ko‘rsatadigan  mijozlarni  tanlashga 

aloqador.  Ikkinchi  strategik  qaror  –  tovar  strategiyasini  belgilash,  chunki  mahsulotni 



 

269 


 

raqobatlashuvchi  takliflar  o‘rtasida  mohirona  joylashtira  olish  zarur.  Tovar 

strategiyasida firmaning marketing faoliyati umumiy maqsadlariga mos keladigan narx 

shakllantirish  maqsadlarini  belgilashga  olib  keladigan  narxning  rolini  aniqlash  lozim. 

Bu  harakatlar  ham  iqtisodiy,  ham  psixologik  nuqtai  nazardan  mijoz  uchun  mahsulot 

qimmatini aniqlash uchun amalga oshiriladi. 

16.1-jadvalda klassik narx strategiyalari keltirilgan. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish