258
15.4-jadval
Servisni amalga oshirishga asosiy yondashuvlar
YOndashuv
Yondashuvning mohiyati
Salbiy
Aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan tasodifan
yuzaga kelgan xato sifatida ko‘rib chiqiladi. Servis imkon qadar
kam qo‘llab-quvvatlash lozim bo‘lgan ortiqcha xarajatlar sifatida
ko‘rib chiqiladi
Tadqiqotchilik
Nuqsonlar haqida axborot diqqat bilan to‘planadi va kelgusida
mahsulot sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Nuqson vujudga
kelishi sabablarini aniqlashga katta e’tibor qaratiladi.
Servis xo‘jalik faoliyati
sifatida
Servis firma uchun jiddiy foyda manbai sifatida ko‘rib chiqiladi.
Mahsulotni ishonchlilikni oshirish yo‘nalishida har qanday
takomillashtirish servisdan olinadigan daromadni chegaralaydi
Servis – ta’minotchining
majburiyati
Servis iste’molchiga eng yaqin bo‘lgan taqsimot kanali bo‘g‘ini
tomonidan
ta’minlanishi
lozim.
Ishlab
chiqaruvchining
majburiyatlari kelishib olingan ehtiyot qismlar yetkazib berish va
kafolat muddati doirasida yordam ko‘rsatish bilan chegaralanadi
Servis – ilab
chiqaruvchining
majburiyati
Mahsulotda ishlab chiqaruvchining markasi ko‘rsatiladi va faqat
ugina to‘liq va sifatli servisni ta’minlashi mumkin
Cheklangan javobgarlik
(mas’uliyat)
Ishlab chiqaruvchi va ta’minotchi kafolat davri tugagunga qadar
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Shundan so‘ng servis mustaqil firmalar tomonidan amalga
oshiriladi
Servis – raqobat
kurashidagi vosita
Mahsulotni ekspluatatsiya davomida kuzatib borish
Maqsad – optimal sifat
Xaridorlarning real ehtiyojlarini tadqiq etish va mahsulotning
texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini ularga moslashtirish. Servis
buzuq joy nima uchun paydo bo‘lgani va kelgusida buning
takrorlanmasligi maqsadida mahsulotni takomillashtirish uchun
nimalar qilish kerakligi haqida muhim axborot manbasi sifatida
ko‘rib chiqiladi
Ijtimoiy-iqtisodiy
Iste’molchini mahsulotning ekspluatatsiyadagi xulq-atvori bo‘yicha
har qanday tashfishlardan ozod qilish
Ko‘p hollarda tovarning butun ekspluatatsiya davri davomida ishlab chiqaruvchi
va iste’molchi o‘rtasida aloqalarni saqlash maqsadga muvofiq sanaladi. Bunday
aloqalar qatoriga mahsulotning butun hayotiylik davri davomida firma servisini kiritish
mumkin. Firma servisining asosiy xususiyati ishlab chiqaruvchining ekspluatatsiya
jarayonida faol ishtirok etishi bo‘lib, bu murakkab texnikalarni ishlab chiqarish va
ekspluatatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.